«Internet 60» tarif rejasi!
Narxlash
Limitlar qoldig‘ini tekshirish: *100# - daqiqalar, SMS va internet-trafik MBlari.
Tarif rejasi yangi ulanishlar va o‘tishlar uchun ochiq
Tarifga o‘tish: *120#
«Internet 60» tarif rejasidan «Sof 70», «Sof 100», «Sof 150» tarif rejalariga o‘tish narxi - 0 so‘m.
«Internet 60» tarif rejasidan «Sof 18», «Sof 30», «Sof 40», «Sof 50» tarif rejalariga o‘tish narxi - 2105
so‘m.
Prapaid tizimidagi qolgan tarif rejalaridan «Internet 60» tarif rejasiga o‘tish narxi - 0 so‘m.
Tarif rejasini almashtirishda, bitta tarif rejasidan boshqasiga o‘tish uchun, abonent hisobidagi minimal
mablag‘ 3000 so‘mdan kam bo‘lmasligi lozim.
Ma’lumot
1. Tarif rejasi yangi ulanishlar hamda Prepaid tizimi abonentlari o‘tishlari uchun ochiq.
2. Oylik abonent to‘lovining yechilishi va limitlarning belgilanishi:
Abonent to‘lovi, oyiga
60 000 so‘m
Internet-trafik limiti,
oyiga
20 GB
Yo‘nalishlar bo‘yicha narxlash
O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi SMS narxi
25 so‘m
O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar uchun chiquvchi daqiqa narxi
25 so‘m
O‘zbekiston bo‘yicha MMS narxi
25 so‘m
Xalqaro SMS narxi
1 000 so‘m
Xalqaro MMS narxi
1263 so‘m
1 MB internet narxi (abonent to‘lovi yechilmaganida)
25 so‘m
- Abonentning tarif rejasiga ulanish/o‘tish sanasi oylik davrda oylik abonent to‘lovining yechilish sanasi
hisoblanadi.
- Tarif rejasiga yangi ulanishda/o‘tishda, agar abonent hisobida yetarlicha mablag‘ bo‘lsa, oylik abonent
to‘lovi va trafik to‘liq hajmda (qolgan kunlar uchungina emas) yechiladi va belgilanadi.
- Hisob manfiy holatda bo‘lsa yoki unda tarif bo‘yicha oylik abonent to‘lovining yechilishi uchun
mablag‘ yetarli bo‘lmasa, u holda abonent to‘lovi yechilmaydi, tarifda belgilangan limit belgilanmaydi,
abonent raqamining hisobi qarzga kirmaydi.
- Oylik abonent to‘lovi tarif rejasi bo‘yicha oylik abonent to‘lovi samarali yechilgan kundan boshlab oyiga
bir martalik oraliqda yechiladi. Oylik abonent to‘lovining navbatdagi yechilish sanasi tarif rejasi bo‘yicha
abonent to‘lovining so‘nggi marta samarali yechilgan kuni hisoblanadi.
- Tarif rejasi doirasida navbatdagi oylik abonent to‘lovining yechilishi hamda limitlarning belgilanishi soat
00:00 dan 08:00 gacha bo‘lgan davrda (yechilish vaqti qat’iy belgilanmagan) amalga oshadi. Oylik abonent
to‘lovining to‘liq hajmda yechilishi uchun abonent hisobida yetarli miqdorda mablag‘ bo‘lishi kerak.
- Agar oylik abonent to‘lovining yechilish paytida abonent hisobida oylik abonent to‘lovi qiymatidan kam
mablag‘ qolgan bo‘lsa, u holda abonent raqami bloklanadi. Toki hisobda abonent to‘lovining to‘liq
hajmda yechilishi uchun yetarli miqdorda mablag‘ bo‘lmagunicha abonent to‘lovi yechilmaydi.
- Abonent hisobi abonent to‘lovining to‘liq hajmda yechilishi uchun yetarli miqdorga to‘ldirilishi bilan
oylik abonent to‘lovi darhol yechiladi. Abonent to‘lovi yechilishi bilan abonent raqami Faol holatga
o‘tadi va tarif rejasi shartlariga muvofiq trafik belgilanadi. Keyin oylik abonent to‘lovi abonentning yangi
oylik davriga muvofiq yechiladi, ya’ni, tarif rejasi bo‘yicha navbatdagi oylik abonent to‘lovining
yechilishi tarif rejasi bo‘yicha oylik abonent to‘lovi so‘nggi marta samarali yechilgan kundan boshlab
bir oylik oraliqda amalga oshadi.
3. Tarif rejasi doirasidagi oylik trafik joriy davr uchun tarif bo‘yicha oylik abonent to‘lovi samarali
yechilganidan keyingina belgilanadi. Tarif rejasi doirasida taqdim etilgan oylik trafikning amal qilish
muddati belgilangan vaqtidan boshlab 1 oyni tashkil etadi.
- Tushunmovchiliklarning oldini olish uchun, albatta oldindan hisobni oylik abonent to‘lovining to‘liq
hajmda yechilishi uchun yetarli miqdorga to‘ldirishni va tarif rejasi bo‘yicha trafik belgilanganligini
*100# USSD-so‘rovi yordamida tekshirib olishni tavsiya etamiz.
- Tarif rejasi bo‘yicha limitlar belgilanguniga qadar abonent oldin xarid qilingan internet-to‘plamlar
limitlaridan foydalanishi mumkin.
- Bloklangan holatda abonent oylik internet-to‘plamlar shartlariga ko‘ra limitlar qoldig‘idan (agar qoldiq
qolgan bo‘lsa) toki ularning amal qilish muddati tugagunicha foydalana oladi.
- Tarif rejasi va qo‘shimcha internet-to‘plamlar doirasidagi oylik internet-trafik limitlari sarflab tugatilgach,
internetga kirish imkoni to‘xtatiladi. Bu holatda abonent internetni qayta ishga tushirish uchun havolalik
SMS oladi. Internetdan foydalanishni davom ettirish uchun, abonent quyidagi opsiyalardan birini tanlashi
va unga muvofiq internetdan foydalanishda davom etishi lozim bo‘ladi:
Tarif bo‘yicha limitlarni yangilash («Restart» xizmatini faollashtirish);
Internet-to‘plam xarid qilish;
1 MB uchun limitdan tashqari narx bo‘yicha mobil internetni faollashtirish*
* Agar abonent 1 MB uchun limitdan tashqari narx bo‘yicha mobil internetni faollashtirish opsiyasini
tanlasa, keyin Oylik internet-to‘plam xarid qilsa, u holda qo‘shimcha to‘plam limitlari tugaganidan so‘ng
toki tarif bo‘yicha abonent to‘lovining navbatdagi yechilishiga qadar internet tarif rejasi shartlariga
muvofiq 1 MB uchun limitdan tashqari narx bo‘yicha narxlanadi.
Dostları ilə paylaş: |