Investitsiya loyihasining predmeti, tushunchasi, maqsadi va strukturasi.
“Investitsiya loyihalarini boshqarish” fanini o’rganish talabalarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo’yicha qarorlarni qabul qilish, ularni moliyalashtirish, monitoringini olib borish, shuningdek, samaradorligini ta’minlash bilan bog’liq mustahkam bilimlarni shakllantirish hamda amaliy ko’nikmalarni hosil qilish vazifalarini o’zida namoyon etadi.
“Investitsiya loyihalarini boshqarish” fanini o’qitishning asosiy maqsadi talabalarda moliyaviy qo’yilmalarning maqbul yo’nalishlarini tanlash, ular samaradorligini aniqlash va ta’minlashda muhim ahamiyat egallovchi investitsiya loyihalarini boshqarishni tashkil etishning asosiy yo’nalishlari, zamonaviy usullaridan foydalanish bo’yicha bilim, ko’nikma va malakani shakillantirishdan iborat.
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan investitsiya siyosati mustaqillikning dastlabki yillaridanoq yoqilg’i energetika va don mustaqilligini ta’minlash, iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, eksport salohiyatini oshirish va import o’rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish uchun ustuvor sohalarni qo’llab-quvvatlash, chet el investitsiyalarini jalb qilish uchun ochiq eshiklar siyosatini olib borish kabilarga qaratildi. Investitsiya siyosatni olib borishda quyidagi tamoyillarga asoslanildi:
belgilangan davlat ustuvorliklari asosida eng muhim tarmoqlar va faoliyat sohalarini tanlab qo’llab-quvvatlash;
ijtimoiy ahamiyatli tarmoqlarni (sog’liqni saqlash ta’lim, madaniyat va h.k.) aholi turmush darajasini yaxshilish, umrini uzaytirish, ijtimoiy jihatdan keskin tabaqalanishning oldini olish, iste’mol talabining faollashuvini ta’minlash maqsadida etarli darajada qo’llab-quvvatlash;
chet el investitsiyalarini o’zaro manfaatdorlik asosida ustuvor sohalarga jalb qilish;
potentsial investitsiya resurslarini savdo sohasi va pul bozoridan sanoat sohasiga qayta taqsimlash;
ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlarini qo’llab-quvvatlash, xorijdan yangi texnikalar uchun litsenziyalar sotib olish, katta laboratoriyalarni saqlab turishga quvvati etadigan yirik korporatsiyalar tuzish orqali ishlab chiqarish kapitalini jamlash hisobiga intelektual kapital va ilmiy-texnik potentsialni oshirish;
qishloq xo’jaligi mahsulotlari va mineral xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash va ularni tashqi bozorda raqobatbardosh bo’ladigan darajaga olib chiqishga yo’naltirilgan investitsiya loyihalarini qo’llab-quvvatlash;
aholining oziq-ovqat va iste’mol tovarlariga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishga mo’ljallangan ishlab chiqarish quvvatlarini jadal rivojlantirishni investitsiyalar bilan ta’minlash;
investitsiya jarayonlari ishtirokchilarining o’zaro aloqalarini tartibga solib turuvchi qonunchilik bazasini takomillashtirish.
Shu maqsadda davlat tomonidan mazkur yo’nalishlarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini qo’llab-quvvatlashga katta e’tibor qaratish zaruriyati ortadi.
“Loyiha” so’zi bugungi kunga kelib iqtisodiy nazariya va amaliyotda keng tarqalib ulgurdi. Uning mazmunini talqin qilishda ham turlicha qarashlar mavjudligi mazkur atamaning tub mohiyatini o’rganish va ochib berishga bo’lgan qiziqishni oshiradi.
Jahon bankining Iqtisodiy rivojlanish instituti mutaxassislari tomonidan aniqlanishicha loyiha: birinchidan, maqsadli faoliyat; ikkinchidan, foyda uning xarajatlaridan har doim ortiq bo’ladi; uchinchidan, u cheklangan vaqt va resurslarda qat’iy cheklanganlikka ega bo’ladi.
Iqtisodiy rivojlanish kompleks jarayon sifatida o’zini namoyon etadi va bunda mazkur sohada yuksalish bir qancha ko’rsatkichlar: yalpi ichki mahsulot, daromad, foyda, iste’mol darajasi, sog’liqni saqlash, umrning uzunligi, savodlilik, sifatning oshishi va shu kabilar orqali aks ettirilishi mumkin. Shu sababli ham loyiha g’oyasi barcha holatlar uchun bir xil mazmun kasb etmasligi mumkin va loyihani ishlab chiqish va uni baholashnig ham yagona namunaviy shakli bo’lishi mumkin emas. O’z navbatida, loyihalar ularning alohida elementlari va ko’rsatkichlarini ifodalovchi bir qator maqsadli tadbirlar, loyihani amalga oshirish va ko’zlangan natijaga erishishga qaratilgan boshqaruv tizimi va boshqalardan tashkil topadi.
Bunga ko’ra, uning mazmuniga berilgan turlicha ta’riflarni ham kuzatish mumkin:
Loyiha – muayyan boshlang’ich ma’lumotlar va talab etiladigan natijalar (maqsad) bilan bog’liq bo’lgan, uni yechish usulini o’zida mujassam etgan ayrim vazifa (“Loyihalarni boshqarish to’g’risida bilimlar Kodeksi”, Loyihalarni boshqarish instituti, AQSh);
Loyiha (angl. Project) – nima uylab topilgan yoki rejalashtiriladigan nimadir, masalan, katta korxona (tolkoviy slovar Webster).
Tizimli yondashish nuqtai nazaridan, loyiha bir qator cheklanishlar va mexanizmlar ishtirokida boshlang’ich holatdan yakuniy natijaga o’tish jarayoni sifatida qaratilish mumkin va uni quyidagi 1.1-rasm orqali ifodalash mumkin:
Cheklanishlar:
- moliyaviy
- me’yoriy-huquqiy
- etika
- logistik
- faollashish usullari
- vaqt
- sifat darajasi
- bilvosita ta’sirlar
- atrof-muhit
Ta’minot:
- odamlar
- bilim va tajriba
- texnika va instrumentlar
- texnologiya
1.1-rasm. Loyiha boshlang’ich holatdan yakuniy holatga o’tish tizimi jarayoni sifatida
Loyihani amalga oshirish natijasi sifatida fizik ob’ektlar (bino, inshootlar) maydonga chiqqan holatlarda loyihaning aniqlanishi quyidagicha bo’lishi mumkin:
- loyiha – maqsadli yo’naltirilgan, oldindan ishlab chiqilgan va yaratilishi rejalashtirilgan yoki modernizatsiya qilinuvchi fizik ob’ektlarni, texnologik jarayonlar, ular uchun texnik yoki tashkiliy hujjatlashtirishni, moliyaviy, mehnat yoki boshqa resurslarni, shuningdek, ularning bajarilishi bo’yicha boshqaruv qarorlari va tadbirlar tizimi tushuniladi.
Loyiha o’z tarkibiga fikr (muammo), uni amalga oshirish vositasi (muammo yechimi) va amalga oshirish jarayonida olinadigan natijalarni qamrab oladi .
Har qanday loyihani amalga oshirish investitsiyalar bilan bevosita bog’liqdir. Shunga ko’ra, hayotda loyihalarning turli-tumanligidan kelib chiqib, unga yo’naltiriladigan investitsiyalarning ham yo’nalishlari, sohalari, manbalari, muddatlari, ishtirokchilari, investorlari, ahamiyati turlicha bo’ladi. Biroq, turli loyihalarga yo’naltirilgan investitsiyalarda shunday umumiylik saqlanib qoladiki, buni anglash maqqsadga muvofiqdir. Shunga muvofiq, biz uni “Investitsiyalar” tushunchasi mazmunini tavsiflovchi zaruriy belgilar hisoblashimiz mumkin.
Loyiha atamasi bilan quyidagi tushunchalar o’zaro bog’langan:
loyiha davri (bosqichi);
loyiha tahlili;
loyiha menejmenti;
loyihani moliyalashtirish.
Bir qator iqtisodiyot tarmoqlarida, jumladan, aviatsionno-kosmik, transport, mashinasozlik, mudofa sanoati, og’ir sanoat kabi tarmoqlarda bugungi kunda yaratilayotgan ayrim ob’ektlar shu qadar murakkab tuzilmaga egaki, ular ustida kompleks ishlarni amalga oshirish loyiha tarkibida emas, aksincha, Dastur tarkibida, asosida, doirasida olib borilmoqda va bunday Dasturlar uzoqroq muddatga, kengroq ko’lamga ega bo’lib, asosiy maqsadga xizmat qiluvchi bir necha loyihani o’z ichiga olishi mumkin. Bu loyihalar dasturning xizmat muddati va ko’lami bo’yicha bir nechtani tashkil etib, maqsadi, turi bo’yicha o’zaro farq qilishi mumkin. Bunday vaziyatda “loyiha” atamasi nisbatan qisqa muddatli maqsadlar bilan bog’liqlikka ega bo’ladi.
“Loyihani boshqarish” tushunchasi. Loyihani boshqarish, investitsiyalarni boshqarish va funksional menejmentning o’zaro bogʻliqligi
Loyihalarni boshqarish boshqaruv orqali amalga oshiriladi. Shunga ko’ra, aytish mumkinki, boshqaruv – bu ma’lum bir ijobiy natijaga erishish uchun, uslublar va tamoyillar yig’indisi orqali biror ob’ektga maqsadga muvofiq ta’sir etish. Inson faoliyatining barcha sohalariga, shu jumladan, investitsiya loyihalarini amalga oshirish sohasiga ham boshqaruv jarayoniga taalluqlidir.
Investitsiya loyihalarini boshqarish ma’lum bir uslub va tamoyillarga tayanib maxsus loyiha menejeri yoki loyiha boshqaruv kengashi tomonidan amalga oshiriladi. Loyihalarni boshqarish, aksariyat hollarda, loyiha menejeri tomonidan amalga oshiriladi. Loyiha menejeri – bu loyihaga yo’naltirilgan kapital harakati, pul oqimi, foyda, jamg’arma va reinvestitsiyalash, daramad va xarajatlar balansini uzluksiz tahlil qilib va o’rganib boruvchi hamda ularga ta’sir ko’rsatuvchi sub’ekt.
Investitsiya loyihalarini boshqarish moliyaviy menejmentning asosiyni tashkil etish bilan birga o’ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Moliyaviy menejment shunday tizimki, bunda korxonani boshqarishning umumiy maqsadlariga erishishga yo’naltirilgan foliyat amalga oshiriladi. Moliyaviy menejment, bir tomondan, muayyan qonuniyatlariga ega boshqariluvchi tizim bo’lsa, boshqa tomondan, korxonani boshqarishning umumiy tizimi tarkibi sifatida boshqarish tizim hisoblanadi. Bu holat loyiha boshqaruvida ham namoyon bo’ladi.
Loyiha menejeri loyiha tashabbuskori yoki ta’sischilar tomonidan tayinlangan sub’ekt – yuridik yoki jismoniy shaxs bo’lishi mumkin. Loyihani amalga oshiruvchi tadbirkor bilan loyiha menejeri o’rtasidagi asosiy farq shundan iboratki, tadbirkorda ochilgan imkoniyatlardan foydalanish bo’yicha, loyiha menejerida esa mavjud resurslardan foydalanish bo’yicha strategik yo’nalish mavjud bo’ladi. G’oyani amalga oshirishda tadbirkorda natijaga tezkor erishishga yo’naltirilgan revolyutsion yondashish kuzatilsa, loyiha menejeriga uzoq muddatli istiqbolga yo’naltirilgan evolyutsion yondashish xosdir.
Investitsiya loyihalarini boshqarishni turli sxemalar asosida ham amalga oshirish mumkin va uni quyidagi variantlarda ifodalash mumkin:
“Asosiy” tizim. Bunda loyiha rahbari (menejeri) buyurtmachining vakili (“agenti”) hisoblanadi va u qabul qilinadigan qarorlar uchun moliyaviy javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi. Loyiha menejeri bo’lib, professional boshqarish uchun litsenziyaga ega bo’lgan har qanday loyiha ishtirokchilari – yuridik yoki jismoniy shaxslar bo’lishi mumkin. Mazkur holatda loyiha menejeri buyurtmachidan tashqari loyihaning boshqa ishtirokchilari bilan shartnoma munosabatlari asosida faoliyat yuritishi mumkin emas va loyihaning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi ustidan boshqarish va muvofiqlashtirib borishni ta’minlashi zarur.
Mazkur tizimning afzalligi – loyiha menejerining ob’ektivligi bo’lsa, kamchiligi – loyiha natijalari uchun javoobgarlik to’liqligicha burtmachi zimmasiga yuklatilishidadir.
“Kengaytirilgan boshqarish” tizimi. Mazkur tizimda loyiha rahbari (menejeri) qat’iy, cheklangan (smeta) baho doirasida loyiha uchun javobgarlikni o’z zimmasiga oladi. Loyiha menejeri loyiha buyurtmachisi va ishtirokchilari o’rtasidagi bitim bo’yicha loyihadagi jarayonlarni boshqarish va muvofiqlashtirib borishni ta’minlaydi. Bunda ham “asosiy tizim”dagi singari har qarnday yuridik yoki jismoniy shaxs – professional boshqarish litsentsiyasiga ega bo’lgan va buyurtmachi oldida o’z majburiyatlari bo’yicha javob berishga qodir bo’lgan loyiha ishtirokchisi loyiha menejeri bo’lishi mumkin.
“Kaliti bilan” tizimi. Bunda burtmachi bilan loyihaning e’lon qilingan qiymati bo’yicha “kaliti bilan” topshirish shartnomasini tuzuvchi loyiha-qurilish firmasi loyiha rahbari (menejeri) hisoblanadi.
Investitsiya loyihalarini boshqarishning muhim tarkibiy qismi investitsion menejment hisoblanadi.
Investitsion menejment quyidagi funktsiyalarni bajaradi:
|