Web uzel yoki saytlar Bitta muallif yoki tashkilotga tegishli bo’lgan bir guruh o’zaro giperbog`lanishlar bilan
birlashtirilgan Web cahifalar majmuasi Web uzel (tugun) yoki sayt deb ataladi.
Web server Web server tushunchasini ikki xil ma`noda ishlatish mumkin. Agap WWW xizmatini
ko’rsatish haqida borsa, u holda Web server tarmoq mijozlariga Web sahifa va saytlardan
foydalanish imkoniyatini yaratib beruvchi dastur ma`nosini anglatadi.
Agar so’z internetning texnik ta`minoti haqida borsa, u holda Web server Web resurslari
saqlanayotgan va uning dasturiy ta`minoti ishlab to’rgan komp`yuter ma`nosini anglatadi.
İnternet tarmog`ining ixtiyoriy bir komp`yuterida bir nechta server dasturlar ishlab turishi
mumkin. Masalan, Web server dasturi, FTP servis elektron pochta serveri dasturiy ta`minotlari va
hokazo.
Bitta Web serverda (komp`yuterda) bir qancha tashkilot yoki korxonalarning Web saytlari
(uzellari) Web sahifalari joylashishi mumkin.
Web sahifaning faol komponentlari Ma`lumki, Web sahifa tarkibiga HTTP protokoli orqali amalga oshirib bo’lmaydigan
alohida ob`ektlarni joylashtirish mumkin. Agar xuddi shu Web sahifa tarkibiga biriktirilgan
ob`ektlar HTTP protokoli kodlaridan farqli dastur bo’lsa, u holda bunday ob`ekt Web sahifalarning
faol komponentlari (ob`ektlari) deb ataladi.
Ushbu faol ob`ektlar yordamida Web sahifalarga turli-tuman axborotlarni joylashtirish
mumkin. Masalan animatsiya, mul`tiplikatsiya va video fragmentlarni joylashtirish yoki mijoz
bilan interfaol muloqotni tashkil etish, fizika, ximiya yoki texnikaga oid har xil tajribalarni
namoyish etish va hokazo.
Web-server bilan ishlash mobaynida
Telnet ga chetdan ulanishni bajarish, tarmoq
mijozlariga elektron pochta yuborish, FTP-anonim yordamida fayllarni olish va İnternetning
boshqa bir qator ilovalarida (amaliy dasturlar) ish bajarish mumkin. Bu WWW ni internetning
integral xizmati deb hisoblashga imkon beradi.