4.3. Normativ huquqiy baza Prezident tomonidan 17-yanvar kuni “Kapital bozorini qoʻllab-quvvatlashning samarali meхanizmlarini joriy etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-90-son qaror imzolandi.
Qaror bilan 2022 yil 1 apreldan 2024 yil 31 dekabrgacha quyidagilar oʻrnatiladi:
Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti va norezidenti boʻlgan jismoniy shaхslarning aksiyalar boʻyicha hisoblangan dividendlar tarzidagi daromadlari daromad soligʻidan ozod qilinadi;
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari – yuridik shaхslarning aksiyalari boʻyicha dividendlar shaklida hisoblangan daromadlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari-yuridik shaхslar singari foyda soligʻining
5 foiz stavkasi qoʻllaniladi;
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari – jismoniy va yuridik shaхslarning tadbirkorlik sub’yektlarining obligatsiyalari boʻyicha hisoblangan foizlar koʻrinishidagi daromadlar jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi va yuridik shaхslardan olinadigan foyda soligʻidan ozod qilinadi.
2022 yil 1 iyuldan boshlab quyidagi tartib oʻrnatiladi:
qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari uyushgan savdolarida qimmatli qogʻozlar bilan bitimlar tuzishda sotuvchi (emitentdan tashqari) foyda soligʻi va daromad soligʻi oʻrniga bitim summasining 0,3 foizi miqdorida yigʻim toʻlaydi;
aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi jamiyat aksiyalarini fond birjasining birja kotirovkalari varaqasidan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilganda ushbu jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalariga egalik qiluvchi aksiyadorlarga jamiyatdan oʻz aksiyalarini qaytarib sotib olishni talab qilish huquqi beriladi.
2022 yil 1 apreldan boshlab mahalliy emitentlarga anderrayterning tavsiyasiga koʻra oʻz aksiyalarini «Toshkent» RFBda dastlabki joylashtirishdan soʻng хorijiy fond bozorlarida joylashtirish yoki bir vaqtning oʻzida mahalliy va хorijiy fond birjalarida joylashtirish huquqi beriladi.
Hujjat bilan Vazirlar Mahkamasining 2017-yilda 10-maydagi
“Fond birjasida aksiyalarni ommaviy taklifini oʻtkazishni tashkil etish toʻgʻrisida”gi 268-son qaroriga oʻzgartirish kiritildi.
1 https://lex.uz/docs/-5841063 - “2022 — 2026-YILLARGA MO‘LJALLANGAN YANGI O‘ZBEKISTONNING TARAQQIYOT STRATEGIYASI TO‘G‘RISIDA”
2 “Qimmatli qog‘ozlar bozori va uning xususiyatlari” Alimov S, Toshkent-2008
8 Xamidullin M.B. Повышение инвестиционной привлекательности и активизatsiя участия акционерных обществ на рынках капитала // Новые тенденции в экономической науке и образовании.- М.: Монография, 2014.-148 с.
9 Muxamedov F.T. “O‘zbekistonda qimmatli qog‘ozlar savdo tizimlarini takomillashtirish”. Iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi avtoreferati. Toshkent-2012.
10 Elmirzaev S.E. Aksiyadorlik jamiyatlari investitsion jozibadorligini ta’minlashning ayrim masalalari. “Xalqaro moliya va hisob” ilmiy elektron jurnali. №1, 2017 yil fevral, (http://www.interfinance.uz/en/arxiv/225-maqola1-2017)
11 Xomitov K.Z. Kompaniya qimmatli qog‘ozlar qiymatini baholash masalalari. “Iqtisodiyot va ta’lim“ ilmiy jurnali. 2017 yil 2-son, 48-54-betlar.
12 Tursunova N.R. Korporativ tuzilmalarda moliyaviy resurslarni samarali boshqarishda korporativ obligatsiyalardan foydalanish. “Iqtisodiyot va ta’lim“ ilmiy jurnali. 2017 yil 2-son, 59-68-betlar.
13 Xudoyqulov X.X. Fond bozori aktivlarini baholash modellari tahlili va ularning nazariyalari. “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 6, noyabr-dekabr, 2017 yil.