O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
ANDIJON FAKULTETI
“Mutaxassislik fanlar” kafedrasi
“STATISTIKA” FANIDAN MUSTAQIL TA’LIM
TOPSHIRIQLARI
Bilim sohasi: 300000
-Ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot
400 000
-Biznes, boshqaruv va huquq
Ta’lim sohasi: 310000
- Ijtimoiy va xulq atvorga mansub fanlar
410 000
-Biznes va boshqaruv
Ta’lim yo’nalishi:
60410400
-Moliya va moliyaviy texnologiyalar
60410500
-Bank ishi va auditi
ANDIJON -2023
Nazorat topshiriqlarini bajarish jarayonida quyidagi shartlarni bajarish kerak:
Avvalambor topshiriqlar variantini belgilangan tartibda aniqlash va ishda uning tartib raqamini ko‘rsatish;
har bir masala va topshiriqning shartlarini ushbu hujjatda ko‘rsatilgan tartibda keltirish;
masalalarni formulalar yordamida qisqacha izohlar bilan yechish;
ko‘rsatkichlarni hisoblash tartibini to‘liq yoritish;
ko‘rsatkichlarni koeffitsientlarda ifodalayotganda 0,001, foizda ifodalaganda esa 0,1 aniqlikda hisoblash;
statistik jadvallar, ularni tuzish tartib qoidalariga binoan rasmiylashtirish;
nazorat ishini 12 varaqlik daftarda bir rangli ruchka yordamida yozish, so‘zlarni qisqartirmaslik, varaqlarni betlash;
har bir topshiriq o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash;
o‘qituvchi tekshirib bergandan so‘ng talaba ishda qo‘yilgan xatolarni bartaraf qilishi shart, aks holda u keyingi topshiriqlarni bajarishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Mustaqil ishlash bo‘yicha ushbu topshiriqlarni bajarish natijalari asosida talaba to‘plagan ballar statistika umumiy nazariyasi bo‘yicha umumiy reyting narxlashda hisobga olinadi.