1. Investitsiyalar korxonaning ishlab chiqarish salohiyati rivojlantirish va mustahkamlash vositasi sifatida.
2. Korxonalarda investitsiyalashning asosiy manbalari va yo`nalishlari.
3. Investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini baholash.
3. Investitsion faoliyat statistikasi
Investitsiyalar korxonaning ishlab chiqarish salohiyati rivojlantirish va mustahkamlash vositasi sifatida
Korxonalar xo`jalik yuritish va ishlab chiqarish faoliyatining muhim jihatlaridan biri ishlab chiqarish va iqtisodiy salohiyatni rivojlantirish va saqlab qolishdir. Korxonalarning bu yo`nalishdagi faoliyati investitsion faoliyat deb ataladi hamda “Investitsion faoliyat to`g’risida” gi qonun va boshqa huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Investitsiyalar korxonalar va xalq xo`jaligi miqyosida yangi ishlab chiqarish korxonalari yaratish yoki mavjud korxonalarni zamonaviylashtirish, ilg’or texnika va texnologiyalarni o`zlashtirish, mahsulot ishlab chiqarish va foyda (daromad) olishni ko`paytirish maqsadida uzoq muddatli mablag’lar kiritilishidir. Investitsiyalar ijtimoiy ishlab chiqarish tuzilmasini yaxshilash, ishlab chiqarishdagi nomutanosibliklarini bartaraf qilish va iste`mol bozorini ta`minlashda alohida e`tiborga ega.
Investitsiya loyihasini tayyorlash va amalga oshirish quyidagilarni o`z ichiga oladi:
yangi qurilishga yangi maydonlarda maxsus ishlab chiqilgan loyihalar asosida quriluvchi korxona, bino, inshoot va qurilmalar mansubdir.
Faoliyat yuritayotgan korxonani kengaytirish qo`shimcha ishlab chiqarish majmualarining navbatdagi qismlarini yangi loyiha asosida qurish yoki asosiy, qo`shimcha, yordamchi va xizmat ko`rsatuvchi ishlab chiqarishning amaldagi sexlarini kengaytirish yoki qurishni anglatadi. U asosan, faoliyat yuritayotgan korxona hududida yoki unga tutash maydonlarda amalga oshiriladi.