Qurilish tashkiloti bilan buyurtmachi o’rtasida tuziladigan shartnoma qanday nomlanadi? Pudrat shartnomasi deb ataladi
Kapital qo’yilmalar investitsiyalar tushunchasi bilan qanday farqlanadi? kapital qo’yilmalar investitsiyalar tarkibiga kirib, asosan, korxonalarni asosiy fondlarini tiklash, qayta ta’mirlash yoki butunlay yangilashga yo’naltiriladi
Investitsiya oldi tadqiqotlariga qaysi bosqich kirmaydi? loyihalarni ishga tushirish
Investitsiya loyihasining ekspluatatsiya bosqichida nimalar amalga oshiriladi? loyiha ishga tushib, mahsulot ishlab chiqarila boshlanadi
O’zbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to’g’risida”gi Qonuniga ko’ra investitsiya shartnomasi - …. investitsiya faoliyati subyektlari o‘rtasida tuziladigan, investitsiya shartnomasi taraflarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini belgilaydigan yozma bitim
Yirik investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirishni tashkil etish usullaridan biri qanday ataladi? Sinditsiyalashtirilgan kreditlash
Lizingning asosiy turlari qaysi javobda ko’rsatilgan? Operativ va moliyaviy lizing
Mamlakatimizda lizing beruvchi sifatida kimlar qatnashadi? Lizing kompaniyalari va tijorat banklari
Mamlakatning ma’lum regioniga kiritiladigan investitsiyalarning samaradorligini va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy shart-sharoitlar majmuasi qanday ataladi? Investitsiya muhiti deyiladi
Iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish, markazlashgan investitsiyalash jarayonidan nomarkazlashgan investitsiya jarayoniga o’tish, ustivor investitsion loyihalarni qo’llab quvvatlashga qaratilgan mexanizm, uslublar yig’indisi qanday ataladi? Investitsiya siyosati deyiladi
Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi qachon va nima maqsadda tashkil etilgan? 1960 yil, rivojlanayotgan mamlakatlarga imtiyozli kreditlar berish