1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
SH.SHAYAKUBOV, B.OCHILOV
“INVESTITSIYA VA INNOVATSIYALAR”
FANIDAN USLUBIY KO’RSATMA
TOSHKENT-2022
2
Mustaqil ta’lim topshiriqlarining shakl va mazmuni
“Investitsiya va innovatsiyalar” fani bo’yicha talabaning mustaqil ta’lim
topshiriqlari shu fanni o’rganish jarayonining tarkibiy qismi bo’lib, uslubiy va
axborot resurslari bilan to’la ta’minlangan.
Talabalar auditoriya mashg’ulotlarida pedagog-xodimlarning ma’ruzasini
tinglaydilar, mashq va topshiriqlar bajaradilar. Bundan tashqari ayrim
mavzularni kengroq o’rganish maqsadida qo’shimcha adabiyotlarni o’qib
referatlar tayyorlaydi hamda mavzu bo’yicha professor-o’qituvchi tomonidan
berilgan mustaqil ish va testlarni yechadi. Mustaqil ta’lim natijalari 5 baholik
tizim asosida baholanadi.
Uyga vazifalarni bajarish, qo’shimcha darslik va adabiyotlardan yangi
bilimlarni mustaqil o’rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni topish
yo’llarini aniqlash, internet tarmoqlaridan foydalanib ma’lumotlar to’plash va
ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to’garak doirasida yoki mustaqil ravishda
ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma’ruzalar tayyorlash kabilar
talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil
fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Shuning uchun ham mustaqil
ta’limsiz o’quv faoliyati samarali bo’lishi mumkin emas.
“Investitsiya va innovatsiyalar” fanidan mustaqil ta’lim topshiriqlari
majmuasi fanning barcha mavzularini qamrab olgan va quyidagi mavzu
ko’rinishida shakllantirilgan.
Mustaqil ta’lim talabaning bajaradigan ilmiy izlanishi bo‘lib, Investitsiyaga
doir moliyaviy va iqtisodiy munosabatlarini o‘rganishda fanning biror bir
mavzusini to‘laroq o‘zlashtiradi va mavzu belgilangan shaklda talabalar
auditoriyada yoki masofaviy ta’limdan foydalangan holda bajaradi. Mustaqil
ishni bajarishdan maqsad, talabaning o‘qishi davomida olgan bilimini yanada
mustahkamlash, chuqurlashtirish va umumlashtirishdan iboratdir.
Mustaqil ta’limni tashkil etishning mazmuni: talabalar mustaqil ishlari
mavzulari kelgusida bajariladigan kurs ishlari va bitiruv malakaviy ishlari
mavzulari bilan uzviylikda bajariladi.
3
Dostları ilə paylaş: |