Investitsiyalar va moliya bozori


-rasm. Top 10 ta eng likvid qimmatli qog‘ozlar bozor narxining o‘zgarishi.28



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə22/23
tarix20.11.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#164447
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Toshkent fond birjasi

4.7-rasm. Top 10 ta eng likvid qimmatli qog‘ozlar bozor narxining o‘zgarishi.28
“Toshkent” RFB obligatsiyalar bozorida jami 2022-yilda 110,42 mlrd so‘m hajmidagi 71 ta bitim imzolangan. Savdo qilingan qimmatli qog‘ozlar soni
24 997 ta va savdoda qatnashgan emitentlar soni 7 tani tashkil etgan.
4.9-jadval.29
Savdolar tahlili

2022 yilda obligatsiyalar bozorida jami 71 ta bitim tuzilib, ularning umumiy hajmi 110,42 mlrd so‘mni tashkil etdi. Bu yilgi savdolarda 7 ta emitentning 24 997 dona obligatsiyalari ishtirok etdi.
Bitimlarning eng yirik hajmi “KAPITALBANK” ATB /KPBA10/ korporativ obligatsiyalari bilan tuzilgan 61,80 mlrd so‘mlik bitimlarga to‘g‘ri keldi. “BIZNES FINANS MIKROMOLIYA TASHKILOT” MChJ /BFMT3/ obligatsiyalari bilan esa eng ko‘p bitimlar tuzildi - 39 dona.
Obligatsiyalarning asosiy qismi yuridik shaxslar tomonidan sotib olingan bo‘lib, ular umumiy savdo hajmning 97,38 foizini tashkil etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi 2022 yil davomida 14-17 foiz atrofida o‘zgarib turdi. Yil oxirida asosiy stavka 15% ni tashkil etdi.
Markaziy bankning asosiy stavkasiga bog‘liq bo‘lmagan obligatsiyalar orasida eng ko‘p sotilgani “BIZNES FINANS MIKROMOLIYA TASHKILOT” MChJning 2025-yil avgust oyida so‘ndiriladigan va yillik kupon stavkasi
27% bo‘lgan /BFMT3/ obligatsiyalari bo‘ldi. “Oʻzagrolizing” AJning qatʼiy belgilangan 23% stavkali /UZAL2/ obligatsiyalari bilan yil davomida 11ta bitim amalga oshirildi. “ARTEL ELECTRONICS” MChJning 21%, 21,5% va 22,5% stavkali 1 yildan 2 yilgacha bo‘lgan /AREL1/, /AREL2/ va /AREL3/ obligatsiyalari, 2022 yil 10 iyun kuni sotuvga qo‘yildi va bir kunda 100% joylashtirildi. Ushbu obligatsiyalar bilan 30,00 mlrd so‘mlik 7 ta bitim tuzildi.
2022 yil yakuni bo‘yicha “Toshkent” RFB birja kotirovkalari varag‘ida 7 ta emitentning obligatsiyalari mavjud bo‘lib, ulardan 2 tasi aksiyadorlik jamiyati shaklidagi emitent, 2 tasi aksiyadorlik tijorat banklari sektori va 3 tasi mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi emitentlardir. 7 ta emitentdan 5 tasining obligatsiyalari belgilangan kupon daromad bo‘yicha (/AREL1/-21%, /AREL2/-21,5%, /UZMB2/- 22,0%, /AREL3/-22,5%, /UZAL2/- 23, 0%, /CRMT3/- 24% va /BFMT3/- 27%), “Asia Alliance Bank” ATB /AABK1/ va “Kapitalbank” ATB /KPB4/ tomonidan chiqarilgan obligatsiyalar kupon stavkasi esa Markaziy bankning asosiy foizstavkasiga bog‘langan. Obligatsiyalarning so‘ndirilish muddati 1 yildan 10 yilgacha farqlanadi, kupon to‘lovlarning davrlari har chorakda, oyda va ikki yilda bir martalik. Taklif etilgan eng yuqori foiz stavkasi 27% darajasida.

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin