“INTERNATIONAL SCIENTIFIC RESEARCH CONFERENCE”
BELARUS, International scientific-online conference
www.interonconf.com
98 PAGE
O‘ZBEKISTON SHAROITIDA INFLYATSION TARGETLASH VA UNING
AHAMIYATI
https://doi.org/10.5281/zenodo.6556692
Tursunboyev Xumoyun Bahtiyor o'g'li
2-kurs Makroiqtisodiyot magistranti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada O‘zbekiston sharoitida inflyatsiyaga qarshi
siyosat
rejimining tanlanishi, O‘zbekiston Markaziy bankining vazifasi,
inflyatsion targetlash pul-kredit siyosatini
olib borishning eng ommabop
usullaridan biri ekanligi, narxlar barqarorligini ta'minlash,
inflyatsion
targetlash rejimi bir necha makroiqtisodiy maqsadlarga erishish imkonini
berishi hamda asosiy stavka haqida so’z boradi.
Kalit so’zlar:
inflyatsiya, O‘zbekiston
Markaziy banki, inflyatsion
targetlash,
pul-kredit siyosati, narxlar barqarorligi, asosiy stavka.
O‘zbekiston sharoitida inflyatsiyaga qarshi siyosat rejimining tanlanishi
qator sabablar bilan izohlanadi. Bugungi kunda
inflyatsion targetlash pul-
kredit siyosatining ta’sirchan rejimi sifatida o‘zini namoyon qilib, o‘rta muddatli
istiqbolda narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadiga eng muvofiq keluvchi
rejim hisoblanadi.
Har
bir davlat Markaziy bankining, shu jumladan, O‘zbekiston
Markaziy
bankining
vazifasi
inflyatsiyani
jilovlashdir.
Darhaqiqat,
so‘mning
qadrsizlanishi va erkin konvertatsiyaga o‘tish davrida (2017—2019-yillar)
mamlakatda inflyatsiya yuqori darajada, ya’ni, o‘rtacha 15 foiz atrofida bo‘lgan.
Ammo 2020-yilga kelib Markaziy bank inflyatsiya darajasini 11,1 foizgacha
tushirishga muvaffaq bo‘ldi. Inflyatsiyani doimiy ravishda past darajada ushlab
turish Markaziy bankning ustuvor vazifasidir.