Investitsiya


Risk va noaniqlik sharoitida investitsiya loyihalarini tahlil qilish va baholash



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə128/128
tarix22.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#159520
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   128
Investitsiya va innovatsiya Ma\'ruza materiallari (1)

Risk va noaniqlik sharoitida investitsiya loyihalarini tahlil qilish va baholash


usullari.

Investitsiya risklarini tahlil qilish va baholash usullariga quyidagilar kiradi:


-Sezgirlik tahlili usuli;
-―Zararsizlik nuqtasi‖ni aniqlash usuli;.
-Barqarorlikni tekshirish usuli;
-Matematik usullar (o‘rtacha kvadratik chetlanish, dispersiya va variatsiya);
-―Qarorlar daraxti‖ barpo etilishi usuli;
-Stsenariylar usuli;
-Monte-Karlo usuli.

Loyiha sezgirligi tahlili quyidagi tartibda olib boriladi:



Investitsiya loyihasining asosiy parametrlarining ( ya‟ni sotish hajmi, sotish bahosi, ishlab chiqarish harajatlari va h.k.) bazaviy qiymatlarini aniqlash;


Shu qiymatlar asosida loyiha samaradorligini hisob-kitobini amalga oshirib, ularni NPVo yoki IRRo deb belgilash;


Loyiha samaradorligiga eng ko‟p ta‟sir etuvchi, uning asosida loyiha sezgirligini tahlil qilinuvchi ko‟rsatkichlardan birini tanlash (NPV yoki IRR);


Samaradorlik ko‟rsatkichiga eng ko‟p darajada ta‟sir etuvchi omillarni aniqlash.
Bunday o‟zgaruvchan omillar ikki guruxga bo‟linadi:

  • to‟g‟ridan-to‟g‟ri daromad va harajatlarga ta‟sir etuvchi omillar: sotish hajmi, mahsulot sotish bahosi, ishlab chiqarish harajatlari, investitsiya xajmi, qarz mablag‟lariga to‟lovlar va boshqalar.

  • bilvosita ta‟sir etuvchi omillar: qurilishning davomiyligi (muddati), ishlab chiqarish tsiklining davomiyligi, to‟lovlarning kechikishi, tayyor maxsulotni sotish muddati, inflyatsiya darajasi, daromad solig‟i stavkasi va boshqalar.


O‟zgaruvchan omillardan biri o‟zgarganda asosiy ko‟rsatkich qanchaga o‟zgarishini hisob-kitob qilish.






D,so‘m, X,so‘m
Zarar

Zararsizlik nuqtasini aniqlash usuli.




Sotishdan tushgan tushum

D=K*X1




Umumiy harajat

X =Xdoim+K*Xo‟zg


Xdoim Doimiy harajatlar

Foyda
Ko Ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi, dona



―Zararsizlik nuqtasi‖ni aniqlash formulasi quyidagi ko‘rinishga ega:


F = Ko*X1-


Xdoim+Ko*Xo‟zg

Ishlab chiqarishning zararsizlik nuqtasida F = 0ga teng bo‟ladi va


bundan zararsizlik nuqtasi kelib chiqadi:

bu yerda: F – foyda;


D=K*X1 - Sotishdan tushgan tushum (umumiy daromadlar);

X =Xdoim+K*Xo‟zg- umumiy Ko=Xdoim/ (X1-Xo‟zg)


Izoh: Barcha harajat va sotish miqdorlari – yillik; Xdoim -doimiy harajatlar; X
=Xdoim+K*Xo‟zg-umumiy harajatlar; Xo‟zg-bitta maxsulotga ketgan o‘zgaruvchan harajatlar; K- maxsulot soni; D=K*X1 - Sotishdan tushgan tushum (umumiy daromad); X1-maxsulot birligi narhi. Bunda zarasizlik nuqtasi (Ko) umumiy harajatlar umumiy daromadga teng bo‘lganda topiladi: D= X, ya‘ni Ko*X1=Xdoim+Ko*Xo‟zg. Bu yerdan: Ko=Xdoim/ (X1-Xo‟zg).


Investitsiya loyihasini amalga oshirishning turli shart-sharoitlari, ya‘ni loyiha senariylari:




Optimistik stsenariy

Xaqiqatga yaqin bo‘lgan
stsenariy

Pessimistik stsenariy

loyihaning optimistik variantini, ya‘ni masalan, sotish xajmining yuqoriligi, loyixa maxsuloti narxining yuqoriligi,
barcha joriy xarajatlar kam bo‘lgan shart-sharoitlar

eng ko‘p
bo‘lishi mumkin bo‘lgan shart-sharoit (variant).

loyihaning pessimistik variantini, ya‘ni masalan, sotish xajmining pastligi, past narxlar, barcha joriy xarajatlar yuqori bulgan shart-sharoitlar

Barqarorlikni tekshirish usulini amalga oshirish ketma-ketligi.





  1. Loyiha bo‘yicha 3 xil kelajakda bo‘lishi mumkin bo‘lgan

stsenariy varianti tuziladi: optimistik, haqiqatga yaqin bo‘lgan va
pessimistik.

  1. Har bir stsenariy bo‘yicha mos ravishda sof joriy qiymat hisoblanadi:

-optimistik –NPV op.;
-haqiqatga yaqin bo‘lgan

  • NPVhaq.;

-pessimistik – NPV pess.

Loyiha barqarorligini tekshirish usulida investitsiya loyihasini amalga oshirish shart- sharoitlari turlicha o‘zgartirilganda, ya‘ni loyiha stsenariysi turlicha o‘zgartirilganda, loyihani amalga oshirish mexanizmi qanday ishlashi va bunda loyihadan kutilayotgan foyda, zararlar va samaradorlik ko‘rsatkichining qanday bo‘lishi tadqiq qilinadi.
Masala. Quyida berilgan 1 va 2 loyiha ma‘lumotlariga asoslanib, ularning barqarorligini tahlil qiling va eng samaralisini tanlang. Bunda ikkala loyiha uchun loyiha muddati – 5 yilni; loyihalarga qo‘yilgan investitsiyalar – 100 ming AQSh dollarini; kapitalning bahosi – 10% ni tashkil etadi. Loyihani amalga oshirishda yillar bo‘yicha pul tushumi bir xil summani tashkil etadi.


Loyiha


Pul tushumlari, ming AQSh dollari

Optimistik

Eng ko‘p bo‘lishi mumkin bo‘lgan

Pessimistik

1

40

35

25

2

50

40

20



Masalaning yechilishi quyidagicha amalga oshiriladi:




Loyiha-1

T, yillar.

NPV

0

1

2

3

4

5

Optimistik

-100

45

45

45

45

45

71,8

Eng ko‘p
bo‘lishi m.b.

-100

35

35

35

35

35

32,7

Pessimistik

-100

25

25

25

25

25

-5,2




Loyiha-2

T, yillar.

NPV

0

1

2

3

4

5

Optimistik

-100

50

50

50

50

50

89,6

Eng ko‘p bo‘lishi m.b.

-100

40

40

40

40

40

51,6

Pessimistik

-100

20

20

20

20

20

-24,2

formula bo‘yicha variatsiya kattaligini topamiz.



    1. Var (NPV) = NPVopt. - NPVpess.= 51,7- (-5,2) = 56,9(AQSh dollari)

    2. Var (NPV) = NPVopt. - NPVpess.= 89,6- (-24,2) = 113,8(AQSh dollari)

4. Investitsiya risklarini pasaytirish yo‘llari.
Investitsiya loyihalarini amalga oshirishdagi alohida risklar ta‘sirini yo‘qotish yoki yumshatish uchun bir qancha yo‘llardan foydalaniladi.

  1. Riskdan qochish - risk bilan bog‘liq tadbirlardan voz kechishni (demak, bunda foydadan ham voz kechishni) bildiradi.

  2. Riskni ushlab qolish – investor zimmasiga riskni qoldirish, bunda investor o‘z kapitalini riskli tadbirlarga yo‘naltirayotganda, risklardan ko‘riladigan zararlarni qoplash uchun mablag‘i bo‘lishi kerak.

  3. Riskni uzatish (sug‘urtalash) – investor risk havfini kimningdir zimmasiga yuklaydi. Riskni sug‘urtalash, mantiqan olganda, muayyan risklarni sug‘urta kompaniyalariga berishni anglatadi. Uning mohiyati investorning riskdan qutilish maqsadida daromadning bir qismidan voz kechish orqali aks ettiriladi. Bunda investorning risk darajasini ―nol‖ga tushirish uchun to‘lovni amalga oshirishga tayyor ekanligini tushunish mumkin. Ko‘p hollarda, sug‘urta kompaniyalari moliyaviy risklarni sug‘urtalash bilan risk darajasini pasaytirishga to‘liq erishishiga xizmat qiladilar.

  4. Riskni pasaytirish - ko‘zda tutilmagan xarajatlarni qoplash uchun zahira mablag‘larini tashkil etish yo‘li bilan yo‘qotishlar hajmini qisqartirish hisoblanadi. Ko‘zda tutilmagan xarajatlarni qoplash uchun zahira mablag‘larini tashkil etishdagi asosiy muammo risklarning jiddiy oqibatlarini baholash hisoblanadi. Buning uchun loyiha qiymatini boshlang‘ich baholashni hisobga olish lozim. Bu esa zahira summasini aniqlashga katta yordam beradi.

Riskni pasaytirishning aniq vositasini tanlashda investor quyidagi tamoyillarga asoslansa, maqsadga muvofiq bo‘ladi:

    • ortiqcha tavakkal qilish kerak emas;

    • risk oqibatlari to‘g‘risida o‘ylash lozim;

    • kam narsa uchun risk qilish kerak emas.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin