Investitsiyaning o`ziga va investitsiya faoliyatining ob`ektlariga keng ta`rif berilgan; investitsiyaning bevosita iqtisodiy va ijtimoiy samara olishga muqarrar bog`liqligi ta`kidlab o`tilgan. Demak, investitsiyaga bozor munosabatlaridan kelib chiqib berilgan ta`rifning o`zidayoq investitsion jarayonning hajmi, asosiy bosqichlari, ya`ni jamg`armalar (resurslar), qo`yilma mablag`lar (sarf-xarajatlar), samara (daromad, foyda) aniq, va ravshan ko`rsatib o`tilgan. Xuddi shu kabi yondashuv investitsion faoliyatning bozor munosabatlariga o`tishi uchun zamin yaratadi, bu esa, moliyaviy moddiy va aqliy boyliklarni qayta taksimlashning vertikal va gorizontal usullaridan bir xilda foydalanishni ta`minlab beradi.

Iqtisodiy kategoriya sifatida investitsiya quyidagicha tasniflanadi:
Birlamchi (avaylangan) jamg`arilgan kapitalni ko`paytirish maqsadida kapitalni tadbirkorlik ob`ektlariga joylashtirish;
Investitsion loyihalarni amalga oshirish jarayonida investitsiya faoliyati ishtirokchilari o`rtasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir.
Xorijiy mamlakatlarning tajribasi va investitsiya to`g`risida o`zimizda qabul qilingan qonunlarning tahlilidan kelib chiqib, investitsiyaning shartli ravishda uchta turini ajratish mumkin: