Investitsiya va innovatsiya Ma\'ruza materiallari (1)
P SVn R= Ani bu yerda,
R-yillik ijara to‘lovi
R-uskunaning boshlang‘ich qiymati S-uskunaning qoldiq qiymati
Ani-yillik doimiy daromadni taqqoslash uchun keltiriladigan koeffitsient (bo‘lajak daromadni belgilangan vaqtdagi bugungi qiymatini aniqlash koeffitsienti);
V- ko‘paytiruvchi diskont.
Hisob-kitobda inobatga olinayotgan daromadlilik me‘yori albatta uskunani amortizatsiya me‘yoridan yuqoriroq bo‘lishi tabiiy holdir. Qabul qilingan daromadlilik me‘yori (I) bilan amortizatsiya me‘yori (a) farqi ijara operatsiyasini taxminiy real daromadliligini ko‘rsatadi.
Ko‘pchilik hollarda amaliyotda moliyaviy lizing bo‘yicha ijara to‘lovlari hisoblash uchun annutet formulasidan foydalaniladi:
РА И: Т Х1 1: (1 И: Т)ТхП Bu yerda, R- ijara to‘lovlari summasi;
A- amortizatsiya ajratmalari summasi yoki (ijaraga berilayotgan mulk qiymati); P – shartnoma muddati;
I – lizing bo‘yicha foiz;
T – ijara to‘lovlari davrlari. Bu yerda diskitlash usuli qo‘llanilmagan.
Hozirgi vaqtda aniq kompyuter dasturlari orqali lizing to‘lovlarini banklar mijoz hohlagan variantda hisoblab berishlari mumkin.
Bank uch tomonlama tuzilgan shartnomaga asosan, lizing obyektini xarid qilish uchun uning to‘liq yoki 15 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda to‘lovini oldindan o‘tkazib beradi va quyidagi buxgalteriya yozuvini amalga oshiradi:
Debet 19909 - ―Ko‘rsatilgan xizmatlar va tovar – moddiy boyliklar uchun to‘langan mablag‘lar‖ schyoti
Kredit lizing obyektini etkazib beruvchining talab qilib olunguncha depozit scheti. Shartnomaga muvofiq lizing obyektini etkazib beruvchidan to‘liq qabul qilib olgandan keyin,
lizing beruvchi banki tomonidan quyidagi buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi: Debet lizing oluvchining ssuda scheti
Kredit 19909 - ―Ko‘rsatilgan xizmatlar va tovar – moddiy boyliklar uchun to‘langan mablag‘lar‖ schyoti
Bank tomonidan lizing etkazib beruvchiga lizing obyektining to‘liq qiymati to‘lab berilmasdan, lizing oluvchiga etkazib berilganda, quyidagi buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi:
Debet lizing oluvchining ssuda scheti.
Kredit 19909 - ―Ko‘rsatilgan xizmatlar va tovar – moddiy boyliklar uchun to‘langan mablag‘lar‖ schyoti
Kredit 29802 – ―Ko‘rsatilgan xizmat va tovar – moddiy boyliklar uchun to‘lanadigan mablag‘lar hisob - kitob‖ scheti.
Lizing shartnomasida lizing obyektini etkazib berish, o‘rnatish va boshqa xarajatlar, shuningdek, sug‘urta to‘lovi lizing obyektining balans qiymatiga olib boriladi va quyidagi buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi:
Debet lizing oluvchining ssuda scheti
Kredit 19909 - ―Ko‘rsatilgan xizmatlar va tovar – moddiy boyliklar uchun to‘langan mablag‘lar‖ schyoti
Lizing obyekti uchun lizing to‘lovlari lizing oluvchi tomonidan lizing beruvchi shartnomada belgilangan muddatda va tuzilgan grafik bo‘yicha to‘lab beriladi. Ushbu lizing to‘lovlariga lizing obyektining amortizatsiya ajratmasi, hisoblangan foiz summasi, vositachilik to‘lovlari, ko‘rsatilgan qo‘shimcha xizmatlar va sug‘urta to‘lovlari kiradi.
Bank tomonidan lizing uchun berilgan foizlar belgilangan miqdorda har kuni hisoblab boriladi va quyidagi buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi:
Debet 16323 – ―Hisoblangan foizlar‖ schyoti Kredit bankning mos daromadlar scheti
Lizing to‘lovlari tomonlar kelishuviga muvofiq tuzilgan va lizing shartnomasining ajralmas qismi bo‘lgan jadvalga muvofiq lizing oluvchi tomonidan lizing beruvchiga to‘lab boriladi.
Lizing bo‘yicha hisoblangan foiz daromadlari to‘lab berilganda quyidagi buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi:
Debet lizing oluvchining talab qilib olinguncha depozit scheti Kredit 16323 – ―Hisoblangan foizlar‖ schyoti
Lizing obyekti bo‘yicha hisoblangan amortizatsiya ajratmalari lizing oluvchi tomonidan to‘lab berilganda lizingning balans qiymatini kamaytirishga yo‘naltiriladi va quyidagi buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi:
Debet lizing oluvchining talab qilib olinguncha depozit scheti Kredit lizing oluvchining ssuda scheti.
Lizing oluvchi tomonidan vositachilik to‘lovlari, ko‘rsatilgan qo‘shimcha xizmatlar va boshqa to‘lovlar to‘lab berilganda ular mos ravishda bank daromadlari schetlariga olinadi va quyidagi buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi:
Debet lizing oluvchining talab qilib olingucha depozit scheti Kredit bankning mos daromadlar scheti.
Lizing obyektini sug‘urtalash uchun lizing beruvchi tomonidan to‘langan sug‘urta to‘lovi lizingning balans qiymatiga kiritilgan bo‘lsa, lizing oluvchi tomonidan to‘lab berilgan sug‘urta to‘lovi summasi lizingning balans qiymatini kamaytirishga yo‘naltiriladi va quyidagi buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi:
Debet lizing oluvchining talab qilib olunguncha depozit scheti Kredit lizing oluvchining ssuda scheti.