Investitsiyalar xisobi



Yüklə 160,7 Kb.
səhifə2/9
tarix19.12.2023
ölçüsü160,7 Kb.
#185922
1   2   3   4   5   6   7   8   9
M.Mavlonbekova..

Kurs ishining predmeti. Investitsiyalar hisobini buxgalteriya hisobining milliy standartlari asosida tashkil etish hamda amaldagi qonunlar va me’yoriy hujjatlar doirasida takomillashtirish bitiruv malakaviy ishining predmeti hisoblanadi.
Kurs ishining ob’yekti. Ushbu kurs ishining obyekti bo’lib 40-BHHS da “Investitsion mulk” tushunchasi hisoblanadi.
Kurs ishi natijalarining nazariy-amaliy ahmiyati. Bitiruv malakaviy ish natijalari nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Unda O’zbekiston Respublikasining hududida mavjud bo’lgan korxonalarning investitsiyalari hisobini milliy hamda xalqaro standartlarni hisobga olgan holda takomillashtirish bo’yicha bir qator uslubiy tavsiyalar, investitsion faoliyatini hisoblash jarayonini tartibga solib turuvchi me’yoriy bazani yaxshilashga doir takliflar ishlab chiqildi. Bitiruv malakaviy ishda bayon qilingan ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalardan moliyaviy investitsiyalarni baholash uchun moliyaviy hisobotni tahlil qilish negizida qarorlar qabul qilayotgan mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalarning investorlari, shuningdek, korxonalarning o’zi ham investitsion siyosatni belgilab olib foydalanishlari mumkin bo’ladi.
Kurs ishining qisqacha tavsifi. Kurs ishi kirish, oltita reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat.

  1. 40-BHHS da “Investitsion mulk” tushunchasi.

Mazkur standartning maqsadi investitsion mulkni hisobga olish hamda tegishli ma’lumotlarni ochib berish bo’yicha talablarni belgilashdan iborat.


Mazkur Standart investitsion mulkni tan olishda, baholashda va ochib berishda qo’llanilishi lozim.
SHu o’rinda ta’kidlash lozimki, mazkur Standart ijara oluvchining moliyaviy hisobotlarida moliyaviy ijara sifatida hisobga olingan ijara shartnomasi asosida egalik qilinayotgan investitsion mulkdagi ulushlarini baholashda hamda ijara beruvchining moliyaviy hisobotlarida operativ ijara shartnomasi asosida ijaraga oluvchiga berilgan investitsion mulkni baholashda qo’llaniladi. Mazkur Standart MHXS 17 ”Ijara” da qamrab olingan masalalarga nisbatan qo’llanilmaydi.
Mazkur Standart quyidagilarga nisbatan qo’llanilmaydi:
(a) qishloq xo’jaligi faoliyatiga tegishli biologik aktivlarga (BHXS 41 “Qishloq xo’jaligi” ga qarang); va
(b) foydali qazilmalar bo’yicha huquqlarga va foydali qazilmalar zaxiralariga, masalan, neft, tabiiy gaz va shunga o’xshash qayta tiklanmaydigan resurslarga.
Balans qiymati - bu aktivning moliyaviy holat to’g’risidagi hisobotda tan olinadigan qiymatidir.
Tannarx - bu aktivni uning xaridi yoki qurilishi paytida sotib olish uchun to’langan pul mablag’lari yoki pul mablag’larining ekvivalentidagi summa yoki boshqa turdagi tovonning haqqoniy qiymati yoki, tegishli hollarda, boshqa MHXSlarning, masalan MHXS 2 “Aktsiyaga asoslangan to’lov” ning aniq talablariga muvofiq ushbu aktivning dastlabki tan olinishidagi qiymatdir.
Haqqoniy qiymat - bu baholash sanasida bozor ishtirokchilari o’rtasidagi odatdagi operatsiyada aktivni sotishda olinishi mumkin bo’lgan yoki majburiyatni o’tkazishda to’lanishi mumkin bo’lgan narxdir (MHXS 13 “Haqqoniy qiymatni baholash” ga qarang).
Investitsion mulk – bu ijaradan daromad olish maqsadida yoki kapitalning qiymati qimmatlashishi uchun yoki ikkalasi uchun (mulk egasi yoki moliyaviy ijara shartnomasi asosida ijara oluvchi tomonidan) egalik qilinayotgan mulk (er yoki bino – yoki binoning qismi – yoki ikkalasi) bo’lib, bundan quyidagi mulklar kirmaydi:
(a) ishlab chiqarishda yoki tovarlar yetkazib berish yoki xizmatlar ko’rsatishda yoki ma’muriy maqsadlarda foydalaniladigan; yoki
(b) oddiy xo’jalik faoliyatidagi sotishga mo’ljallangan mulklar.
Mulk-mulk-egasi-egallagan mulk – bu (mulk egasi yoki moliyaviy ijara shartnomasi asosida ijara oluvchi tomonidan) ishlab chiqarishda yoki tovarlar yetkazib berish yoki xizmatlar ko’rsatishda yoki ma’muriy maqsadlarda foydalaniladigan egalikdagi mulk.
Quyidagilar investitsion mulkka misoldir:
(a) oddiy xo’jalik faoliyati doirasida qisqa muddatda sotish uchun emas, balki uzoq muddat davomida kapitalning qiymati qimmatlashishi uchun egalik qilinadigan yer.
(b) kelgusida qaysi maqsadda foydalanilishi aniqlanmagan egalikdagi yer. (Agarda tadbirkorlik sub’ekti yerdan mulk-egasi-egallagan mulk sifatida foydalanishini yoki oddiy xo’jalik faoliyati doirasida qisqa muddatda sotish uchun foydalanishini aniqlamagan bo’lsa, yer kapitalning qiymati qimmatlashishi maqsadida saqlanayotgan deb hisoblanadi.)
(v) tadbirkorlik sub’ekti tomonidan egalik qilinadigan (yoki moliyaviy ijara shartnomasi asosida tadbirkorlik sub’ekti tomonidan egalik qilinadigan) hamda bir yoki bir necha operativ ijara shartnomalari asosida ijaraga berilgan bino.
(g) band bo’lmagan, ammo bir yoki bir necha operativ ijara bo’yicha ijaraga berishga mo’ljallangan bino.
(d) kelgusida investitsion mulk sifatida foydalanish uchun qurilayotgan yoki takomillashtirilayotgan mulk.
Quyidagilar investitsion mulk bo’lmagan moddalarga misoldir va shuning uchun ular mazkur Standartning qo’llanish doirasidan tashqaridadir:
(a) oddiy xo’jalik faoliyatidagi sotishga mo’ljallangan yoki bunday sotishga mo’ljallangan qurilish yoki takomillashtirish jarayonidagi mulk (MHXS 2 “Tovar-moddiy zaxiralar” ga qarang), masalan, faqatgina yaqin kelajakda qayta sotish yoki takomillashtirish va qayta sotish maqsadida xarid qilingan mulk.
(b) uchinchi tomon nomidan qurilayotgan yoki takomillashtirilayotgan mulk (BHXS 11 “Qurilish shartnomalari” ga qarang).
(v) mulk-egasi-egallagan mulk (MHXS 16 ga qarang), shu jumladan (shu o’rinda) kelgusida mulk-egasi-egallagan mulk sifatida foydalaniladigan egalikdagi mulk, kelgusida takomillashtiriladigan va o’z navbatida mulk-egasi-egallagan mulk sifatida foydalaniladigan egalikdagi mulk, xodimlar tomonidan band qilingan mulk (xodimlar bozor stavkasida ijara haqi to’lashi yoki to’lamasligidan qat’iy nazar) va balansdan chiqarishga mo’ljallangan mulk-egasi-egallagan mulk.
(g) boshqa tadbirkorlik sub’ektiga moliyaviy ijara bo’yicha ijaraga berilgan mulk.
Ba’zi mulklar ham ijaradan daromad olish yoki kapital qiymatining qimmatlashishi maqsadiad egalik qilinadigan qismni ham tovarlar yoki xizmatlarni ishlab chiqarish yoki yetkazib berish yoki ma’muriy maqsadlarda foydalanishga mo’ljallangan qismni qamrab olishi mumkin. Agar ushbu qismlarni alohida sotish (yoki moliyaviy ijara bo’yicha alohida ijaraga berish) mumkin bo’lsa, tadbirkorlik sub’ekti qismlarni alohida hisobga oladi. Agarda ushbu qismlarni alohida sotish mumkin bo’lmasa, mulk investitsion mulk bo’ladi, qachonki katta bo’lmagan qismi tovarlar yoki xizmatlarni ishlab chiqarish yoki yetkazib berish yoki ma’muriy maqsadlarda foydalanishga mo’ljallangan bo’lsa.
Ba’zi holatlarda tadbirkorlik sub’ekti o’z egaligidagi mulkni band qilganlarga qo’shimcha xizmatlar ko’rsatadi. Tadbirkorlik sub’ekti ushbu mulkni investitsion mulk sifatida hisobga oladi, qachonki xizmatlar butun shartnomaning katta bo’lmagan qismi bo’lsa. Misol tariqasida, ofis binosi egasi tomonidan binoni band qiladigan ijarachilarga qo’riqlash va saqlash xizmatlarini ko’rsatishini keltirish mumkin.
Boshqa holatlarda, ko’rsatiladigan xizmatlar katta darajada bo’lishi mumkin. Masalan, agarda tadbirkorlik sub’ekti mehmonxonaga egalik qilsa va uni boshqarsa, mehmonlarga ko’rsatiladigan xizmatlar butun shartnomaning katta qismini tashkil etsa. SHu tufayli, egasi-boshqaradigan mehmonxona investitsion mulk emas, balki mulk-egasi-egallagan mulkdir.
Ba’zida, qo’shimcha xizmatlar shunchalik katta darajada bo’lishi mumkin va bunda mulk investitsion mulk sifatida tasniflanmasligini aniqlash qiyindir. Masalan, ba’zi hollarda mehmonxona egasi boshqaruv shartnomasi asosida ayrim javobgarliklarni uchinchi tomonga o’tkazadi. Bunday shartnomalarning shartlari turli xil bo’ladi. Bir tomondan, mulk egasi mohiyatan passiv investor bo’lishi mumkin. Boshqa tomondan, mulk egasi mehmonxona faoliyatidan keladigan pul oqimlari o’zgarishining xatariga katta darajada duchorligini saqlagan holda, kunlik funktsiyalarni boshqa tomonga o’tkazib yuborgan bo’ladi.
Mulk investitsion mulk sifatida tasniflanishini aniqlash uchun mulohaza qilishi zarur. Tadbirkorlik sub’ekti mezon ishlab chiqadi va natijada investitsion mulk ta’rifiga muvofiq keladigan mulohazani qo’llash imkoniga ega bo’ladi.
Ba’zi holatlarda, tadbirkorlik sub’ekti egaligidagi mulk uning bosh tashkiloti yoki boshqa shu’ba tadbirkorlik sub’ekti tomonidan ijaraga olingan va band qilingan bo’ladi. Jamlangan moliyaviy hisobotlarda ushbu mulk investitsion mulk sifatida tasniflanmaydi, chunki mulk guruh nuqtai nazaridan mulk-egasi-egallagan mulkdir. Biroq, mulkka egalik qilayotgan tadbirkorlik sub’ekti nuqtai nazaridan qaraganda, agarda mulk ijaradan daromad olish maqsadida yoki kapitalning qiymati qimmatlashishi uchun yoki ikkalasi uchun egalik qilinsa, u investitsion mulkdir. SHu tufayli, ijaraga beruvchi o’z moliyaviy hisobotlarida mulkni investitsion mulk sifatida hisobga oladi.
Investitsion mulk aktiv sifatida tan olinishi lozim, faqatgina qachonki:
(a) tadbirkorlik sub’ekti tomonidan investitsion mulk bilan bog’liq kelgusi iqtisodiy foyda olinishi ehtimoli mavjud bo’lsa; va
(b) investitsion mulkning tannarxi ishonchli baholanishi mumkin bo’lsa.
Tadbirkorlik sub’ekti ushbu tan olish mezoniga asosan investitsion mulkning barcha xarajatlarini ular sarflangan paytda baholaydi. Ushbu xarajatlar dastlab investitsion mulkni sotib olish uchun sarflangan xarajatlarni hamda keyinchalik mulkka nisbatan amalga oshirilgan qo’shimchalar, o’zgartirishlar yoki xizmatlar xarajatlarini qamrab oladi.
Investitsion mulk dastlab uning tannarxida baholanishi lozim. Bitimga oid xarajatlar dastlabki baholash tarkibiga kiritilishi lozim.
Sotib olingan investitsion mulkning tannarxi uning sotib olish narxi va har qanday bevosita tegishli xarajatlarni qamrab oladi. Bevosita tegishli xarajatlarga, masalan, professional yuridik xizmatlarga xarajatlar, mulkni o’tkazish bo’yicha soliqlar va boshqa bitimga oid xarajatlari kirishi mumkin.
Ijara bo’yicha egalik qilinadigan va investitsion mulk sifatida tasniflanadigan mulk ulushining boshlang’ich tannarxi MHXS 17da belgilangan moliyaviy ijaraga mos ravishda aniqlanishi lozim.
MHXS 8 “Hisob siyosatlari, buxgalteriya hisobi maqsadida baholashlardagi o’zgarishlar va xatolar”da ta’kidlanadiki, o’z ixtiyoriga ko’ra hisob siyosatini faqatgina o’zgarish moliyaviy hisobotlarda operatsiyalarning, boshqa hodisalar yoki sharoitlarning tadbirkorlik sub’ektining moliyaviy holatiga, moliyaviy natijalariga yoki pul oqimlariga ta’siri to’g’risida ishonchli va o’rinliroq ma’lumotlarni ta’minlagan holda o’zgartirish mumkin. Haqqoniy qiymat bo’yicha hisobga olish modelini tannarx bo’yicha hisobga olish modeliga o’zgartirish o’rinliroq ma’lumot taqdim etishiga olib kelish ehtimoli judayam pastdir.
Mazkur Standart barcha tadbirkorlik sub’ektlaridan baholash (agar tadbirkorlik sub’ekti haqqoniy qiymat bo’yicha hisobga olish modelidan foydalansa) yoki ochib berish (agar u tannarx bo’yicha hisobga olish modelidan foydalansa) maqsadida investitsion mulkning haqqoniy qiymatini baholashni talab etadi. Tadbirkorlik sub’ekti tan olingan va tegishli professional malakaga ega hamda baholanayotgan investitsion mulk joyida va toifasida yaqin tajribaga ega mustaqil baholovchi tomonidan narxlash asosida investitsion mulkning haqqoniy qiymatini aniqlashi ma’qullanadi, ammo talab etilmaydi.
Dastlab tan olingandan so’ng, haqqoniy qiymat bo’yicha hisobga olish modelini tanlaydigan tadbirkorlik sub’ekti o’zining barcha investitsion mulklarini haqqoniy qiymatda baholashi lozim.
Investitsion mulkning haqqoniy qiymatining o’zgarishi natijasida vujudga keladigan foyda yoki zarar u qaysi davrda vujudga kelgan bo’lsa, o’sha davrning foyda yoki zararida tan olinishi lozim.
MHXS 13 ga muvofiq investitsion mulkning haqqoniy qiymatini baholash paytida, tadbirkorlik sub’ekti shuni ta’minlashi lozimki, haqqoniy qiymat, shu o’rinda, joriy ijara kelishuvlaridan ijara daromadlarini hamda bozor ishtirokchilari joriy bozor sharoitlarida investitsion mulklarni narxlashda foydalanishi mumkin bo’lgan boshqa farazlarni aks ettiradi.



Yüklə 160,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin