INVESTITSION LOYIHALARNI BOSHQA MANBALAR
HISOBIGA MOLIYALASHTIRISH Investitsion loyihalarni moliyalashtirishning yana bir manbayi lizing
hisoblanib, u 1950-yillardan boshlab AQSH da va 1960-yillarYevropada paydo bo'lgan. Moliyalashtirishning bu turi bizningO'zbekistonda ham mustaqillik yillarida rivojlanib bormoqda. Lizingyangi texnika va texnologiyalarga bo'lgan talabning ortishi va butalabni qondirishda korxonalar mablag'larining yetmasligi tufaylipaydo bo'lgan. Hozirgi kunda lizing keng tarqalmoqda. Masalan,
Yaponiyada investitsiyalarga bo'lgan talabining 25% i lizing usulidaqondiriladi. Lizing — bu ijaraga beruvchi tomonidan ijaraga oluvchiga mashinava texnologiyalarni 3 yildan 20 yilgacha egalik huquqini saqlaganholda foydalanishiga berishidir. Lizingning ikki turi mavjud: moliyaviy
lizing vaoperativ lizing.Moliyaviy lizingda ko'rsatilgan muddat davomida texnologiyaningto'liq amortizatsiyasi va ijaraga beruvchining foydasi to'lanishi kerak.Muddati tugagandan so'ng ijaraga oluvchi obyektni qaytarib berish,ya'ni shartnoma imzolashi yoki qoldiq qiymatiga sotib olish mumkin.
Operativ lizingning muddati amortizatsion davrdan qisqaroq muddati tugagandan so'ng obyekt egasiga qaytarilishi yoki yana ijaragaberilishi mumkin.Lizing shartnomasining an'anaviy qatnashchilari uchta tomondaniborat. Bular: lizing beruvchi, lizing oluvchi valizing mulkini sotuvchi.Lizingga texnologiya olish uchun korxona awal o'ziga keraklitexnologiyani qidiradi.Kerakli texnologiyani topgandan so'ngkorxona lizing kompaniyasiga murojaat qiladi. Lizing kompaniyasikorxona bilan shartnoma imzolaydi va texnologiyani sotib oladi.Keyin bu texnologiyani korxonaga oxirida sotib olish huquqi bilanijaraga beradi.Lizing shartnomasi tuzilganda lizing oluvchi korxonagabank kafolati berilgan bo'lishi yoki garovga biror narsa qo'yilishikerak. Shartnomada bu o'ziga xos ssuda uchun necha foiz to'lashi,to'lov muddati va tartibi kabi majburiyat va huquqlari kelishib olinadi.Ijara muddati tugagandan so'ng lizing oluvchi asosiy fondlarni
kompaniyasiga qaytarilishi, qaytadan shartnoma imzolashi yoki qoldiq
qiymati bo'yicha sotib olishi mumkin.Lizingda lizing oluvchi ijara to'lovini emas, muddatda to'labberishi kerak.Agar ijaraga olinayotgan asosiy vositalarda biror
kamchilik bo'lsa, lizing kotnpaniyasi javob bermaydi.Chunki uch
tomonlama kelishuvda asosiy fondlarni sotuvchi korxona kamchiliklari
bo'yicha da'volarni o'z bo'yniga oladi.Amaliyotda lizing shartnomasida qatnashuvchilar 6 yoki 7 tagacha yetishi mumkin.Masalan, bank yoki sug'urta kompaniyasi bu shartnomadaqatnashishi mumkin.
Forfeyting 1960-yillarda paydo bo'lgan investitsiyalarningmoliyalashtirish usulidir.Forfeyting bu tijorat kreditining bankkreditiga aylantirilishidir.Forfeyting shartnomasida uchta tomonqatnashadi. Bular: sotib oluvchi (investor), sotuvchi vabank. Investoro'ziga kerakli biror tovarni izlaydi.Topgandan so'ng sotuvchi bilanforfeyting usulida to'lovni amalga oshirishni kelishadi.Lekin buning
o'zi yetarli bo'lmaydi.Shartnoma amalga oshishi uchun bankning ham roziligi kerak.Uchta tomon ham shartnomadan manfaatdor bo'ladi. Barcha huquq
va majburiyatlar shartnomada aks etadi.Shartnoma imzolangandan so'ng investor sotuvchiga tegishlimiqdorda foizli veksellar yozib beradi.Sotuvchi esa o'z navbatidaveksellarni tijorat bankiga beradi.Bank barcha xatarni o'z bo'yniga
oladi.Shu tariqa tijorat krediti bank kreditiga aylanadi.Bu shartnomadan uchala tomon ham manfatdor bo'ladi.Ya'ni, tijorat bankiveksellardan foiz olib foyda ko'radi, sotuvchi o'z vaqtida pulni oladi,investor esa o'z investitsiyasini moliyalashtirish imkoniyatiga egabo'ladi.
Qimtnatli qog'ozlar — bu qonunda belgilangan tartibda chiqarilgan va nominal qiymatga ega bo'lgan pulli hujjatlardir. Qimmatli
qog'ozlar dividend yoki foizlar ko'rinishida daromad to'lashni nazarda
tutadi. Qimmatli qog'ozlar tarkibiga davlat obligatsiyalari, korporativ
4 - R.X. Karlibayeva 49obligatsiyalar, aksiyalar, veksellar, cheklar, depozit sertifikatlari vaboshqa hujjatlar kiradi.Hozirgi kunda qimmatli qog'ozlar emissiya qilish moliyalashtirishning keng tarqalgan turi bo'lib hisoblanadi.
Qimmatli qog'ozlarning keng tarqalgan turi aksionerlik jamiyatlari
tomonidan chiqariladigan aksiyalar hisoblanadi.Aksiya aksioneming
korxonaga qo'ygan hissasini ko'rsatuvchi hujjat bo'lib, dividend
shaklida daromad keltiradi. Aksiyalar oddiy va imtiyozli bo'ladi. I
Oddiy aksiyalarda aksioner aksionerlik jamiyatini boshqarishda qatnashish huquqini oladi, lekin dividend korxonaning moliyaviy natijasiga
bog'liq bo'ladi.Imtiyozli aksiyada yuqorida qayd etilgan huquq
bo'lmaydi, lekin dividend korxona o'z bo'yniga olish kerak.Chunki
ishlab chiqarish doim ham gullab yashnayvermaydi.Tnvestitsiyalarni moliyalashtirishda aksiyalarni emissiya qilish judaqulay.Chunki agar korxona yaxshi faoliyat ko'rsatsa, uning aksiyalarininarxi ham oshadi.Narx esa talabga bog'liq.Qimmatli qog'ozlarning yana bir keng tarqalgan turi — buobligatsiyalar. Obligatsiya majburiyat degan ma'noni bildirib, uningegasi foiz sifatida foyda oladi. Obligatsiya ma'lum muddatga chiqariladi va muddati tugagandan so'ng uning qiymati to'lab beriladi.Obligatsiyalarni chiqarish direktorlar kengashi qaroriga asosan amalgaoshiriladi.Obligatsiya chiqarish garov yoki boshqa uchinchi shaxskafolati bilan ta'minlangan bo'lishi kerak.
Obligatsiya egasi korxona boshqaruvida ovozga ega bo'lmaydi.
Biroq belgilangan foiz miqdorida daromadga ega bo'ladi.
Chet elda investitsiyalar loyihalarini moliyalashtirishning muhim
manbalaridan biri obligatsiyalarni muomalaga chiqarish hisoblanadi.
Shuning uchun ham ularga ko'p davlatlarda chet el investorlariga
moliyaviy va soliq imtiyozlari beriladi. O'zbekiston Respublikasida
qilinayotgan me'yoriy hujjatlarida chet el investitsiyalariga ko'plab
imtiyozlar belgilab qo'yilgan.Chet el investitsiyasi davlat yoki xususiy turlarga bo'linadi.Davlatturida bir mamlakat boshqa mamlakatga qarz yoki kredit beradi.
Bunda mamlakatlar o'rtasidagi iqtisodiy munosabatlar yuzaga keladi.
Xususiy chet el investitsiyasini bir mamlakat hududidagi yuridik yoki
jismoniy shaxs boshqa mamlakat hududidagi yuridik yoki jismoniy
shaxs boshqa mamlakat hududiga kapital qo'yilmalari olib kirishi
sifatida tushinish mumkin. Chet el investitsiyasi kirib kelishining
asosiy sababi mamlakatda investitsion resurslarning ichki bozori
rivojlanmaganligi va chet el investitsiyasining kamligi hisoblanadi.
Chet el investitsiyasi qo'shma korxona tuzish, chet el korxonalarining
tashkil qilinishi yoki biror mulkka egalik qilish huquqining chet el
fuqarosi (shaxs)ga berilishi orqali kirib kelinishi mumkin.
Chet el investitsiyasi ham foyda olish maqsadida kirib keladi.
Shu bilan mamlakat hududida biror sohaning rivojlanishiga ta'sir
ko'rsatadi.