Investsitsiya funksiyasi va omillari


Investitsion tahlilning umumiy tamoyillari



Yüklə 86,52 Kb.
səhifə6/7
tarix07.01.2024
ölçüsü86,52 Kb.
#202357
1   2   3   4   5   6   7
Investsitsiya funksiyasi va omillari

Investitsion tahlilning umumiy tamoyillari korxona kapitali bahosi va faoliyati ko’rsatkichlarini nazarda tutilgan loyihaning kutilayotgan foydalilik va rentabellik ko’rsatkichlari bilan taqqoslash va bu loyiha investitsiya obekti sifatida qaralishi mumkimi yoki yo’qligi yuzasidan maqbul qaror qabul qilishni ko’zda tutadi.
Investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini baholashda investitsion loyihaning kiritilgan investitsiyalarning xarid qiymatini saqlab qolish va ularning yetarlicha o’sish sur’atlarini ta’minlay olish potensial imkoniyatlariga urg’u beriladi. Tahlil investitsion loyiha samaradorligining integral ko’rsatkichlarini aniqlash asosiga quriladi.
Samaradorlikni niqlashda loyiha hisob kitob davrining alohida qadami bo’lgan xarajatlar va natijalar ustida operatsiyalar bajariladi. Iqtisodiyotning asosiy tamoyillariga ko’ra turli vaqtlardagi xarajatlar erishilgan natijalar kabi vatga bo’g’liq ravishda farqlanadi. Boshqacha qilib aytganda, bugungi bir so’m bir yildan keyin qo’lga kiritilgan yoki xarj qilinganidan ko’ra qiymatliroqdir. Bu fakt faqat inflyatsiya bilangina bog’liq bo’lib qolmasdan, balki xo’jalik oborotiga jalb qilingan pul mablag’lari stabil iqtisodiyot sharoitida ma’lum miqdordagi daromad keltirishini ham o’zida aks ettiradi. Bu xaqiqat isbot etilishini taqozo qilmaydi, va har qanday investitsiya loyihalarini iqtisodiy tahlil qilishining asosidir. Shu sababli, ma’lum vaqtdagi real pul mablag’lari oqimlari yig’indaisini hisoblash ular solishtirsa bo’ladigan shaklga ya’ni bir xil vaqt lahzasiga keltirilishi kerak. hisob davrining boshi yoki oxiri keltirilish lahzalari bo’lishi mumkin .
Investitsiyalarning maqsadga muvofiqligini baholashda to’rtta asosiy uslubdan

Quyidagi hollarda korxonada investitsiyalarning maqsadga muvofiqligini baholashga ehtiyoj tug’uladi:


- eskirgan uskunalarni yangisiga almashtirishga to’g’ri kelganda;
- binolarni ijaraga olish, sotib olish yoki qurish hisobiga ishlab chiqarish quvvatini oshirish rejalashtirilganda.

- boshqa korxonalar bilan birlashish imkoniyatidan foydalanishda;


- yangi maxsulotlarni ishlab chiqarishni rejalashtirishda;
- reklama tadbirlarini amalga oshirishni rejalashtirish va boshqa hollarda;

Xulosa
О‘zbekiston Respublikasining investitsiya jarayonlarini tahlil qilib takidlash mumkinki barqaror iqtisodiy о‘sishning asosiy omillaridan biri sifatida davlatning samarali investitsiya siyosatini qabul qilishimiz mumkin.
Investitsiya siyosatini amalga oshirishda tijorat banklari investitsiya jarayonining asosiy bо‘g‘iniga korxonalarning chinakkam hamkoriga aylanmog‘i, binobarin, ularning rivojlanishidan manfaatdor bо‘lishlari mumkin.
Bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri bu investitsiyalarni moliyalashtirish sohasida davlatimizda tuzilmaviy qayta restrukturizatsiyalash borasida muammolarning mavjudligi. Ushbu muammoni yechishda О‘zbekiston Respublikasi hukumati bir qator amaliy chora- tadbirlarni ishlab chiqmoqda. Xorijlik investorlar uchun bir qator huquqiy va siyosiy-iqtisodiy imtiyozlar belgilangan. Jumladan: davlat kafolati, ya’ni ushbu korxonalarning о‘zi ishlab chiqargan mahsulotni xech qanday litsenziyasiz va tо‘siqsiz olib chiqib ketish, xorij investitsiyalari ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalar daromadining ishlab chiqarishni va texnologiyani yangilash uchun qayta investitsiyalanadigan qismini soliq tо‘lashdan ozod qilish, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarning davlat mulkini xususiylashtirish jarayoniga, shu jumladan, ularga keng doiradagi kо‘chmas mulkni sotish va xususiylashtiriladigan korxonalar aksiyalarining 100 foizga qadar miqdorini sotib olishlariga erkin kirishini ta’minlashdan iborat bо‘lgan imtiyozlardir. Bizning fikrimizcha, iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlarini restrukturizatsiya qilish jarayonida markazlashgan investitsiyalarni moliyalashtirish holati va ularning samaradorligini oshirishda yanada ijobiy natijalar olish maqsadida quyidagi tavsiya va takliflarni inobatga olish zarur:
1. Investitsiya jarayonlari rivojlanishini tо‘xtatib turuvchi eng muhim muammolar qatoriga quyidagilarni ham kiritish zarur:
- korxonalarning о‘zaro qarzdorliklarini mavjudligi, aylanma mablag‘larining yetishmasligi, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlariga yetarli darajada investitsiya jalb qilishiga salbiy ta’sir etib, boz ustiga mavjud qо‘yilgan sarmoyalardan foydalanish darajasi ham sustligi;
- markazlashgan investitsiyalardan foydalanish samaradorlik kо‘rsatgichlarining hali ham eski mezonlaridan foydalanilayotganligi.
2. О‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida agrar sohasi katta ahamiyatga ega bо‘lganligi sababli markazlashgan investitsiyalarni safarbar etishda bugungi kunda ikkita yо‘nalishga qaratish lozim:
a) bevosita qishloq xо‘jaligiga mikro texnikalarni ishlab chiqish va irrigatsiya melioratsiya ishlariga yо‘naltirish;
b) qishloq xо‘jalik sohasiga xizmat kо‘rsatuvchi sanoat sohasiga ya’ni agrar sohaga texnologiya va texnika, hamda mineral о‘g‘itlar ishlab chiqaruvchi sanoat tarmoqlarini qayta modernizatsiyalashga yо‘naltirish.
Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, markazlashgan investitsiyalarni bevosita daromad keltiradigan tarmoqlarga emas, balki aholining talab va istemolini kо‘proq qondira oladigan tarmoqlarga joylashtirish byudjet mablag‘laridan foydalanishning eng oqilona yо‘li bо‘lib hisoblanishi kerak.



Yüklə 86,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin