Iqbol Mirzoning “Bonu” romani haqida



Yüklə 273,41 Kb.
səhifə3/3
tarix15.01.2023
ölçüsü273,41 Kb.
#79313
1   2   3
Iqbol Mirzoning BONU romani haqida

Sanobarxon Jamolova

"Bonu" ning iztiroblaridan chizgilar
Biling dardlik kishilarga boʻlur oh-u nafir paydo...
 Huvaydo

Atrofida ming xil yaxshi-yomon gap aylangan "Bonu" romani oʻz tilining jozibasi, uslubning oʻzgacha ekani bilan ajralib turadi. Roman boshdan oyoq maktub (telegram xabari) tarzida bitilgan boʻlib, gʻarbda epistolyar deb ataladigan koʻrinishda yozilgan desak adashmaymiz. Romanning sujet koʻrinishi oʻziga xos. Yaʼnikim asarning bosh qahramoni Bonu gul-gul ochilgan yoshlik davrlari haqida hikoya qila turib, bolalik xotirotlariga "sakrab" oʻtib ketadi, yoki aksincha.Sujet silsilasining bunday xilma-xilligiga asoslanib asarning sujetini retrospektiv sujet deb atsak toʻgʻri boʻladi. Roman kino lentasi kabi koʻz-oʻngingizda jonlanadi.


Asarning tili puxta. Erkin Aʼzam roman haqida quyidagilarni bejizga aytmagan:
"Iqboljon! “Bonu”ni kecha oʻqib bitirdim. Bayram kunlari shuning taʼsirida edim. Kutganimdan ziyoda, yashang! Dard, donolik, daqiq tasvirlar, til, til... Havasim keldi. “Choliqushi” yasabsiz. Boʻshashtirmang, inim! "
Oʻxshatishlari, qochirimlari romanning ruhini taʼminlab bergan. Eng asosiysi, "Bonu" mumtoz baytlar bilan "qurollangan". Adabiyotga ixlosi baland har bir oʻquvchi romanni ayricha zavq bilan oʻqiydi. Qolaversa, asar maʼlum kichik hikoya va rivoyatlar bilan detallangan. Shunday rivoyatlardan biri: 
Bir kishi ayolini taloq qilmoqchi bo'libdi.
- Ayolingda qanday ayb borki, undan qutulmoqchisan?, - deb so'rashibdi. U:
- Erkak kishi o'z ayolining aybini fosh qilmaydi, - deb javob beribdi. Xotinining javobini bergandan keyin:
- Endi ayt-chi, sobiq turmush o'rtog'ingda qanday qusur bor edi?, - deyishibdi. Erkak: -Endi u menga begona, nomahram ayol bilan ishim yo'q, - degan ekan.
Asarda voqealarni tutashtirib turuvchi, oʻzi kichkina boʻlsa ham katta yukni olgan qahramon bor - Alisher. Bonu keyinroq shu inson bilan qolib ketadimikin deb oʻylagandim. Chunki asar soʻnggida Bonu bir goʻzal baxtga erishadi deb oʻylagandim. Balki uzlat, xilvatnishinlik uning uchun baxtdir...
Inson zoti to qoʻli bilan ushlab koʻrib yoki koʻzi bilan nimanidir bilmaguncha ishonishi qiyin. Beshta sezgi aʼzo bor deyiladi gʻarbda. Islom dunyosida esa oltinchi sezgi aʼzosi ham bor. Bu qalb. Soʻnggi vaqtlarda biz insonlar ana shu qalbimizni unutib qoʻydik, eslamay qoʻydik. Xuddi bir robot kabi har narsani isbotini talab qiladigan boʻldik, yurakni his qila bilish qobiliyatini eslamay qoʻydik demoqchi yozuvchi, nazarimda.
Inson har doim bir yelkaga muhtoj. Hayot sinovlaridan charchaganida, shu yelka unga tirgak boʻladi. Eʼtiborga olamiz, hech bir inson yolgʻizlikda baxtli boʻla olmaydi. Imorat bir kishi uchun yolgʻiz qurilmaydi, har kimning xoh yaxshi, xoh yomon bir jufti boʻlgani durust. Bonu ham juda goʻzal ham oqila qiz edi. Umrining deyarli chorak qismini oʻzi yashab oʻtdi. Qolganini qurishga esa Olmosni tanladi. U maʼlum muddat baxt berdi, lekin sarob edi bu.
Eng yoqqan qahramon Bonu! Bu qizning sabriga, hayot sinovlari oldidagi matonagiga tan berdim. Jondan aziz akasidan, togʻasidan yomonliklarni qabul qilganining oʻziyoq bu qizga mehr uygʻotgandi menda. Suygan kishisidan bu qadar adolatsizlik, xoʻrlik koʻrib turib ham uning kasal emasligini bilgach Ollohga shukrona keltirgani esa meni hayratda qoldirdi. Bu ancha- muncha insonni qoʻlidan kelasi ish emas.
Asarni yozishdan maqsad, menimcha, yon-atrofimizdagi noshukur bandalarga ibrat qilish. Qolaversa, bu sinovli dunyo hammani sinaydi, azoblar beradi, koʻrgiliklar soladi. Seni kim ekaning, qanday inson ekaning shu sinovlarda koʻrinadi demoqchi yozuvchi.
Domla Bonu va Olmosni ayrilgan bilgach koʻzyoshi qiladi. Hayratlanadi. Chunki oʻzi sovchi boʻlib borgan edi. Fikrimcha, oʻqish paytlaridagi baʼzi voqea hodisalarni keltirish uchun domla bogʻlash vazifasini oʻtagan. Bundan tashqari, koʻzyoshlari orqali Olmosning nomiga munosib boʻlmagan sadoqatsiz inson ekani ochib berilgan
"Xuvaydo" boboning taqdiri xuddi Bonunikiga oʻxshaydi. U ham yaqinlaridan xiyonatlar koʻrib yurt ahli ichida maʼlomatlarga qolgan. Bonu uchun bir koʻzgu edi "Xuvaydo" bobo. Qolaversa, hech tugamas sabr va qanoat timsoli. Boboni donishmandlik ramzi, Bonuning bir ustozi deyish ham mumkin. Chunki Bonuga juda koʻplab hayot saboqlarini bergan edi Xuvaydo bobo.
Bonuni oʻrnini hech kimga ravo koʻrmasdim. Bir kishi boshiga ogʻirlik qiladi buncha dard. Loʻlilarni uyidagi gʻururini yerga urushlariga qaramay qilgan jasorati taʼsirli, judayam. Vijdonim oldida sof qolarmidim, bilmadim. Lekin Olmosni buncha qilgan ishidan keyin, balki, qargʻab yuborarmidim. 
Bonu musofir yurtda oʻzini asray olgani hammadan ham taxsinga sazovor. Uning oʻrnida baʼzi insonlar(hatto oʻzim ham) irodasizlik qilib oʻzini hayotiga oʻzi nuqta qoʻyishi ham hech gap emas. Sabr, iroda, qanoat, shukronalik timsoli - Bonu
Eng avvalo, kechira olish, har qanday vaziyatda ham oʻzini tuta bilish, Yaratganning sinovlari oldida sabrli boʻla olish. Eng azoblisi yaqiningdan xiyonat koʻrish. Bonu juda koʻp shunday xiyonatlar koʻrdi. Lekin sabri, matonati tufayli bularni barchasini yenga oldi. Biroq soʻnggisi uni insonlardan uzoqda uzlatda yashashga majbur etdi.. Oxiri umid bilan tugamadi. Lekin bir insonning kechmishi juda koʻpchilikka ibrat boʻla olishini isbotlab berdi
Xullas, asarni bir oʻqib chiqishni tavsiya qilaman. Fikrimni Bahodir Karimning soʻzlari bilan yakunlasam:
Romanning ichida hikmatlari koʻp. Iqbol Mirzoning romani shakl nuqtai nazardan bizning adabiyotda yangi. Bir qarashda kitobxon asarni "Yosh Verterning iztiroblari"ga qiyoslashi mumkin. Lekin kun kelib, oʻquvchi "Bonu" romani haqida gapirganda, bu asarning ortida Iqbol Mirzo degan yaxshi yozuvchi turganini his qiladi.
Yüklə 273,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin