5
nazorat turlari bo‘yicha topshiriqlarning mazmuni talabaning bilimini xolis,
ob’ektiv va aniq baholash imkoniyatini ta’minlaydi.
Oraliq nazorat (ON)
semestr davomida o‘quv
jarayoni jadvaliga
muvofiq o‘quv mashg‘ulotlari davomida 2 martagacha o‘tkaziladi. (O‘quv
semestri davomida haftasiga 2 akademik soatdan kam bo‘lgan fanlar bo‘yicha
ON o‘tkazilmaydi).
ON bo‘yicha talabalarning bilimini baholash fandan o‘quv
mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Talaba fandan yakuniy nazorat turi o‘tkaziladigan muddatga qadar ONni
topshirgan bo‘lishi shart.
ONni topshirmagan, shuningdek undan “2”
(qoniqarsiz) baholangan talaba yakuniy nazoratga kiritilmaydi.
Yakuniy nazorat (YaN)
talabalarning bilimini baholash o‘quv
mashg‘ulotlarini olib bormagan professor-o‘qituvchi tomonidan amalga
oshiriladi. Fandan o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi
yakuniy nazoratni o‘tkazishda ishtirok etmaydi.
YaN shakli kafedra tomonidan belgilanadi hamda u semestr yakunida
o‘quv jarayoni jadvaliga muvofiq quyidagi mezonlarga asoslanib o‘tkaziladi:
Baho
Talabaning bilimiga qo‘yilgan talablarning asoslanishi
5
(a’lo)
talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi,
ijodiy fikrlay oladi, mustaqil
mushohada
yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning
(mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda
fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda;
Dostları ilə paylaş: