Internet tarmog‘iga xavfsiz murojaatni amalga oshirish


///////// LAN (Local Area Network)



Yüklə 74,14 Kb.
səhifə2/3
tarix07.01.2023
ölçüsü74,14 Kb.
#78672
1   2   3
Internet tarmog‘iga xavfsiz murojaatni amalga oshirish

9.///////// LAN (Local Area Network) – 10 tadan 100 gacha foydalanuvchilar mavjud bo'lishi mumkin va radius qamrovi 100 metrgacha. Local Area Network - mahalliy kichik tizim. Ko'pincha bu tizimni bir-biriga yaqin joylashgan kompyuterlar va ular o'rtasida o'rnatilgan aloqa kanallarini tushunish mumkin
10./////////CAN (Campus Area Network) – o'ziga bir necha LAN tarmoqlarini birlashtiradi. Katta va ko'p segmentli LAN hosil qilinadi. "Kampus hududi tarmog'i" uchun stendlar. CAN - bu o'quv yoki korporativ talabalar shaharchasini qamrab oluvchi tarmoq. Bunga boshlang'ich maktablar, universitet talabalar shaharchasi va korporativ binolar misol bo'la oladi.
Talabalar shaharchasi tarmog'i mahalliy tarmoqdan kattaroqdir, chunki u ma'lum bir hududda bir nechta binolarni qamrab olishi mumkin. Ko'pgina CAN-lar bitta tarmoq yaratish uchun birlashadigan kalit va routerlar orqali ulangan bir nechta mahalliy tarmoqlardan iborat. Ular mahalliy tarmoqlarga o'xshash ishlaydi, chunki tarmoqqa kirish imkoni bo'lgan (simli yoki simsiz) foydalanuvchilar tarmoq ichidagi boshqa tizimlar bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqa qilishlari mumkin.

Kollej yoki universitet CAN-ni "turar-joy tarmog'i" yoki "ResNet" deb ham atash mumkin, chunki unga faqat talabalar va o'qituvchilar kabi talabalar shaharchasi aholisi kirishi mumkin.

CANning ikkita asosiy afzalligi xavfsizlik va tezkorlikdir.

Xavfsizlik

Keng tarmoq tarmog'idan (WAN) farqli o'laroq, CANni bitta tashkilot boshqaradi va qo'llab-quvvatlaydi, masalan, talabalar shaharchasi IT jamoasi. Tarmoq ma'murlari tarmoqni kuzatishi, ruxsat berishi va cheklashi mumkin. Tarmoqni ruxsatsiz kirishdan himoya qilish uchun xavfsizlik devorlari odatda CAN va Internet o'rtasida joylashtiriladi. Xavfsizlik devori yoki proksi-server, shuningdek, foydalanuvchilar kirishlari mumkin bo'lgan veb-saytlarni yoki Internet-portlarni cheklash uchun ishlatilishi mumkin.

Tezlik


CAN ichidagi aloqa mahalliy tarmoq orqali amalga oshirilganligi sababli, tarmoq ichidagi tizimlar o'rtasida ma'lumot uzatish tezligi odatda Internet tezligidan yuqori. Bu katta fayllarni tarmoqdagi boshqa foydalanuvchilar bilan bo'lishishni osonlashtiradi. Masalan, Internet orqali hamkasbiga uzoq videoni yuklash uchun bir necha soat vaqt ketishi mumkin, ammo CAN orqali uzatishda atigi bir necha daqiqa vaqt ketishi mumkin.
11.///////Host tushunchasi
Hosting (ingl. "web-hosting") - Internet hosting xizmatining bir turi bo'lib, jismoniy va yuridik shaxslarga o'zlarining web-sahifalarini internetga uzluksiz ulangan web-serverlarga joylashtirish xizmatini nazarda tutadi.
Saytni Internetga joylashtirish uchun birinchi navbatda unga joy kerak. Veb-sahifalarni Internet provayderi serverida joylashtirish va qo'llab-quvvatlash hosting deb ataladi. Joy beruvchi kompaniya esa hoster deyiladi. Albatta "tekinga mushuk oftobga chiqmasligi" aniq, lekin bepul xizmat ko'rsatuvchi hosterlar ham ko'plab topiladi (ular chet davlat saytlari). Ammo ular pullik hosterlarchalik xizmat ko'rsata olmaydi.
Bepul hostingni yaxshi tomonini shundoq ham bilib olgan bo'lsangiz kerak. Uning yagona qulayligi - bepulligi xolos!
Bepul hostingni yomon tomonlari:
1) O'z mijozi saytiga joy berishda o'z reklamasini ham tiqishtiradi. "Sizdan ugina, bizdan bugina" degandek, siz o'z saytingizni bepul hosterga joylashtirasiz va ularning reklamasini o'z saytingizda "namoyish" etasiz. Internetda (chatda emas!) kamida 6 oylik tajribaga ega foydalanuvchi bepul hosterlarni "o'ta yoqimli" reklamalaridan osongina ajrata oladi. www.nm.ru, www.by.ru, www.boom.ru, www.narod.ru (oʻzbek saytlaridan eslay olmadim) saytlari sizga hosting xizmatini bilan birgalikda, o'z reklamasini ham "taqdim etadi". Reklama chiqarmaydigan bepul hosterlar ham mavjud. Ularga www.50webs.com, www.xlphp.net, www.awardspace.com'larni misol qilsa bo'ladi. Yuqorida sanab o'tilgan hosterlar xizmatidan foydalanadigan bo'lsangiz, sizning saytingiz ikkinchi darajali domenda bo'ladi. (Bu haqda batafsil pastroqda tanishamiz).
2) Dasturlash tillarini qo'llab quvvatlamaydi. Ko'pgina bepul hosterlar dasturlash tillari - PHP, CGI, ASP, MySQL - xullas birortasiniyam qo'llab-quvvatlamaydi. Siz o'z saytingizni HTML va Javascriptda yaratgan bo'lsangiz, bu band sizga taalluqli emas (Ammo dasturlash tillarisiz qanday qilib doimiy ishlaydigan sayt yaratmoqchisiz?).
3) Saytingiz ishlash tezligi past bo'ladi. Bepul xizmat ko'rsatuvchi hosterlar server-kompyuterining ishlash tezligi uncha yuqori bo'lmaydi. Buning ustiga sayt AQShda yoki Yevropaning qaysi bir burchagida turgan server kompyuterda joylashgan bo'lsa ochilishi ham sekinlashadi.
Pullik hostingni tanlayotganda quyidagilarga e'tibor qaratish lozim bo'ladi:
1) disk makoni;
2) Internet kanalining o‘tkazish qobiliyati (kengligi) ;
3) fayllarni boshqarish usullari: veb-forma yoki FTP bayonnomasi orqali erkin foydalanish;
4) standart skriptlar to‘plami;
5) server tomonida dasturlashtirish mumkinligi (SSI, PHP, ASPlarni qo‘llab-quvvatlash, cgi-bin katalogi);
6) serverda ma’lumotlar bazalaridan erkin foydalanish – o‘z ma’lumotlar bazalarini yaratish va ishlatish mumkinligi; 7) shell erkin foydalanish;
8) htaccess fayli orqali serverni konfiguratsiya qilish mumkinligi;
9) log fayllardan erkin foydalanish;
10) uchinchi darajali domenlarni taqdim etish (name.you_name.ru, name1.you_name.ru va boshqa turdagi manzil); 11) bir yoki bir necha pochta qutisini qo‘llab-quvvatlash;
12) uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash.
Pullik hosting kompaniyalar Oʻzbekistonda asta-sekin ko'payib bormoqda va raqobatga qarab narxlari arzonlashmoqda. Ammo hosterlarning tariflari bir-biridan sezilarli darajada farqlanadi.
Misol uchun, ko'zga ko'ringan hosterlar - Arsenal-D va Sarkor kompaniyalarining host-tariflarini solishtirib ko'ramiz:
Arsenal-D:
50 Mb uchun oyiga 3000 so'm sarflanadi. 100 Mbgacha 6000 va 200 Mbgacha 12000 so'm.*
Sarkor esa ikki baravar qimmat:
50 Mb uchun oyiga 7000 so'm, 100 Mbgacha 12500 va 500 Mbgacha 41000 so'mni sarflashni talab qiladi. Bir narsani tan olish kerak, ko'p miqdorda joy ajratuvchi hosterlar kam. Joy beruvchilar asosan 20 Mb dan 500 Mb gacha bo'lgan oraliqni ma'qul ko'rishmoqda. Shu sababli ham biror portal-sayt ochmoqchi bo'lsangiz, o'z kompyuteringizni Internetga to'g'ridan-to'g'ri ulab server sifatida ishlatganingiz maqsadga muvofiq.
Pullik hosterlar barchasi hech bo'lmaganda PHP va CGIni qo'llab-quvvatlaydi.
Va albatta ishlash tezligining yuqoriligi. Agar oʻzbek hosterlari xizmatidan foydalanadigan bo'lsangiz, sayt ochilishi ham nisbatan tezroq bo'ladi.
Hosting nima?
Har qanday sayt qaysidir serverda joylashgan bo‘ladi. Sayt va unga bog‘liq fayllar (rasm, video, boshqa yuklab olinadigan fayllar) uchun ma’lum hajmda joy olish kerak. Masalan, 100 MB dan bir necha GB gacha bo‘lishi ham mumkin. Sizni saytingiz uchun joy ajratib beruvchi xizmat turiga “hosting” deb ataladi. Odatda domen beruvchi kompaniyalarda ham hosting xizmati bo‘ladi. Hosting va domenni bir kompaniyadan olish ham mumkin, yoki ularni boshqa-boshqa kompaniyalardan ham olish mumkin.
Saytlar uchun hosting beruvchi kompaniyalarda katta hajmdagi maxsus serverlar mavjud. Ular tinimsiz ishlab turish orqali saytlarning ishlashini ta’minlaydi. Hosting beruvchi kompaniyalar bir vaqtning o‘zida yuzdan ortiq saytlarni o‘zida saqlagan bo‘lishi mumkin.
Siz internetga ulanib biror saytni ochish uchun kerakli manzilni terganingizda, dastlab, DNS (Domain Name Server) bilan bog‘lanasiz. Keyin esa, DNS server tomonidan domen (sayt nomi) haqida malumot tekshiriladi. Masalan www.qalam.uz nomli manzilni ochganingizda, dastlab DNS server orqali qalam.uz nomi haqiqatdan mavjudligi va qaysi hostingda joylashgani haqida ma’lumot olinadi, keyin ana shu hosting bilan bog‘lanadi va saytga oid fayllar sizga ko‘rsatiladi. Albatta, bular barchasi avtomatik tarzda bir necha soniyada amalga oshadi.
Quyidagi rasmlarda saytga kirish uchun sodir bo‘ladigan jarayonlar tasvirlangan.
Bunda,
use – foydalanuvchi;
browser – saytni ochish dasturi (opera, mozilla, xrome);
webserver – sayt va uning fayllarini saqlovchi hosting.
DNS – domain name server (domenlar haqida malumotni saqlovchi server)
how-web-server-works
Yuqoridagi rasmdan ko‘rinib turibdiki, internetdagi biror saytga kirish uchun sayt nomi yozilganda, brouzer dasturi dastlab DNS serverga murojaat qiladi va undan shu manzilning IP manzilini so‘raydi. Boshqacha qilib aytganda, shu sayt qaysi hostingda joylashganini so‘raydi. DNS o‘zining bazasini tekshiradi va so‘ralgan sayt nomini izlaydi, Agar topsa uning IP manzilini brauzerga yuboradi (ya’ni internetga kirgan odamning kompyuteriga saytning qayerdaligini bildiradi) Keyin esa shu vaqtning o‘zida brouzer berilgan manzilga (ya’ni hosting) bilan bog‘lanib undan saytning kerakli sahifasini so‘raydi. Shunday qilib hosing tomonidan sayt ko‘rinishlari sizning brouzeringizga yetib keladi.
12. ///////Tarmoq topologiyasi.
Kompyuter tарmоg‘i topologiyasi (yaxlitlash, qiyofalash, tuzilish) deganda tarmoq kompyuterlarini bir-biriga nisbatan fizik joylashtirish va ularni aloqa liniyalari bilan ulashi tushiniladi. Takidlash muhimki, topologiya tushunchasi eng avval lokal tarmoqlarga tegishli bo‘lib, ularda aloqalar tuzulishini oson ko‘rish mumkin. Global tarmoqlarda aloqalar tuzilishi foydalanuvchilardan odatda berkitilgan va unchalik muhim emas, chunki har bir aloqa seansi shaxsiy o‘zini yo‘li bilan bajarilishi mumkin. Asbob – uskunalarga, ishlatiladigan kabel turiga, mumkin bo‘lgan va eng qulay almashuvni boshqaradigan usullariga, ishlash ishonchligiga, tarmoqlarni kengaytirish imkoniyatlariga topologiya talablarini belgilaydi. Garchi tarmoqdan foydalanuvchiga topologiyani tanlash tez – tez bo‘lmasa ham, asosiy topoloiyalarning xususiyatlari, ularning ustunliklari va kamchiliklarini bilishi kerak. Tarmoqning to’rtta asosiy topologiyalari mavjud:
• shina (bus), bunda hamma kompyuterlar bir aloqa liniyasiga parallel ulanadi va har bir kompyuterdan axborot bir vaqtda hamma qolgan kompyuterlarga uzatiladi (1-rasm);

rasm 1
• yulduz (star), bunda bitta markaziy kompyuterga chetda qolgan kompyuterlar ulanadi, shu bilan birga har biri o‘zining alohida aloqa liniyalaridan foydalanadi (2-rasm);

rasm 2
• halqa (ring), bunda har bir kompyuter axborotni har doim faqat bitta zanjirda kelayotgan kompyuterga uzatadi, axborotni esa faqat zanjirdagi oldinda kelayotgan kompyuterdan oladi va bu zanjir “halqa” bo‘lib birlashgan (3-rasm).

rasm 3
*gibrid Bu ikki yoki undan ortiq topologiyalarning aralashmasi. Masalan, agar bitta ofis shinalar topologiyasidan foydalansa, boshqa idora yulduzlar topologiyasidan foydalansa, bu ikkita topologiyaning aloqasi natijasida gibrid topologiya paydo bo'ladi: shinalar topologiyasi va yulduzlar topologiyasi.


13.////////

Yüklə 74,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin