Investsitsiya funksiyasi va omillari


Investitsiya va uning mohiyati



Yüklə 86,52 Kb.
səhifə2/7
tarix07.01.2024
ölçüsü86,52 Kb.
#202357
1   2   3   4   5   6   7
Investsitsiya funksiyasi va omillari

1.Investitsiya va uning mohiyati

O'zbekiston Respublikasida investitsiya xususida qonuniy hujjatlar 1991-


yildan boshlab qabul qilingan bo‘lib, ular o‘tgan vaqt ichida ancha
takomillashtirildi. O'zbekiston Respublikasining «Investitsiya to‘g‘risida»gi
Qonunida ko'rsatilishicha, «investitslya bu - iqtisodiy samara (foyda, daromad)
olish yoki ijobiy ijtlmoiy natijaga erishish uchun sarflanadigan pul mablag'lari,
banklarga qo'yilgan omonatlar, paylar. qimmatli qog'ozlar (aksiya,
obligatsiyalar), texnologiyalar, mashinalar asbob-uskunalar, litsenziyalar va
samara beradigan boshqa har qanday boyliklardir». Bu iqtisodiy ta’rif
investitsiyaning bozor iqtisodiyoti sharoitiga mos kelishini to’laligicha
tasdiqlaydi. Jumladan, unda, birinchidan, investitsiyaning o'ziga va investitsiya
faoliyatining obyektlariga keng ta’rif berilgan. Ikkinchidan, investitsiyaning
bevosita iqtisodiy va ijtimoiy samara olishga muqarrar bog'liqligi ta’kidlab
o‘tilgan. Demak, investitsiyaga bozor munosabatlaridan kelib chiqib berilgan
ta’rifning o'zidayoq investitsiya jarayonning hajmi, asosiy bosqichlari, ya’ni Jamg'armalar (resurslar), qo‘yilma mablag’lar (sarf-xarajatlar), samara
(daromad, foyda) aniq va ravshan ko'rsatib o‘tilgan. Xuddi shu kabi yondashuv
Investitsiya faoliyaming bozor munosabatlariga o‘tishi uchun zamin yaratadi, bu
esa, moliyaviy, moddiy va aqliy boyliklarni qayta taqsimlashning vertikal va
gorizontal usullaridan bir xilda foydalanishni ta’minlab beradi.
«Investitsiya» atamasi lotin tilidagi «invest» so'zidan kelib chiqqan bo‘lib,
«qo‘yish», «mablag‘ni safarbar etish», «kapital qo‘yilmasi» ma’nosini beradi.
Keng ma’noda investitsiya mablag'ni ko'paytirib va qaytarib olish maqsadida
kapitalni safarbar etishni bildiradi. Ko'pgina hollarda «investitsiya» tushunchasi
iqtisodiy va boshqa faoliyat obyektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy
ne’matlar hamda ularga doir huquqlar tarzida ta’riflanadi. Investitsiya deyilganda
barcha turdagi milliy va Intelektual boyliklar tushunilib, ular tadbirkorlik faollyati
obyektlariga yo'naltirilib, daromad keltirishi yoki biror-bir ijobiy samaraga
erishishi zarur. Investitsiya kiritishdan asosiy maqsad daromad olish va ijobiy
ijtimoiy samaraga erishishdir.
Investitsiya kiritishda, avvalo:
- investitsiya faoliyati subyektlarining mustaqilligi va tashabbus-
korligining ta’minlanishi;
- kiritilayotgan moddiy ne’matlarga investitsiya maqomini berish
(fuqarolar o‘z ehtiyojini qondirish uchun sotib olgan buyumlari investitsiya bo'la olmaydi);
-qonun bilan belgilangan investitsiya faoliyatini amalga oshirish
imkoniyati yaratilishi zarur.
Investitsiya tushunchasiga yangi kapitalni barpo etish uchun sarflangan
xarajat sifatida ham ta’rif berish o'rinli. Investitsiyalar yangi korxonalar
qurilishiga, mashina va asbob-uskunalar sotib olishga, ya’ni yangi kapitalni
barpo etishga ketgan xarajatlardir. Investitsiya tushunchasining mazmunini
to‘liq ochib berish uchun unga berilgan ta’riflarni keltirish joiz.
Investitsiyalar -bu hali mahsulot ko‘rinishiga keltirilmagan, lekin ishlab chiqarish vositalariga qo‘yilgan kapitaldir. O'zinlng moliyaviy shakliga ko'ra, ular foyda olish maqsadida xo'jalik faoliyatiga qo‘yilgan aktivlar hisoblansa, iqtisodiy xususiyatiga ko'ra, u yangi korxonalar qurishga, uzoq muddatli xizmat ko‘rsatuvchi mashina va asbob uskunalarga hamda shu bilan bog‘liq aylanma kapitalningo'zgarishiga ketgan xarajatlardir2.
Investitsiyalar xususiy sektor va davlat tomonidan mamlakat ichkarisida va uning tashqarisida turli ishlab chiqarishlarga va qimmatli qog‘ozlarga (masalan, aksiyalar, obiigatsiyalar) qo'yilishi mumkin. Investitsiyaga ketgan xarajatning
miqdori ikki omilga bog‘liq: birinchisi - sof foydaning kutilayotgan me’yori,
qaysiki uni tadbirkorlar investitsiyaga ketgan xarajatlaridan olishni
mo‘ ljallaydi; ikkinchlsi - foiz stavkasi. Agarda, kutilayotgan foyda me’yori foiz
stavkasidan yuqori bo‘lsa, investitsiyalash foydali va aksincha, foiz stavkasi
kutilayotgan foyda me’yoridan yuqori bo'lsa, investitsiyalash foydali bo‘lmay qoladi. Investitsiya xarajatlari foyda keltirishini anlqlashda nominal foiz stavkasi
emas, balki real foiz stavkasi hisobga olinadi. Real foiz stavkasi narxlar
darajasining o‘zgarishini aks ettirib, nominal stavkadan inflyatsiya darajasining
ayirmasi ko'rinishida aniqlanadi. Masalan, nominal foiz stavkasi 16 % ga teng
bo‘lsa, inflyatsiya darajasl yiliga 12 %ni tashkil etsa, unda real foiz stavkasi 4 %
(16-12 %)ni tashkil etadi. Agar bu miqdor kutilayotgan sof foyda me’yoridan past bo‘lsa, investitsiya xarajatlari o‘sib boradi. Investitsiya talabinlng egri chizig‘1 istalgan Investitsiya hajmi (I) va real foiz stavkasi miqdori (r) o'rtasidagi bog’liqlikni o’rnatadi. Real foiz stavkasi, ya’ni pul kapitalini qarzga olish narxi qanchalik yuqori bo'lsa, investitsiyalashni xohlovchilar shuncha kam bo‘ladi va, aksincha, real foiz stavkasi qanchalik past bo'lsa, foyda keltiradigan investitsiya loyihalari shuncha ko‘p bo'ladi.
Makroiqtisodiy siyosatda foiz stavkasi bilan investitsiya hajmi o‘rtasidagi
mavjud bog’liqlik hisobga olinadi va keng foydalaniladi. Foiz stavkasining
miqdori pul-kredit siyosatining muhim quroli hisoblanadi. Davlat uni
o‘zgartirish orqali mamlakatdagi pul taklifini tartibga solib turadi. Foiz
stavkasining ko'tarilishi pulning qimmatlashuvi va unga bo‘lgan talabning
qisqarayotganini bildiradi. Demak, investitsiya xarajatlari ham qisqarib boradi.
O‘z navbatida, investitsiya xarajatlarining qisqarishi, kelajakda milliy ishlab
chiqarish hajmining pasayishini bildiradi.
Investitsiyalashda aylanma kapitalga ustuvorlik berilishini faqat kapitalning tarkibiy tuzilishi bilan tushuntirish yetarli emas. Gap shundaki, dastlabki capital jamg'arish davrida pulni tez to‘plash uchun uning kapital aylanishi tez sohalarga joylashtirilishi yuz beradi, chunki bunda yuqori foyda me’yori yuzaga keladi. Foyda me’yori yuqori, uni kapitallashtirish imkoni katta
bo'ladi. Bu omil ham xususiy sektorda pulni aylanma kapitaliga aylantirish
uchun rag'batlanatiradi. Bozor talablarlga binoan tejamli xo‘jalik yurita
bilmaslik tannarxning ortishiga olib keladi, bu narx o'zgarmagan sharoitda ham
zararga olib keladi. Bu albatta, investitsiyalarni o‘z mablag'i hisobidan
ta’minlash imkonini cheklab qo‘yadi.
Investitsiyalar iqtisodiy va boshqa faoliyat obyektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga doir huquqlar hisoblansa, investitsiya faoliyati subyektlarining lnvestitsiyalami amalga oshirish bilan bog’liq harakatlari majmui Investitsiya faoliyati deb yuritiladi. Investitsiya faoliyati tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning bir ko‘rinishidir, shuning uchun ham tadbirkorlikka xos bo'lgan belgilar, ya’ni mulkiy mustaqillik, tashabbuskorlik va tavakkalchilik unga ham xos bo‘ lgan xususiyatdir.
Investitsiya faoliyatining obyekti moddiy va nomoddiy ne’matlar ishlab
chiqarish obyektlari hisoblanadi. Investitsiya faoliyatining subyektiaridan biri investor bo’lib, u o‘z mablag larini, qarzga olingan va jalb etilgan mablag’ jami, mulkiy boyliklarni va ularga doir huquqiami, shuningdek, inteiiektual mulkka doir huquqlari investitsiya faoliyati obyektlariga jalb etishni amalga oshiradi. Bunday o‘ziga xos faoliyat subyektlarining yana bir katta guruhi mavjud bo’lib, ular investitsiya faoliyati ishtirokchilari deb yuritiladi va ularning asosiy vazifasi investoming buyurtmalarinl bajaruvchi sifatida investitsiya faoliyatini ta’minlash hisoblanadi.
Xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va chet ellik yuridik shaxslar hamda
fuqarolar, shuningdek, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va O‘zbekiston
Respublikasining chet elda doimiy yashovchi fuqarolari
Investorlar buyurtmachi (mablag’ kirituvchi), kreditor, sotib oluvchi
bo'lishlari, shuningdek, investitsiya faoliyati ishtirokchisi vazifasini bajaruvchi
ham bo‘ lishlari mumkin.
Investitsiya faoliyatini amalga oshiruvchllar (investorlar) quyidagi belgilari
bo‘yicha tasniflanadi.

1. Joriy faoliyatning yo'nalishlari bo'yicha institutsional va individual


investorlar. Institutsional investorlar rolida sanoat, savdo, transport, aloqa va
boshqa sohalardagi aksiyadorlik Jamiyatlari namoyon bo'lsalar, individual
investorlar rolida fuqarolar namoyon bo‘ ladilar.
2. Investitsiyalash maqsadlari bo‘yicha strategik va bevosita investorlar.
Ular o‘z oldilariga kompaniyalami boshqarish huquqini olishni maqsad qilib
qo'yadilar. Buni ular boshqa kompaniyalar aksiyalarining nazorat paketini sotib
olish yoki ulaming ustav kapitalining katta qismini egallash orqali amalga
oshiradilar.
3. Rezidentlikka tegishliligi bo‘yicha investorlar milliy va xorijiy
investorlarga ajratiladi.
Investitsiya faoliyati quyidagi manbalar hisobiga amalga oshirilishi mumkin:
- investorlarning o’z moliyaviy resurslari (foyda, amortizatsiya ajratmalari, pul jamg’armalari va h.k.);
- qarz olingan moliyaviy mablag’lar (obligatsiya zayomlari, bank kreditlari);
- jalb qilingan moliyaviy mablag’lar (aktsiyalarni sotishdan olingan mablag’lar, jismoniy va huquqiy shaxslarning pay va boshqa to’lovlari);

- davlat byudjeti mablag’lari;


- chet elliklar mablag’lari.
Investitsiyalarga sarflar darajasini ikkita asosiy omil belgilab beradi:
1) investitsiya sarflaridan kutilayotgan foyda normasi;
2) foiz stavkasi.
Investitsiyalarga qilinadigan sarflarning harakatlantiruvchi motiv foyda hisoblanadi. Tadbirkorlar ishlab chiqarish vositalarini ular foyda keltiradigan bo’lsagina sotib oladilar.
Investitsiyalar darajasini belgilaydigan ikkinchi omil foizning real stavkasi hisoblanadi. Foiz stavkasi – real asosiy kapitalni sotib olish uchun zarur bo’lgan, bankdan olingan ssuda kapitaliga korxona to’lashi lozim bo’lgan pul miqdori.
Kapital birligiga real foyda quyidagini tashkil etadi:
Foyda me’yori = daromad (R/ R) – xarajatlar (Rk/R)(r +δ)
Muvozanat sharoitida kapital ijarasidan olinadigan haqiqiy narx kapitalning chekli mahsulotiga teng bo’lganligi sababli biz foyda me’yori uchun ifodani quyidagi ko’rinishda yozishimiz mumkin:
Foyda me’yori =MPK –(Rk/R)(r +δ)
Kapitalni ijaraga beruvchi firmalar agar kapitalning chekli mahsuloti bir birlik kapitalga xarajatlardan katta bo’lsa foyda oladilar, aksincha bo’lsa, zarar ko’radilar.
Aynan shu ko’rsatkich sof investitsiyalar miqdorini belgilab beradi.
∆K=In(MPK –(Rk/R)(r +δ)) bunda In(MPK –(Rk/R)(r +δ)) funktsiya sof investitsiyalar miqdori investitsiyalarga rag’batlar mavjudligiga qanchalik ta’sirchanligini ko’rsatadi.
Endi biz investitsiya funktsiyasini keltirib chiqarishimiz mumkin. Korxonalar asosiy fondiga investitsiyalar uchun xarajatlarning umumiy miqdori sof investitsiyalar va chiqib ketgan kapitalni tiklashga inves titsiyalar miqdorlari yig’indisiga teng. Investitsiya funktsiyasi quyidagicha yoziladi. I=In(MPK –(Rk/R)(r +δ)) +δK.
Korxonalar asosiy fondlariga investitsiyalar kapitalning chekli mahsuloti, kapital birligiga xarajatlar va kapitalning chiqib ketgan miqdoriga bog’liq bo’ladi.
Model shuningdek investitsiyalar nima uchun foiz stavkasiga bog’liqligini ham ko’rsatadi. Foiz stavkasini o’sishi kapital birligiga xarajatlarni ko’paytiradi. Bu kapital egalari tomonidan olinadigan foyda qisqarishiga olib keladi va kapitalning katta qismini jamg’arishga rag’batni qisqartiradi. Xuddi shunga o’xshash, foiz stavkasini pasayishi kapital birligiga xarajatlarni qisqartiradi va investitsiyalarni rag’batlantiradi. Shu sababdan ham investitsiyalarning foiz stavkasiga bog’lifligini ifodalovchi egri chiziq pastga egilgan. Investitsiya darajasiga kutilayotgan sof foyda normasi va foiz stavkasidan tashqari boshqa quyidagi omillar ham ta’sir ko’rsatadi:
1) mashina va uskunalarni xarid qilish, ishlatish va ularga xizmat ko’rsatish xarajatlari;
2) tadbirkorlardan olinadigan soliq miqdori;
3) texnologik o’zgarishlar.
Yalpi sarflar tarkibining investitsiya sarflariga oid qismi yalpi xususiy ichki investitsiyalar deb yuritiladi. Shunga ko’ra yalpi va sof investitsiyalarni ham bir biridan farqlash zarur.
Investitsiya xarajatlari dinamikasiga ta’sir etuvchi boshqa omillar quyidagilar kiradi:
1. Soliqqa tortish darajasi;
2. Ishlab chiqarish texnologiyalaridagi o‘zgarishlar;
3. Mavjud bo‘lgan asosiy kapital miqdori;
4. Investorlarning kutishi;
5. Yalpi daromadlarning o‘zgarishi.Soliqqa tortish darajasining pasayishi hamda yangi texnologiyalarning paydo bo‘lishi kutilayotgan sof foyda normasining (real foiz stavkasi o‘zgarmagan sharoitda ham) ko‘payishga olib keladi. Bu esa investitsiya xarajatlarining ortishiga turtki beradi.
Investitsiyalar hajmining YaIM yoki daromadlar darajasiga bog‘liqligini akselerator modeli aks ettiradi:

Yüklə 86,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin