O`zi nimalar bo`lyapti
Aslida, iqlim o`zgarishlari bir-ikki yilda yuzaga keladigan hodisa emas. Zotan, sayyoramiz tarixida uning tegrasidagi harorat muntazam ravishda o`zgarib kelgan. Bu jarayonlar ko`plab jonivorlar yoki o`simliklarning yo`qolib ketishi, o`zgacha hayot tarzi, yangicha tiriklik belgilari paydo bo`lishiga zamin yaratgan.
Jahon meteorologiya tashkilotining ma`lumotlariga ko`ra, ming yillar davomida uglerod tabiiy usulda biosfera, atmosfera va dunyo okeani bo`ylab bir xil me`yorda harakatlanib kelgan. Bu jarayon atmofserada karbonad angidrid va boshqa gazlarning havodagi miqdorini me`yorida tutib kelgan.
So`nggi bir yarim asrda iqlim o`zgarishlariga inson omili katta rol o`ynayotir. Ishlab chiqarish shiddat bilan rivojlanib, atrof-muhitga chiqarilayotgan zararli chiqindilar miqdorining ortishi, demografik o`sish, avtomobillarning ko`payishi havoning o`rtacha harorati ortishiga sabab bo`lyapti. Iqlimni mo``tadil saqlashda katta ahamiyatga ega bo`lgan o`rmonlar maydoni yildan yilga qisqarib borayotir.
Shunday davom etaversa, asrimiz oxirlariga borib, havoning o`rtacha harorati +4 darajaga oshadi. Bu esa, Antarktida, Grenlandiya va Shimoliy qutbda katta miqdordagi asriy muzliklarning erib, okeanga qo`shilishi, dunyo okeani sathining ko`tarilishi natijasida quruqlikdagi ko`plab shaharlar, kichik orollarning suv ostida qolishi demakdir.
Mutaxassislar faqatgina havoga uglerod gazlari chiqarish miqdorini qisqartirish orqali iqlim o`zgarishlarining oldini olish mumkin deyishmoqda. Shu sababli dunyodagi 180 dan ortiq korxona energiyadan qayta tiklanadigan manbalaridan foydalanish yo`liga o`tmoqda. 18 ta transmilliy korporasiyalar to`liq elektromobillardan foylanishni rejalashtirgan.
Sammitlar va hujjatlar ish beryaptimi?
O`tgan asrning oxirlarida global isishning oldini olish dunyo hamjamiyatini e`tiborini tortdi. 1992-yil Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida BMTning iqlim o`zgarishlari bo`yicha doiraviy konvensiyasi qabul qilindi. 1997 yili Yaponiyada iqlim o`zgarishlariga olib keluvchi «parnik gaz»larini atmosferaga chiqarishni qisqartirish yuzasidan Kioto protokoli imzolandi. 2005-yil 16-fevraldan rasmiy kuchga kirgan protokolni dunyoning 156 davlati ratifikasiya qilgan.
Kioto protokoliga muvofiq sanoat rivojlangan davlatlar 2008-2012-yillargacha o`rta hisobda atmosferaga «parnik gaz»lari chiqarishni 1990-yildagi ko`rsatkichdan 5 foizga qisqartirishi lozim edi. Buning uchun har bir davlatga aniq kvotalar belgilandi. Ammo, bu kelishuv amalda kutilgan natijalarni bermadi.
2015-yilning 30-noyabr - 12-dekabr kunlari ushbu protokolning davomi o`laroq, Parijda o`tkazilgan sammitda 80 mamlakat vakillari qatnashdi. Bitimdan ko`zlangan maqsad haroratning global o`sishini Selsiy shkalasi bo`yicha o`rtacha 2 darajadan past holatda ushlab turish va harorat o`sishi 1,5 darajada cheklanishi uchun sa`y-harakatlarni ishga solishdan iborat.
Tabiatda «parnik gaz»lari kamayishini tezlashtirish uchun konferensiyada ishtirok etgan davlatlar o`z zimmalariga yangi majburiyatlarni olgan. Masalan, Rossiya 2030-yilga borib atmosferaga SO2 (karbonat angidrid) gazi chiqarishni 1990-yildagi ko`rsatkichdan 30 foiz kamaytirishi joiz. Atmosferaga uglerod gazlari chiqarish bo`yicha dunyoda Xitoydan keyin ikkinchi o`rinda turuvchi AQSh esa 2025-yilga borib, 2005-yildagi ko`rsatkichni 26-28 foiz qisqartirishi shart.
Albatta, taraqqiyotni to`xtatib bo`lmaydi. Aholi sonining o`sib borishi ishlab chiqarish va sanoatni ham rivojlantirishini talab etmoqda. Biroq, texnogen jarayonlar shu taxlit rivojlanaversa sayyoramizni muqarrar xavf-xatar kutadi.
Shu bois, uglevodorod uning o`rnini bosuvchi, nisbatan arzon, atrof-muhit uchun xavfsiz resurslar, jumladan, quyosh, shamol, suv, atom va boshqa energiya manbaridan foydalanish haqidagi takliflar ilgari surilmoqda.
Iqlim o‘zgarishlari hayvonot olamiga ham katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Ornitologlarning kuzatuvlariga qaraganda, global isish tufayli Hindistonda yashovchi uzundumli to‘tilar shimoliy o‘lkalarga ko‘cha boshlagan. Olimlarning fikricha, ellik yildan keyin mintaqamizda uzundumli to‘tilar qarg‘alarga nisbatan ko‘payar ekan.
Butun dunyoni xavotirga solayotgan global iqlim o‘zgarishining oqibatlari Yevropada yaqqol sezilmoqda. Masalan, bahorda yoqqan tinimsiz yomg‘ir keltirib chiqargan toshqinlar bir necha shaharni vayron qildi. May oyida havo harorati so‘nggi 250 yildagi eng yuqori ko‘rsatkichga chiqdi. Buning oqibatida Italiya va Shveysariyadagi muzliklar maydoni keskin qisqara boshladi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, iqlim o‘zgarishi sababli tog‘larda o‘pirilishlar, daryo o‘zanlarining o‘zgarishi, landshaftlarning buzilishi ro‘y bermoqda.
Osiyoda ham iqlim o‘zgarishining belgilari kuzatildi. Iyul-avgust oylarida Bangladesh va Pokistonda yoqqan tinimsiz yomg‘ir oqibatida millionlab odamlar boshpanasiz qoldi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, har yili atmosferaga 100 million tonnadan ortiq uglevodorod chiqarilar ekan. Shuning 74 foizi rivojlangan davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Olimlarning fikricha, o‘rmon yong‘inlari oqibatida atmosferaga chiqayotgan karbonad kislotasi sanoat chiqindilarining 50 foiziga teng ekan. Havoga ko‘tarilgan tutun atmosferaning yuqori qatlamida kuyindi zarralarini ko‘paytiradi. Oqibatda, sayyoramizga Quyoshdan kelayotgan issiqlik energiyasi qaytadan koinotga yoyilish o‘rniga, Yerning o‘zida qolib, “bug‘xona hodisasi“ni keltirib chiqarmoqda.
Jahon hamjamiyati global isishga qarshi qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. 1997 yili sayyoramizda iqlim o‘zgarishining oldini olishda hamkorlik maqsadida Kioto protokoli imzolandi. 2005 yildan kuchga kirgan bu hujjat atmosferaga chiqarilayotgan zararli gazlar miqdorini bosqichma-bosqich kamaytirib borishni ko‘zda tutadi. Lekin bu maqsadlarga erishish oson bo‘lmayotir. Chunki zararli gazlarni kamaytirish uchun ularni chiqarayotgan sanoat korxonalari faoliyatini to‘xtatishga to‘g‘ri keladi. Bu esa daromaddan voz kechish, ishsizlik muammosini kuchaytirish, demakdir. Shu bois qator davlatlar Kioto protokoli talablarini bajarish masalasiga sovuqqonlik bilan qaramoqda.
BMT tashabbusi bilan Meksikaning Kankun shahrida global isish muammolariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tganligi. sayyoramizda tabiiy muvozanatni tiklash borasidagi ishlar to‘xtab qolmaganining isboti desak adashmaymiz. Unda 193 davlatdan 25 ming vakil qatnashmoqda. Konferensiyada tashvish bilan tilga olingan fikr shu bo‘ldiki, dunyoda o‘rtacha harorat 2–3 foiz ko‘tarilgan va bu o‘ta tahlikali holdir. Anjuman qatnashchilari barcha davlatlarni, birinchi navbatda, rivojlangan mamlakatlarni tabiiy muvozanatni tiklash yo‘lida sarf-xarajatlardan chekinmaslikka da’vat qildi. Ularning fikricha, rivojlangan mamlakatlar “uchinchi dunyo” davlatlariga yangi texnologiyalarni taqdim etishi, ekologik toza ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirishi maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: |