3. Qarz qimmatli qog’ozlarga investitsiyalar hisobi.
Ushbu investitsiyalar uchta katta guruhga bo’linadi.
1) Qoplanish muddatigacha ushlab turiladigan – korxona qoplanish muddati yetib kelgunicha ushlab turishninazarda tutgan yoki ushlab turgan qimmatli qog’ozlardir.
2) Savdo-sotiqqa oid – asosan yaqin kelajakda narxdagi qisqa muddatli farqdan daromatni olish maqsadida sotish uchun sotib olingan va saqlab turiladiganlar.
3) Qayta sotish uchun mavjud bo’lgan – ushbu turkumga birinchi ikkita turkumga kiritilmagan qarzdorlikka oid qimmatli qog’ozlar kiritiladi.
Agar korxona qimmatli qog’ozni noma’lum muddatgacha ushlab turishni mo’ljallasa, u qoplanish muddatigacha ushlab turadigan deb turkumlanishi mumkin emas.
Obligatsiyalar va shu kabi qimmatli qog’ozlar investor tomonidan balansda aktivalar hisobvarag’ida olish bilan bog’liq barcha xarajatlarni hisobga olgan holda sotib olish qiymati bo’yicha aks ettiriladi. Agar sotib olish qiymati nominal qiymat (to’lash qiymati)dan farq qilsa, u holda sotib olish qiymati vanominal qiymati orasidagi farq (ustama yoki chegirma) summasi, obligatsiyalar chiqarilgan muddat davomida hisobda chiqariladi. Ustmaning hisobdan chiqarilishi isqa va uzoq muddatli investtisiyalar schyotlarning kreditlanishi bilan, chegirmalar esa ushbu schyotlarning debetlanishi bilan amalga oshiriladi, chunki oblegatsiyalarning to’lanish davrigacha ularning balans qiymati nominal qiymatga to’g’ri kelishi kerak. Obligatsiyalr bo’yicha ustamalar va chegirmalarning hisobdan chiqarilishining davriyligi ular bo’yicha hisoblangan foiz daromadlarining davriyligiga mos keladi. Berilgan hisobot davrida hidobdan chiqarilishi lozom bo’lgan chegirma, ustama summalari foiz daromadi yoki xarajati deb ta’riflanadi.
2-misol
2013 yil 1 yanvarda npmonal qiymati 200 000 so’m, muomalada bo’lish mudddati 6 oy, yillik foiz Stavkasi 12% bo’lgan obligatdiya har oylik foizlar to’lovi sharti bilan 188 000 so’mga sotib olindi
Dt qisqa muddatli investitsiyalar (5810) 188 000
Kt pul mablag’lari (5110) 188 000
2013 yil 1 yanvarda nominal qiymati 200 000 so’m, muomalada bo’lish muddati 6 oy, yillik foiz stavkasi 12% bo’lgan obligatsiya har oylik foizlar to’lovi sharti bilan 206 000 so’mga sotib olindi
Dt Qisqa muddati investitsiyalar (5810) 206 000
Kt Pul mablag’lari (5110) 206 000
Qisqa muddatli investitsiyalar bo’yicha foiz daromadlari hisoblanganda 31 yanvarda:
200 000 * 0.12 * 1/12 = 2 000 * 2 = 4 000
Dt Olinadigan foizlar (4830) 4 000
Kt Foiz ko’rinishidagi daromad (9530) 2 000
Obligatsiyaning sotib olish va nominal qiymati o’rtasidagi farqni hisobdan chiqarish:
Chegirma (diskont):
(200 000 – 188 000) * 1/6 = 2 000
Dt Qisqa muddatli investitsiyalar (5810) 2 000
Kt Foiz ko’rinishidagi daromad (9530) 2 000
Ustama (diskont):
(206 000 – 200 000) * 1/6 = 1 000
Dt Boshqa foiz ko’rinishidagi xarajatlar (9610) 1 000
Kt Qisqa muddatli daromad (5810) 1 000
Hisoblangan foiz daromadining kelib tushishi:
01 fevral
Dt Pul mablag’lari (5110) 4 000
Kt Olinadigan foizlar (4830) 4 000
Qisqa muddatli obligatsiyalarning to’lanishi (emitent tomonidan sotib olinishi):
30 iyun:
Dt Pul mablag’lari (5110) 400 000
Kt Qisqa muddatli investitsiyalar (5810) 400 000
Davlatning qisqa muddatli qarzi hisoblangan xazina veksellari odatda belgilangan daromad foiziga ega bo’lmaydi, ular chegirma bilan chiqariladi va ushbu chegirma vekselning foiz daromadi hisoblanadi.
3-misol
2013 yil 1 martda korxona 197 000 so’mga to’lov muddati 120 kundan keyin keladigan xazina vekselini sotib oldi, uning nominal qiymati 200 000 so’mni tashkil qiladi.
01 martda:
Dt Qisqa muddatli investitsiyalar (5810) 197 000
Kt Pul mablag’lari (5110) 197 000
30 iyunda
Xazina veksellarining to’lanishi:
Dt Pul mablag’lari (5110) 200 000
Kt Foiz bo’yicha daromadlar (9530) 3 000
Kt Qisqa muddatli investitsiyalar (5810) 197 000
Foizlar bo’yicha hisoblangan summalarni qo’shgan holda foizlarni to’lash sanalari orasidagi davrda obligatsiyalarni sotib olish hisobi:
4-misol
Nominal qiymati 100 000 so’m bo’lgan 10%li obligatsiya 5 yillik muddatga 31 dekabr va 30 iyunda foizlari to’lanishi sharti bilan 101 667 so’mga ssotib olinmoqda, shu jumladan hisoblangan daromad foizi 1 667 (100 000 * 0,1 * 2/12)ni tashkil qiladi.
01 martda:
Dt Uzoq muddatli investitsiyalar (0610) 100 000
Dt Boshqa debitor qarzdorliklar (4890) 1 667
Kt Pul mablag’lari (5110) 101 667
Sotib olish davridan boshlab foiz to’lanadigan sanagacha bo’lgan davr uchun foiz daromadining hisoblanishi (100 000 * 0,1 * 4/12) = 3 333
30 iyun:
Dt Olinadigan foizlar (4830) 3 333
Kt Foiz ko’rinishidagi daromad (9530) 3 333
30 iyun:
Foiz to’lanadigan butun davr uchun foiz daromadining kelib tushishi:
Dt Pul mablag’lari (5110) 5 000
Kt Olinadigan foizlar (4830) 3 333
Kt Boshqa debitorlik qarzlar (4890) 1 667
5-misol
“Bisyor” korxonasi 2012 yil 1 iyulda qiymati 100 000 so’m, yillik foiz stavkasi 10% va muomalada bo’lish muddati 2 yil bo’lgan aktsionerlik jamiyatning obligatsiyasini sotib oldi. Foizlar bir yilda ikki marta 1 iyun va 1 yanvarda to’lanadi. Obligatsiyalar 96 536 so’mdan sotilayotgan edi, bu esa obligatsiyalar bo’yicha 3 464 so’m miqdordagi chegirmaga va samarali foiz stavkasi 12% ekanligini ko’rish mumkin.
Sotib olish sanasidagi obligatsiyaning haqiqiy qiymatini aniqlash:
C-2 (5000, 6%, 4) 5000 * 3,4651 = 17325,50
C-1 (100 000, 6%, 4) 100 000 * 0,7921 = 79 210
(17325,50 + 79 210) = 96 536
Dt Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar (0610) 100 000
Kt Dixkont (chegirma)lar ko’rinishidagi kechiktirilgan daromad (6210) 3 464
Kt Pul mablag’lar (5110) 96 536
Samarali foiz stavkasi usuli bo’yicha foizlar bo’yicha daromadlar va amortizatsiya chegirmalari hisobda aks ettirish uchun jadvali: