Investitsiya


Investitsiya faoliyatida risklar va ularning tasniflanishi



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə124/128
tarix22.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#159520
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   128
Investitsiya va innovatsiya Ma\'ruza materiallari (1)

Investitsiya faoliyatida risklar va ularning tasniflanishi.


Investitsion faoliyatda risk - bu investitsiyalarni qisman yoki to‘liq yo‘qotish, kutilgan daromaddan kamroq foyda olish va loyihada ko‘zlangan maqsadlarga erisha olmaslik xataridir. Loyihadan qanchalik ko‘p miqdorda daromad kutilsa, u shunchalik yuqori riskli hisoblanadi.


Hozirgi kunda loyiha risklari deganda loyihani amalga oshirish natijasida ko‘zlangan daromadlarning pasayishiga sabab bo‘ladigan vaziyatlar majmuasi tushuniladi. Shu bilan birga loyiha riski investitsion loyihani amalga oshirishga halaqit beradigan yoki loyiha samaradorligini pasaytiradigan risklarning yig‘indisini ham anglatadi.
Riskni ma‘lum bir qarorni qabul qilish natijasida zaxiralarni yo‘qotish imkoniyati, daromadlarni ololmaslik yoki qo‘shimcha xarajatlar zarurati sifatida belgilash mumkin.
Risk - bu bashorat qilinayotgan loyihani amalga oshirishda xaqiqiy sharoitlardan ozgina chekinilganda daromadlarni ololmaslik yoki zararlarning paydo bo‘lib qolish ehtimolidir. Risk kutilishi mumkin bulgan xatar bo‘lib, investitsiyadan mo‘ljallangan foydani olish jarayoniga xos bo‘lgan noumidsizlikdir.
Risklarning paydo bo‘lish sabablari turlichadir. Masalan, ma‘lumotlarning tanqisligi yoki to‘liq bo‘lmasligi, tashqi va ichki muhitdagi xarakatlar (raqobatchilar, ishchilar holati, xukumat va boshqalarning xarakatlari) va h.k. ―Risk‖ tushunchasiga juda yaqin bo‘lgan ―noaniqlik‖ tushunchasi riskning aniq turlarini tasniflash uchun sinonim sifatida qo‘llaniladi. Noaniqlik – bu investitsion loyihani amalga oshirish shart-sharoitlari xaqidagi ma‘lumotlarning to‘liq yoki aniq emasligidir. Masalan, inflyatsiya xaqidagi, texnika-texnologiyalardagi o‘zgarishlar haqidagi, loyiha quvvatining, obyektning qurilish va foydalanishga topshirish muddatlari, xarajat va natijalarning notug‘ri hisob- kitob qilinishi kabi ma‘lumotlarning to‘liq yoki aniq emasligi natijasida noaniqlik yuzaga keladi.
Loyihani amalga oshirish jarayonida yuzaga kelish imkoniyati bilan bog‘liq ko‘ngilsiz holatlar va oqibatlar risk tushunchasi bilan izohlanadi.
Risk bilan noaniqlikning farqi shundaki, natijalar ehtimolligi joriy davr ma‘lumotlari asosida baholanayotgan vaqtda risk e‘tiborga olinadi. Noaniqlik esa bunday ehtimollik o‘tgan va kelasi davr ma‘lumotlari etishmasligi yoki to‘liq emasligi sababli subyektiv aniqlangan vaqtda e‘tiborga olinadi. Har qanday holda ham kelgusi iqtisodiy holatlar istiqbolini belgilash (inflyatsiya, foiz stavkasi, talab va taklif, ishlab chiqarish, sotish hajmi va boshqalar) kelajakning ma‘lum emasligi sababli faqat taxminiy va noaniq natijalar bo‘lishi mumkin. Chunki o‘tgan davr ma‘lumotlari asosida faqat noma‘lum kelajakda yuz berishi mumkin bo‘lib o‘tgan rivojlanish tendentsiyasini aniqlash mumkin.
Noaniqlik va risklarning har ikkalasi ham loyihadagi yo‘qotish va zararlarga bog‘liq bo‘lganligi uchun ularning bir-biri bilan uzviy aloqadorlikda ifodalash maqsadga muvofiqdir.
Investitsiya risklarini turli belgilar bo‘yicha tasniflash mumkin.

  1. Tarkibi bo’yicha risklar quyidagilarga bo’linadilar: iqtisodiy risk; bozor riski; inflyatsiya riski; valyuta riski; siyosiy risk; ijtimoiy risk; ekologik risk; texnologik risk; marketing riski; moliyaviy risk; kredit riski; bankrotlik riski; ilm-texnika riski; informatsion risk va boshqalar.

  2. Muddati bo’yicha risklar quyidagilarga bo’linadilar: qisqa muddatli risklar; uzoq muddatli risklar.

  3. Olinadigan natijaga qarab risklar: spekulyativ risk - ular ta‘sirida katta zarar yoki katta foyda olish imkoniyati bor; sof risklar - ular ta‘sirida nolga teng bo‘lgan zarar(foyda) ko‘rish mumkin.

  4. Loyihaga ta’sir etish darajasi bo’yicha risklar quyidagilarga bo’linadi: mumkin bo‘lgan risklar - ular ta‘sirida kutilgan foydadan ayrilish mumkin; kritik risklar - loyiha pul tushumlaridan ayrilish xatari; katastrofik risklar - daromaddan va kiritilgan investitsiyalardan ayrilish xatari.

Investitsion loyihalarni amalga oshirish jarayonida uning har bir bosqichi (fazasi) o‘ziga xos risklar bilan bog‘liqdir. Birinchi bosqichda (investitsiya oldi fazasida) ko‘proq loyiha tashabbuskorlari marketing riskiga, bozor riskiga, informatsion va ijtimoiy risklarga ta‘sirchan bo‘ladi. Investitsiya bosqichida ko‘proq ilm-texnika riski, moliyaviy risklar, tashqi iqtisodiy risklar va siyosiy risklar o‘z ta‘sirini ko‘rsatadi. Ekspluatatsiya bosqichida esa loyiha ishtirokchilari texnologik, ekologik, fors-major, nolikvidlik, iqtisodiy va moliyaviy risklar bilan yuzma-yuz bo‘lish ehtimoli mavjud. Bundan tashqari, loyiha faoliyatida eng ko‘p uchraydigan risklar ham mavjud. Masalan: iqtisodiy qonunlarning va iqtisodiy xolatning o‘zgarib turishi; investitsiyalash va foydadan foydalanish shartlari bilan bog‘liq risklar; savdo va mahsulot etkazib berishga cheklashlar kiritish; chegaralarning berkilishi; siyosiy holatning noaniqligi yoki hududdagi yohud mamlakatdagi noma‘qul ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar, texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasi, yangi texnika-texnologiya parametrlari, mahsulot sifati haqidagi ma‘lumotlarning to‘liq emasligi yoki noaniqligi, bozor kon‘yunkturasining, ya‘ni baho, valyuta kurslari, yalpi ichki mahsulot va boshqalarning o‘zgarib turishi, tabiiy iqlim sharoitlarining o‘zgarishi, tabiiy ofatlarning yuz berishi, ishlab chiqarish texnik risklari - asbob-uskunalarning buzilishi va to‘xtab qolishi; loyiha ishtirokchilari maqsadlarining noaniqligi, ularning moliyaviy holati va ishdagi obro‘si haqidagi ma‘lumotlarning to‘liq emasligi va boshqalar.
Moliyaviy bozor eng yuqori riskga ega bo‘lgan soha deb hisoblanadi. Undagi risklar ikkita katta guruhga bo‘linadi:

  • tizimli risklar;

  • tizimsiz risklar.


Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin