“INTERNATIONAL С
ONFERENCE ON EDUCATIONAL INNOVATIONS AND APPLIED SCIENCES 2022/8
”
120
HUQUQ NORMALARINI SHARHLASH TURLARI HAMDA ULARNING
SHARHLASH JARAYONIDA TUTGAN O‘RNI VA ROLI
Parxatov Mardonbek
Toshkent viloyati yuridik texnikumi o‘qituvchisi
Huquq normalarini mazmunini aniq tushunib olish, to‘g‘ri talqin etish,
huquqbuzarliklar oldini olish uchun albatta ularni sharhlash lozim. Sharhlash orqali
huquq normalarining o‘ziga xos xususiyatlari, jihatlari aniqlanadi. Huquq normalarini
sharhlashda asosiy maqsad uning mazmunini to‘liq tushunish va to‘g‘ri tatbiq etilishi
hisoblanadi. Bundan ko‘zlangan maqsad fuqarolar huquqlarini himoya qilish va davlat
organlarini faoliyati shaffofligini ta’minlashdir.
Huquq normalari sharhlashda turlarga ikki jihat asosida ajratiladi: hajmiga hamda
subyektlariga ko‘ra sharhlash
7
. E.A.Berezina huquqni sharhlashni an’anaviy turlari
bilan bir qatorda, sharhlash maqsadi, obyekti, huquqiy tartibga solish mexanizmiga
ko‘ra turlarga bo‘lish lozimligini qayd etib o‘tgan
8
.
Olimlar tomonidan huquq normalarini hajmi bo‘yicha sharhlash uch turga: tom
ma’noda (aynan yoki adekvat), cheklangan va kengaytirilgan turlarga bo‘linishi qayd
etilgan.
1.Huquq normalarini tom ma’noda sharhlash deganda, tatbiq etilayotgan huquq
yaratuvchi idoraning irodasi bilan uning huquqiy normada so‘zda ifodalangan irodasi
bir bo‘lganda qo‘llanadigan izohlash tushuniladi. N.N.Matuzov fikricha, huquqnio
tom ma’noda sharhlash huquqiy normaning og‘zaki ifodasi va semantik mazmuni bir-
biriga to‘g‘ri keladigan, boshqacha qilib aytganda, qonunning matni va uning ruhi
doirasi teng bo‘lgan holatda amalga oshadi
9
.
Dostları ilə paylaş: |