Yarim yil davomida 5 ta emitentning qimmatli qog‘ozlari birja kotirovkalari ro‘yxatidan chiqarildi.
4.5-jadval19. Delisting
2023-yilning birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha “Toshkent” RFBga a’zo bo‘lgan litsenziyalangan va akkreditatsiyalangan investisiya vositachilari (brokerlari) soni 49 tani tashkil etgan. Ular orasidan quyidagi brokerlar bitimlar soni va savdo hajmi bo‘yicha top 10 talikka kirishdi.
4.2-rasm. “Toshkent” RFBdagi top 10 Brokerlar.20 Qimmatli qog‘ozlarni sotib olishda vositachilik qilgan brokerlik tashkilotlari orasida bitimlar soni bo‘yicha eng ko‘p bitimlar “Alkes Research” MChJ orqali amalga oshirilib, 62 200 tani tashkil etgan. Savdolarning eng katta hajmi “Alp omad invest” MChJ ishtirokidagi 743,58 mlrd so‘mlik qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish bo‘yicha qayd etildi. Bitimlar hajmi bo‘yicha top 10 talikdagi keyingi o‘rinlarni tegishli ravishda 585,50 mlrd va 282,54 mlrd so‘m bitimlar bilan “Kapital-Depozit” MChJ va “Mulk Sarmoya brokerlik uyi” MCHJ egalladi.
4.3-rasm. Sotuvlar bo‘yicha bitimlar soni va hajmi mlrd so‘m.21 Eng ko‘p bitimlar “Alkes Research” MChJ brokeri orqali aksiya va obligatsiyalarni sotish bo‘yicha tuzilgan bo‘lib, 42 866 donani tashkil etgan. Qimmatli qog‘ozlarni sotish bo‘yicha top o‘ntalikdan keyingi o‘rinlarni mos ravishda 27 952 va 25 789 ta bitim bilan “Kapital-Depozit” MChJ va “Freedom Finance” MChJ egalladi. Qimmatli qog‘ozlarni sotish bo‘yicha bitimlar hajmi bo‘yicha eng yirik bitim “Alp Omad Invest” MChJ orqali amalga oshirildi va 738,50 mlrd so‘mni tashkil etgan.
4.2. Toshkent Respublika fond birjasi savdo hajmi tahlili va indekslari Hozirgi kunda O‘zbekistonning uzoq muddatli suveren kredit reytinglarida S&P Global Ratings tashkiloti tomonidan BB-barqaror, FitchRatings tomonidan BB-barqaror va Moody’s xalqaro reyting tashkiloti tomonidan Ba3- barqaror ko‘rsatkichga ega.
“Toshkent “RFBda 2022-yilda 80 723 ta bitimlar tuzilgan va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12,9% ga oshgan. Bitimlar hajmi esa 4,8 mlrd so‘m bo‘lib o‘tgan yilga nisbatan 282,1% ga oshgan. Savdo qilingan qimmatli qog‘ozlar soni, 36,15 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lib o‘tgan yilga nisbatan 154,9 % ga oshgan va savdoda qatnashganlar soni 114 tani tashkil etgan.