11-rasm. Sterilizator S-60. In’yeksion eritmalarni quyidagi holatlarda alohida talabga ko‘ra nazorat qilinadi. Steril dorilarni sterilizatsiya qilingandan keyin fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha nazorat qilinadi: tashqi ko‘rinishi, pH ko‘rsatkichi, chinligi, ta’sir etuvchi moddalar miqdori. Nazorat uchun har bir seriyadagi eritmadan 1 flakon tanlab olinadi. Mexanik zarrachalar bor yo‘qligi sterilizatsiyagacha va undan so‘ng maxsus ko‘rsatma bo‘yicha tekshiriladi. Flakonlar tozaligini ham tekshiriladi. Maxsus ko‘rsatmaga asosan pirogen moddalar bor-yo‘qligi va sterillanganligi biologik laboratoriyalarda tekshirib ko‘riladi. Alohida tayinlangan provizor-texnolog yoki farmatsevt nazorati ostida eritmalar sterillanadi. Bular jurnalga yozib boriladi. Kimyoviy tahlil natijalari ham maxsus jurnalga yozib boriladi. In’eksion dorilar sifati hamma bosqichlar bo‘yicha nazorat qilinadi. Fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari, mexanik zarrachalarning bo‘lishi, qopqog‘i yaxshi yopilmaganligi natijasida sterilligining yo‘qolishi in’eksion eritmaning buzilganligini ko‘rsatadi. In’eksion dorilarni quyidagi hollarda tayyorlab bo‘lmaydi:
— kimyoviy jihatdan bir-biriga mos kelmasa;
— tayyorlanishi to‘g‘risida ma’lumot bo‘lmasa;
— sterillash tartibi, kimyoviy nazorat usuli bo‘lmasa.
materiallarni tayyorlash Oldindan ishlatilgan va shifoxona bo‘limlaridan tushgan idishlarning qopqoqlari olinib, ichi va tashqi tomoni suvda chayiladi va 50—60°C gacha isitilgan yuvuvchi vosita eritmasiga 20—25 daqiqaga solib qo‘yiladi. So‘ngra idish yuvish mashinasi yoki chyotka yordamida yaxshilab yuviladi. 3 marta ichimlik suvi va yangi haydalgan tozalangan suv bilan chayilgan idishlar maxsus metall biksga joylashtirilib, avtoklav yoki quritgich shkafida sterillanadi (XI DF, «Sterilizatsiya» maqolasi, 2-tom, 19-bet. «Sanitarnie trebovaniya i normi ustroystva, oborudovaniya i ekspluatasii aptek» SanPIN №0078—98).