Internetning xizmat turlari
MAZVU:”INTERNETNING XIZMAT TURLARI” MAVZUSINI O’QITISHDA DIDAKTIK-O’YINLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH METODIKASI.
MUNDARIJA
KIRISH………………………………………………………………………...2
I BOB.INTERNET HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA VA XULOSALAR
1.1.Internet haqida tushuncha………………………………………………..4
1.2.Internet tarixi……………...………………………………………………9
II BOB.INTERNETNING XIZMAT TURLARI
2.1.”Internetning xizmat turlari”ga didaktik materiallar tayyorlash……..25
2.2.Didaktik-o’yinli texnologiyalardan foydalanish………………………...28
XULOSA………………………………………………………………………39
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…..…………………………………42
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonining ijtimoiy yo‘nalishida amalga oshiriladigan muhim tadbirlar qatorida oliy ta’lim muassasalari uchun pedagoglarning yangi avlodini shakllantirish, ma’naviyahloqiy jihatdan etuk, mustaqil dunyoqarashga ega, ijodiy fikrlovchi, boy milliy meros, shuningdek, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga sadoqatli barkamol shaxsni tarbiyalab voyaga etkazish vazifalari ham belgilab o‘tilgan. O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha va maktab ta’imini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi”da “ ... o‘quv adabiyotlari sifatini yaxshilash, zamonaviy o‘quv adabiyotlarini yaratish tartibini soddalashtirish, eng yangi xorijiy adabiyotlarni xarid qilish va tarjima qilish ishlarini jadallashtirish, xorijiy adabiyotlardan qo‘shimcha yoki muqobil o‘quv adabiyotlari sifatida foydalanishni kengaytirish, kutubxonalar fondlarini muntazam ravishda yangilab borish” ko‘rsatib o‘tilgan. Bu o‘z navbatida maktab ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha zamonaviy o‘quv adabiyotlarni yaratish va chop ettirishni ham talab etadi.
Maktab pedagoglarining kasbiy-pedagogik rivojlanishi ularning mustaqil fikrlashlari, ijodkorliklari, faolliklari, munosabatlarining chuqurlashib hamda boyib borishi, xarakter hamda dunyoqarashlarining turg‘unlashuvi hamda o‘z o‘zini tarbiyalashga bo‘g‘liq bo‘lgan ehtiyojlarining shakllanishi, ijtimoiy shaxsiy qiziqishlarining kasbiy-pedagogik yo‘nalishga ega bo‘lishi kabi holatlar bilan tavsiflanadi. Bo‘lajak mutaxassis uchun magistraturada ta’lim olish jarayoni bu magistrantlarda ilmiy-pedagogik faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirishda kasbiy jihatdan ahamiyatli sanalgan sifat, bilim, ko‘nikma va 8 malakalarni rivojlantirish hamda o‘z-o‘zini takomillashtirish davri hamdir. Pedagog shaxsi shakllanishining ushbu davrida bilimlarni jamlash, saqlash, uzatish ularning mantiqiy tuzilmasini yaratish va istiqbolda kasbiy-pedagogik faoliyatni tashkil etishda ularni samarali qo‘llash kabi jihatlarni o‘zida mujassam ettirgan jarayon uzluksiz ravishda amalga oshirildi. Pedagogik-psixologik faoliyat bilan bog‘liq qarash, qadriyat hamda motivatsiyalar mohiyatan o‘zgarib, takomillashib boradi. SHu bilan barobar ravishda magistrantlar oliy ta’lim muassasalarida ta’limtarbiya jaraënini amalga oshirish malaka larini ham egallab boradilar.
Maktab pedagoglarini ilmiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashda faol va samarali usul hamda shakllardan foydalaniladi. Ular oliy ta’lim muassasalarida olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini ta’lim muassasasi sharoitiga qiyinchiliksiz ko‘chira olishi, ta’lim jarayonini tez o‘zlashtirib olishi, tarbiyaviy ishlarni zamon talablari asosida olib borishlari kerak.
Dostları ilə paylaş: |