Iogan Genrix Pestalotstsining pedagogik g’oyalari
Ozoda Abduhalilova
Shahnoza Meliyeva
Ilmiy rahbar: S.A.Xaydarov
Alisher Navoiy nomidagi o’zbek tili va adabiyot universiteti
Annotatsiya:
Maqolada Iogan Genrix Pestalotstsining hayotiy kechinmalari,
pedagoglik faoliyatiga kirib kelishi, ta’limga qo’shgan xizmatlari, o’zining pedagoglik
qarashlari va falsafasi, fandagi asosiy tamoyillari, o’qitish usullari, bolalarga jismoniy
va aqliy mehnat faoliyati, o’qish dargohlarini ochish va ularni mashhur bo’lishiga
sabablari va bajargan ishlari yuzasidan olib boriladigan tadqiqot maqsad va vazifalari
belgilanadi.
Kalit sо’zlar
: Iogan Genrix Pestalotstsi, hayoti va ijodi, turmush faoliyati,
pedagog xizmatlari, jismoniy va aqliy ta’limi, axloqiy tarbiyasi, Pestalotstsining ta’lim
falsafa qarashlari, ta’limning asosiy tamoyillari, ta’lim maqsadlari, o’qitish usullari,
talabalar joyi, o’qituvchilarning roli, o’quv dasturi
Pedagogical ideas of Johann Heinrich Pestalozzi
Ozoda Abduhalilova
Shahnoza Meliyeva
Scientific supervisor: S.A. Khaidarov
Uzbek Language and Literature University named after Alisher Navoi
Abstract:
The article describes the life experiences of Johann Heinrich
Pestalottsi, his involvement in pedagogy, his contributions to education, his
pedagogical views and philosophy, his main principles in science, teaching methods,
physical and mental work activities for children, and educational institutions. The goals
and objectives of the research conducted in connection with the opening and the
reasons for their popularity and the work performed are determined.
Keywords:
Johann Heinrich Pestalottsky, life and work, life activity, pedagogical
services, physical and mental education, moral education, educational philosophy of
Pestalottsy, basic principles of education, educational goals, teaching methods, place
of students, role of teachers, curriculum
"Science and Education" Scientific Journal / www.openscience.uz
June 2023 / Volume 4 Issue 6
ISSN 2181-0842 / Impact Factor 3.848
678
IOGAN GENRIX PESTALOTSTSINING HAYOTI HAQIDA
Iogan Genrix Pestalotstsining 1746-yilda Shveysariyaning Syurix shahrida vrach
oiladida tug’iladi. U yosh vaqtida otasidan erta ayrilib, onasining qo’lida tarbiya
oladi.[13] O’qish faoliyatini avval o’zining qishlog’idagi maktabda boshlang’ich va
so’ng o’rta ta’lim oladi. Keyin ijtimoiy yo’nalishdagi oliy o’quv yurtida ta’lim
oladi.[13]
Pestotstsi 1774-yilda Neyrof shahrida “Kambag’allar muassasasi”ni tashkil
qiladi. Unga turli yoshdagi bolalarni jalb qiladi, ularga o’qish, yozish va hisobni
o’rgatadi. Bolalarni o’qishidan tashqari vaqtda o’zi qishloq xo’jalik firmasida, yigiruv
va to’quv ustaxonalarida ishlaydi[1],[13].
Pestalotstsi tashabbusi va hokimiyatining yordami bilan 1800- yilda shaharda
instituti tashkil topdi. Bu instituti ko’p vaqt o’tmay instetut Shveysariyaning fransuzlar
yashaydigan Iverdonga ko’chiriladi, bu joy 1825-yilga qadar davom etdi va jahonga
mashxur bo’ldi. [10-13]
PESTALOTSTSI JISMONIY VA MEHNAT TARBIYASI HAQIDA
Pestalotstsining farzandlarning to’g’ri rivojlanish fikricha, jismoniy tarbiyaning
maqsadi bolaning tabiiy jismoniy iste’dodini rivojlantirishdan, uning jismoniy kuch-
qudratini o’stirishdan iborat deb hisoblaydi. Pestalotstsi bu maqsad amalga oshirilsa,
jismoniy tarbiya insonning shaxs sifatida shakllanishiga, aql-idroki, axloqiy his-
tuyg’usi va irodasining rivoj topishiga ishongan. [1]
Pestalotstsi bolaning harakat qilishiga tabiiy intilishi, bu ularning jismoniy
tarbiyalash asosi ekanligini ta’kidlanadi.[1],[6-12] U jismoniy tarbiyani mehnat
tarbiyasi bilan uzviy birga amalga oshirishni tavsiya etdi. Uningcha:-“ Bolaning faqat
jismoniy emas, balki axloqiy rivojlanishida xam ko’radi. U bolaning qo’lidan
keladigan ishlarni ko’rdi. Ularni bajarilishi ularda insoniy qadr-qimmat,
mehnatsevarlik, qat’iylik, vijdoniy poklik kabi fazilatlarni rivojlanishida asos
bo’lishiga e’tibor berish zarur edi”.[2],[4-6]
PESTALOTSTSI AXLOQIY TARBIYASI HAQIDA
Pestalotstsining axloqiy tarbiyasiga o’zini qarashlari alohida qayd etsa bo’ladi.[1]
Uningcha axloqiy tarbiyaning maqsadi bolalarda kishilarga muhabbat, sadoqat, oqibat
uyg’otishdan iborat edi. U bolaning o’z onasiga bo’lgan muhabbatini axloqiy
tariyaning uzviy qismi hisoblaydi. Onaning g’amxo’rligi unda onaga nisbatan
minnatdorlik va muhabbat hissini hosil qiladi.[6-8] Bu o’zaro muhabbat rivojlanib,
mustahkamlanib borishi bilan ona va bola o’rtasida samimiy aloqa yuzaga keladi.[8]
PESTALOTSTSI TA’LIM MAZMUNI VA USULI HAQIDA
Pestalotstsining ta’kidlashicha, ta’lim vazifasiga bolani muayyan bilimlarga ega
qilishdangina emas, balki unda aqliy qobiliyatni xam rivojlantirishdan iboratdir.[1]
Aynan Pestalotstsi ta’lim aniq hayotiy kuzatishlarga asoslanishini tavsiya qiladi,
ko’rgazmalikni ta’limning oliy sharti hisoblaydi.[8-12] Ta’lim da bolalarda
"Science and Education" Scientific Journal / www.openscience.uz
June 2023 / Volume 4 Issue 6
ISSN 2181-0842 / Impact Factor 3.848
679
kuzatuvchanlik qobiliyatini o’tiradi va ularni hayotiy hodisalarini, ta’lim jarayonini
kuzatishga o’rganishi lozim deb biladi. Pestalotstsining ta’lim falsafasi quyidagilarni
asosiy tamoyillari deb biladi[1],[6-9],[13]. Ular quyidagilardan iborat:
•
Ta’limning asosiy tamoyillari.
•
Ta’lim maqsadlari.
•
O’qitish usullari.
•
Talabalar joyi.
•
O’qituvchilarning roli.
•
O’quv dasturi.
Iogon Pestalotstsi asosiy maqsadini o’zining zamondoshlari quyidagicha
keltiradi:
-
“Inson tabiatan yaxshi va oliy ta’lim olishi odamlarga jamiyatda hamkorlik
qilish imkoniyatini berishga xizmat qiladi.”
[6]
Rus tili o’qituvchisi K.D.Ushinskiyning fikriga ko’ra, “
Rivojlantiruvchi ta’lim
g’oyasi Pestalotstsining buyuk kashfiyotidir”.
[7]
Pestalotstsi o’zning farzandlariga o’rgatishida qanday degan:
“Insoniyatning
rivojlanishida tabiatning borishi o’zgarmasdir. Shuning uchun ikkita yaxshi o’qitish
usuli Cheksiz ko’p yomon usullar mavjud; ularning har birining salbiy xossalari usuli
tabiat qonunlaridan chetlashgani sari ortib boradi va shu qonuniyatlarga amal
qiladigan darajada kamayadi. Bu bo’lishi mumkin emas. Faqat bitta usul yaxshi, u
tabiatning abadiy qonunlariga asoslangan.”
[8-9]
Iogon Genrix Pestalotstsining o’rganishning yakuniy maqsadi dunyoning
mantiqiy ramzini quyidagicha shakllantiradi:
“Bolaga faqat o’sha tushunchalar
tushunarli bo’lib ko’rinadi, ularning ravshanligiga shaxsiy tajriba orqali
boshqa hech
narsa qo’shib bo’lmaydi ... Aniq tushunchalarga erishish yo’li bosqichma-bosqich,
bolalar uchun ochiq bo’lgan barcha mavzularni oydinlashtirish, aniq tushunish orqali
biladi va ulardan qidiradi.”
[5-8]
Dostları ilə paylaş: |