Mamlakat qonunchiligidagi o’zgarishlar va hukumatning tez-tez almashishi qanday omilga kiradi? Siyosiy risklarga kiradi
Foydaning ichki me’yori – bu… Diskontlashtirilgan daromadlarning diskontlashtirilgan xarajatlarga tengligini ifodalovchi daromadlilik darajasi
Qisqa muddatli likvid mablag’larni qisqa muddatli majburiyatlarga bo’lish orqali korxona kreditga layoqatliligining qaysi ko’rsatkichi aniqlanadi? Qoplash koeffitsiyenti ko’rsatkichi
To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarning boshqa turdagi qo’yilmalardan asosiy farqi nimada? Investitsiyalash yo’nalishi, hajmi va muddatini investor o’zi tanlaydi va o’zi nazorat qiladi
Muxtoriylik koeffitsientining qanday natijasida mijozning kreditga layoqatliligi yuqori hisoblanadi? Km ≥ 60%
WACC ko’rsatkichi – bu … Kapitalning o’rtacha tortilganlik qiymati
Pul yoki qimmatli qog’ozni muomalaga chiqarish jarayoni qanday ataladi? Emissiya jarayoni
Pul yoki qimmatli qog’ozni muomalaga chiqaruvchi shaxs qanday ataladi? Emitent hisoblanadi
Pul mablag’lari, ko’char va ko’chmas mulk, intellektual mulk - bu… Investitsiya resurslaridir
Kredit bo’yicha asosiy qarzni emas, balki faqat foizlar to’lanadigan davr qanday ataladi? Kreditlashning imtiyozli davri
Iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa foyda olish uchun investitsiyalarni amalga oshirishga yoxud jalb etishga qaratilgan, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tadbirlar majmui qanday ataladi? Investitsiya loyihasi deb ataladi
Qimmatli qog’ozlar qanday investitsiyaning obyekti hisoblanadi? Moliyaviy investitsiyalar
Ijtimoiy investitsiya – bu… Inson potentsiali, malakasi va ishlab chiqarish tajribasiga qo’yilgan investitsiyalar
XVFning ustaviga ko’ra to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar aksiyadorlik kapitalining necha foizini tashkil qilishi kerak? 25%