Internet jurnalistikasi



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə5/6
tarix20.12.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#76544
1   2   3   4   5   6
( Internet jurnalistikasi) kasb etikasi

Ma’lumki, butun dunyoda bosma ommaviy axborot vositalari qiyin davrlarni boshdan kechirmoqda. Gazeta va jurnal tirajlari har yili tushib bormoqda. Aksincha ularning elektron versiyasiga talab ortmoqda. Har haftada 3,2 million nusxada chop etilgan AQShning eng mashhur yangiliklar jurnali “Newsweek” 2013 yildayoq to‘liq elektron variantga o‘tdi, bosma nashri tugatildi. 2015 yili AQShga safar qilganimda u yerdagi bosma va elektron ommaviy axborot vositalari faoliyatini o‘rgangandim. Tinch okeani bo‘yida joylashgan Astoriya shahrida 10000 kishi istiqomat qiladi. Mahalliy “The Daily Astorian” gazetasi 10000 nusxada, haftasiga 5 marta chop etiladi. Asosan mahalliy xabarlarga ixtisoslashgan bu gazeta shahardagi barcha xonadonlarga yetkazib beriladi. Shuningdek, uning internet versiyasini ham kuniga 20000 kishi o‘qirkan. Gazeta muharriridan “Hozirda ko‘p nashrlarning internetga o‘tib ketishidan xavotirlanmaysizmi? Odamlar gazeta o‘qimay qo‘yishidan qo‘rqmaysizmi?” deb so‘raganimda “Yo‘q, o‘quvchilarni aslo yo‘qotmaymiz, gazetada o‘qigan planshetda ham o‘qiyveradi. Lekin, reklama beruvchilarni yo‘qotamiz. Internetdagi reklama juda arzon” deb javob berdi. AQShdagi gazetalarning aksariyati reklamadan daromad qiladi. “The Daily Astorian” muharririning aytishicha, obuna puli gazetani yetkazib berish xarajatlarini qoplaydi, xolos.

O‘zbekistondagi barcha bosma ommaviy axborot vositalari ham hozirdanoq elektron versiya va doimiy yangilanadigan saytni yo‘lga qo‘yishmasa, ertaga auditoriyani yo‘qotib qo‘yishlari hech gap emas. Bu borada “Darakchi” va “Hordiq” gazetalari oldinroq harakat qilgan edilar. Hozirda ushbu gazetalarning kunlik o‘quvchilari soni 20000 dan oshgan. Gazetalarning sayti uning bosma versiyalari uchun reklama vazifasini ham bajaradi. Shuningdek, gazetaga sig‘magan yoki chop etilguncha eskirib qoladigan istalgan maqolani saytda e’lon qilish mumkin. So‘nggi oylarda “Xalq so‘zi” gazetasining sayti ham ancha jonlandi. Unda kundalik xabarlar bilan birgalikda o‘tkir tanqidiy maqolalar, mushohadaga chorlovchi materiallarning muntazam e’lon qilib borilishi sayt va gazetaning ommalashuviga sabab bo‘lmoqda (kuniga 3500 kishi). “Uzbekistan Today”, “O‘zbekiston ovozi” gazetalarining onlayn versiyalarini ham kuniga 1000-1500 foydalanuvchi kuzatmoqda.


Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin