“INTERNATIONAL С ONFERENCE ON EDUCATIONAL INNOVATIONS AND APPLIED SCIENCES 2022/8 ” 134 Sinergizm:
ma’lum bir to‘qimada va ma’lum bir kontsentratsiyadagi fitogormon
borligi bilan boshqa fitogarmonlarga javob borligi kuzatiladi.
Qarama-qarshilik: bitta fitogormonning kontsentratsiyasi boshqa o‘simlik
gormonining ekspresiyasinini oldini oladi.
Taqiqlash: fitogormon konsentratsiyasi gormonal funktsiyani sekinlashtiradigan
yoki pasaytiradigan tartibga soluvchi moddalar sifatida faoliyat yuritadi.
Kofaktorlar: fitogormon katalitik ta’sir ko‘rsatib, tartibga soluvchi moddalar
vazifasini bajaradi.
Fitogarmonlarning vazifalarini ko‘rib o‘tdik endi ayrim fitogarmonlar bilan
tanishib chiqamiz.
a) Auksin hujayraning o‘sishini va bo‘linishini tezlashtiradi. Auksin
rivojlanayotgan urug‘da hosil bo‘lsa meva rivojlanishini stimullaydi. Agar auksin
urug‘lanish amalga oshmagan gullash paytida qo‘llanilsa, urug‘siz meva rivojlanadi.
Urug‘siz pomidorlar shu usulda yetishtiriladi. Ammo auksin mevaning rivojlanishida
ahamiyatga ega yagona gormon hisoblanmaydi. Geteroauksin yuksak va tuban
o‘simlik to‘qimalarida mavjud bo‘lib, auksinga nisbatan bir necha marta kuchli.
b) Gibberellinlar - bu o‘simliklarda gipokotil uzayishi, urug‘larning unib chiqishi,
gullashi va hokazolarni boshqarish bilan bog‘liq turli funksiyalarni bajaradigan
diterpen tabiatiga mansub fitogormonlar guruhi, aksariyat morfogenetik jarayonlarni
boshqarishda gibberellinlar auksinlar bilan bir xil harakat qiladi va sitokininlar va
abssizin kislota (ASA) antagonistlari hisoblanadi.
c) Sitokininlar o‘simliklarda ko‘plab fiziologik jarayonlarda qatnashadi,
hujayralar bo‘linishini, o‘q ildiz morfogenezini, xloroplastning pishib yetishini,
hujayralarning chiziqli o‘sishini, qo‘shimcha kurtaklarning hosil bo‘lishini va qarishini
tartibga soladi. Auksinlarning sitokininlarga nisbati hujayralar bo‘linishi va o‘simlik
to‘qimalarining differentsiatsiyasida asosiy omil hisoblanadi.
d) Etilen - suvda eruvchan gaz, amalda u ko‘plab mevalarning pishishini
tezlashtirish uchun keng qo‘llaniladi (sabzavot etishtirishda, mevalarda).