Iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasida xorijiy investitsiyalar ishtirokini oshirishda xalqaro moliyaviy institutlarning tutgan o‟rni va ularning hamkorlik aloqalari.
Iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasini faollashtirishda to‟g‟ridan-to‟g‟ri xorijiy investitsiyalarning ishtiroki
Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish sharoitida O‘zbekiston XVF, XTTB, YeTTB, OTB, ITB kabi moliya-kredit institutlari bilan faol hamkorlik qilib kelmoqda. Uzluksiz makroiqtisodiy barqarorlik, iqtisodiy o‘smishing yuqori sur‘atlarini ta‘minlash, tuzilmaviy o‘zgarishlarni izchil amalga oshirib borish, iqtisodiyotning tayanch va ijtimoiy infratuzilmalarini bosqichma-bosqich modernizatsiyalashtirib borishni ta‘minlashga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiy strategiyasi xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlik ko‘lamining o‘sib borishiga zamin yaratadi.
Xalqaro valyuta fondi (XVF) 1945 yilda tashkil etilgan va o‘sha 186 ta mamlakat a‘zo. XVFning maqsadi a‘zomamlakatlar valyuta-moliya siyosatini muvofiqlashtirish, to‘lov balansini tartibga solish va valyuta kursining barqarorligini qo‘llab-quvvatlash uchun qarz berish hisoblanadi. Buning uchun fond to‘lov balansida qiyinchiliklar sezayotgan o‘z a‘zolarini moliyalashtiradi, ularning xo‘jalik yuritish usullarini yaxshilashga qaratilgan texnik yordam ko‘rsatadi.
Oxirgi o‘n yilda XVFning moliyaviy vositachi va yirik kreditor sifatidagi roli oshdi. Qarzlar a‘zo mamlakatlar badallaridan tashkil topgan umumiy resurslar hisobidan hamda SDR shartli birliklaridagi maxsus hisobdan berilishi mumkin.
Kreditlarni berish va qaytarish to‘lov balansi muammosining xususiyatlari hamda holatlariga bog‘liq tarzda farqlanib, quyidagilardan iborat:
5.1-jadval
XVF kreditlash shartlari
Dostları ilə paylaş: |