Iqlim o’zgarishining modellari reja



Yüklə 23,97 Kb.
səhifə1/2
tarix16.12.2023
ölçüsü23,97 Kb.
#182666
  1   2
Iqlim omillari yorug‘liк, harorat, havo va suvga nisbatan o‘sim-fayllar.org


Iqlim omillari: yorug‘liк, harorat, havo va suvga nisbatan o‘simliкlarning eкologiк tiplari

IQLIM O’ZGARISHINING MODELLARI


Reja:


1. Iqlim omillari haqida tushincha
2. Yorug`lik omillarining o`simliklarga ta`siri
3. Harorat omilining o`simliklar hayotida ahamiyati
4. Havo omilining o`simliklar hayotidagi roli
5. Suv omilining o`simliklarga ta`siri
Iqlim omillari yer yuzida o`simliklarning geografik taqsimlanishida muhim rol o`ynaydi. Bunga asosiy sabab quyosh radiatsiyasining yer yuzi bo`ylab turlicha taqsimlanishidir. Natijada ekvatordan shimolga borgan sari o`ziga xos tabiat zonalarining hosil bo`lishiga sabab bo`ladi. Materiklarning dengiz bilan o`ralganligi va ularning turli masofada joylanishi ham ularda o`ziga xos iqlimni hosil bo`lishiga sabab bo`ladi. Iqlim omillariga yorug`lik, issiqlik, suv va havo kiradi.
2. Yorug`lik omili. Barcha yashil o`simliklar rivojlanishi uchun yorug`lik zarurdir. Yorug`lik avvalo fotosintez jarayoni uchun zarurdir. Bu jarayonning jadalligi suv bug`latish, oziqlanish, nafas olish jarayonini muntazam amalga oshishini ta`minlaydi.
Yorug`lik o`simlikning ichki va tashqi tuzilishiga ta`sir qiladi. Yorug`lik kuchsiz bo`lgan joyda o`suvchi o`simliklarning tanasi ingichka, bo`g`im oraliqlari uzun, sarg`ish yoki och yashil rangda bo`ladi, barg va poyada maxanik to`qimalar yaxshi rivojlanmaydi. Yorug`likka bo`lgan munosabatiga ko`ra o`simliklar ikki guruhga bo`linadi.
1. Yorug`sevar o`simliklar. 2. Soyasevar o`simliklar.

O`rmon zonasidagi keng bargli daraxtlarga va ninabargli qarag`ayga qancha yorug`lik ko`p tushsa ularda hayot jarayoni shuncha tez amalga oshadi. Bu daraxtlar orasida o`suvchi paporotniklar va grujankalar yorug`likni juda kam talab qiladi hatto yorug`lik ko`payib ketsa ular qurib qoladi. Yorug`likning ta`sirchanlik doirasi yer yo`zining turli nuqtasida turlichadir. Masalan: ekvatorda kun va tun 2 marta teng bo`lsa, qutublarda kunlar oylab davom yetadi. Yuqoridagi xususiyatlarni hisobga olib o`simliklar 2 guruhga bo`linadi.

1. Uzun kunli o`simlilkar. 2.Qisqa kunli o`simliklar.

Qisqa kunli o`simliklarga tropik, subtropik va cho`l zonasi o`simliklari kiradi. Masalan soya, sholi, tamaki, g`o`za, makkajo`xori, tariq, bodiring, qovoq kabilar.



Uzun kunli o`simliklar arpa, suli, zig`ir javdar kabilardir. Uzun kunli o`simliklar janubga, qisqa kunli o`simliklar shimolga olib borib o`stirilsa gullamaydi va meva hosil qilmaydi. Shimoliy hududlarda issiqxonalarda sabzavot ekinlari yetishtirilmoqda.
3. Harorat omillari. Yer sharining quyosh radiatsiyasini turli miqdorda qabul qilishi ekvatordan qutblarga borgan sari o`simlik qoplamini o`zgarib borishiga sabab bo`ladi. Bunnig asosiy sababi ekvatordan shimolga borgan sari har 100 km masofada havo haroratini 0,50 - 0,6 0 ga pasayib borishidir. Natijada yer sharida quyidagi 6 ta iqlim zonasini hosil bo`lishiga sabab bo`ladi. 1. Arktik zona, 2. Tundra zonasi, 3. O`rmon zonasi, 4. Dasht zonasi, 5. Subtropik zona, 6. Tropiik zona.
Issiqlikning o`zgarishi yer yo`zining tog`lik qismida ham iqlimni o`zgarishiga sabab bo`ladi. Dengiz sathidan har 100 m ga ko`tarilgan sari havo haroratisi 0,5 - 0,60 ga pasayib boradi. Natijada tog`larda vertikal zonallanishni hosil bo`lishiga sabab bo`ladi. Masalan: O`rta Osiyo tog`larida adir, tog`, yaylov mintaqalarining hosil bo`lishiga olib keladi.
Umuman olganda o`simliklarnig o`sish va rivojlanishi 00 dan 1000 S gacha bo`lgan harorati orasida bo`ladi. Harorat 00 dan pasaysa yoki 1000 S dan ko`tarilib ketsa o`simlik halokatga uchraydi. Suv o`tlarining arktikada yashaydigan ayrim vakillari -450 ga, ba`zi zamburug`larning sporasi +900 Sga, ayrim o`t o`simliklarning urug`i -800S sovuq va +1200S issiqlikka bardosh beradi. Qarag`ay o`simligini -200 t a da assimiliyatsiya jarayonini amalga oshirishi aniqlangan.
Suv o`tlarining ayrim vakillari yuqori haroratili issiq buloqlarda ko`p o`sishi kuzatilgan. Masalan: Kamchatkadagi geyzerlar-da 28 tur ko`k-yashil, 17 tur diatom, 7 tur yashil suv o`tlari, xuja obigaram issiq buloqlarida ham yuqoridagidek suv o`tlari borligi aniqlangan.
Yuqori haroratiga bo`lgan munosabatiga qarab o`simliklarni quyidagi turlarga bo`lish mumkin.
1. Mo`tadil iqlimda o`suvchi o`simliklar Q300. Bularga tundra, o`rmon tundra va o`rmon zonasi o`simliklari kiradi. 2. Issiq sharoitda o`suvchi o`simliklar Q50 Q600. Cho`l va chala cho`l o`simliklari. 3. Issiqqa chidamli o`simliklar Q80 Q850S (suv o`tlari va bakteriyalar)
Issiqsevar o`simliklarga haroratning pasayishi halokatli ta`sir ko`rsatadi. Masalan: g`o`za -2 -30 da, apelsin -5 -60 da halok bo`ladi. Karamning ayrim navlari -120 ga bardosh beradi. O`simliklar hayoti uchun yillik haroratning o`rtacha miqdori muhim rol o`ynaydi. Masalan: Toshkentda u 5000, Astraxanda 40000, Odessada 3500, Leningrada 20000 ni tashkil qiladi.
4. Havo omili. Havo o`simlikka muhim ekoloigk omil sifatida ta`sir ko`rsatadi. Yer sharida havoning tarkibi doimo bir xil meyyorda turadi. Uning tarikbida 78% azot, 21% kislorod, 1% azon va 0,03% karbonat angidirid gazi bo`ladi.
Kislorod o`simliklarning nafas olish jarayoni uchun zarurdir. Karbonat angidrid ega fotosintez jarayoni uchun kerak.
Havo oqimiga shamol deyiladi. Shamol o`simlikka ekologik va fiziologik omil sifatida ta`sir yetadi. Shamol ta`sirida o`simliklarda suv bug`latiladi va havoda gazlar harakati yuzaga keladi. Shamol ta`sirida ko`pchilik o`simliklar changlanadi, meva va urug`lari tarqaladi.
Shamol o`simlikka maxanik ta`sir ko`rsatadi. Natijada ko`pchilik o`simliklar bayroqsimon shakil hosil qiladi yoki ko`p hududlarda (vohalarda, dengiz qirg`oqlarida, tundrada) o`simliklarning yo`q bo`lib ketishiga sabab bo`ladi.
O`rta Osiyo hududida garimsel shamoli suv bug`lanishini kuchayishiga sabab bo`ladi va o`simlikni halokatga olib keladi. Shamol yordamida changlanuvchi o`simliklarni anemofill o`simliklar deyiladi.

Ko`pchilik o`simliklar - tuyaqorin, kermek, saksovul, juzg`un, chalov, qoqio`t, kabilarning urug`i shamol yordamida tarqaladi. Bunday o`simliklar anemoxor o`simliklar deyiladi.


5. Suv omili. Suv o`simlik hayoti uchun eng muhim omillaridan biri hisoblanadi. Barcha o`simliklarnig 30 - 90% ni suv tashkil qiladi. Suv mavjudligi tufayli o`simliklarda chiqish va tushish oqimi hosil bo`lib, fotosintez va biokimiyoviy jarayonlar amalga oshadi, suv bug`latib o`simlik o`zini o`zi sovitadi. Tabiatda suv par, suyuq va qattiq holat da bo`ladi. (qor, do`l, qirov, muz).
Barcha o`simliklarni suvga bo`lgan talabiga ko`ra quyidagi guruhlarga bo`linadi.
1. Gidrotafitlar - hayoti faqat suvda o`tuvchi suv o`tlari.

2. Gidrofitlar - tanasining bir qismi suvning ustida o`suvchi o`simliklar (nilufar, qamish, zubturum).


3. Gigrofitlar - suv ortiqcha bo`lgan botqoqlarda o`suvchi o`simliklar (savag`ich, qiyoq, sholi, tropik o`simlikar).
4. Mezofitlar - namlik yetarli bo`lgan joylarda o`suvchi o`simliklar, o`rmon, o`tloq o`simliklari, va g`o`za, beda, qovun, tarvuz, pomidor, kabi o`simliklar.
5. Kserofitlar hayotida suvga muhtojlikni bir marta his qiluvchi, ildizi chuqurga kirib boruvchi o`simliklar. Shuvoq, saksovul 16-18 m, yantoq 18m, chalov, beda 16-18m, juzg`un, pista kabi o`simliklar.
Suvda yashovchi o`simliklarnig suv ostidagi barglarida ustisalar yaxshi taraqqiy etmagan bo`lsa, suv ustidagi barglarida ularnig 1 mm2 dagi soni 648 tagacha yetadi. Bunday o`simliklarnig tanasini 70% havo saqlovchi hujayralardan tashkil topadi. Ularda o`tkazuvchi naylar kam rivojlangan maxanik to`qimalar esa yo`q bo`ladi.
Kserofit o`simliklarni aksincha barg plastinkasi kichraygan, ustisalar chuqurda joylashgan, barg va poyasi tukchalar bilan qoplangan, osmotik bosimi juda yuqori, o`tkazuvchi naylari yaxshi rivojlangan va maxanik to`qimalar ko`pligi bilan harakterlanadi.
Atmosferada suv bug` ko`rinishida bo`lib, havoning nisbiy namligiga ta`sir ko`rsatadi. Nisbiy namlik qancha ko`p bo`lsa o`simlik kam suv bug`latadi. Nisbiy namlik dengiz va okean soxillarida quruqlikda yil davomida o`zgarib turadi.
Havoning bulutli yoki tumanli bo`lishi ham quyosh radiatsiyasini yerga yetib kelishiga ta`sir qiladi. Natijada bunday sharoitda fotosintez jadalligi o`zgaradi.

Yomg`ir suvi o`simlik hayotiga turlicha ta`sir ko`rsatadi. Surunkasiga yoqqan yomg`ir o`simlikarni ildiz chirishiga sabab bo`lsa, vaqti vaqti bilan yoqqani o`simlikni rivojlanishini ta`minlaydi.


Qor o`zidan sovuqni sekin o`tkazganligi tufayli u o`simliklarni sovuq urishdan saqlashga xizmat qiladi. Jumladan Respublikamiz lalmikor dehqonchiligi rivojlangan tumanlarida g`allazorlar orasiga qayrag`ochlardan ixotalar tashkil qilingan, ular hosilni ortishiga sabab bo`lgan. Chunki qor ostidagi maysalar sovuq urushdan saqlanib, tuproq muzlamagan.
Qorning salbiy ta`sirini ko`plab qor yoqqan yillarda (30-40sm) kuzatish mumkin. Bunda qor ostidagi o`simliklar sarg`ayib chirigan. Shudring va qirovning o`simlikka ta`siri yaxshi o`rganilmagan, lekin havo namligini oshishiga sabab bo`ladi. Do`l o`simlikka asosan salbiy ta`sir ko`rsatadi. U daraxt gullarini to`kadi, mevasini zararlaydi.
Tuproqdagi suvlar xilma xil bo`lib ulardan o`simlik foydalanadigani gravitatsion va kapilyar suvlar hisoblanadi. Foydalanolmaydiganlariga esa pardasimon, kolloid va gigraskopik suvlar kiradi.


Iqlim tushunchasi oʻz ichiga muayyan hududda uzoq vaqt davomida yigʻilgan haroratnamlikatmosfera bosimishamolyogʻin va boshqa meteorologik parametrlar statistikalarini oladi. Ushbu parametrlarning uzoq vaqt emas, balki muayyan vaqtdagi holatlariga ob-havo deyiladi. Boshqacha aytganda, iqlim — bu biror joydagi ob-havo holatlari toʻplamidir.
Iqlim — yer yuzasining quyosh nurlariga nisbatan ogʻishiga bogʻliq ravishda obhavoning muayyan joyga xos boʻlgan koʻp yillik maromi, yaʼni biron joyda boʻladigan obhavo sharoitlarining majmui va mavsumiy geografik oʻzgarishi; quyosh radiatsiyasi, yer toʻshama sirti xususiyatlari hamda ular bilan bogʻliq atmosfera dirkulyasiyasi taʼsirida vujudga keladi. Har bir joy iqlimi uning boshqa joylardagi iqlimga nisbatan oʻziga xos xususiyatlari haqida koʻp yillik meteorologik kuzatishlar natijasidagina toʻla tasavvurga ega boʻlish mumkin. Iqlim atmosfera va faol qatlam (yer yuzasi)da betoʻxtov davom etadigan tabiiy (iqlim hosil qiluvchi) jarayonlar (issiqlik, kinetik va b. shakldagi energiyalarning oʻzgarishlari, suvning bugʻlanishi, suv bugʻining suyuklikka aylanishi, namning bir joydan ikkinchi joyga koʻchishi va h. k.) natijasidir. Yer sharining turli nuktalarida iqlimning turlicha boʻlishi iqlim hosil qiluvchi omillarning har xil boʻlishiga, yaʼni bu jarayonlar sodir boʻladigan oʻsha geografik sharoitlarga bogʻliq. Geografik omillardan eng muhimlari joyning kengligi va balandligi, dengiz sohiliga yaqin-uzokligi, orografiya va oʻsimlik qoplamining xususiyatlari, qor va muzning bor-yoʻqligi, atmosferaning ifloslanganlik darajasi hisoblanadi. Bu omillar kengliklar boʻylab turli iqlimlarning shakllanishiga sabab boʻladi.
Yerni shakli, uning Quyosh atrofidagi harakati va ekliptika tekisligiga qiyaligi, yer yuziga quyosh energiyasi turli kengliklarda turlicha tushi-shi, Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanishi natijasida havo va suv harakatlari yoʻnalishini oʻzgartirishiga taʼsiri va bu taʼsirning yuqori kengliklarda kuchli boʻlishi Iqlimni hosil qiluvchi astronomik omillar hisoblanadi. Biroq bir kenglikning oʻzida ham Iqlim qosil qiluvchi jarayonlar tabiiy geografik omillarga, yaʼni yer yuzasining quyidagi xususiyatlariga bogʻliq holda turlicha boʻladi: a) quruqlik va suv is-siqlikni yutish, saklash va qaytarish, namni bugʻlantirish, havo oqimlariga taʼsir etish xususiyatiga ega; b) quruqlik relyefi havo oqimlarining tutilib qolishiga, keskinlashuviga va oʻzgarishiga, yerning turli yoqlariga kuyosh nurining turli miqdorda tushi-shiga, yer yuzasidan suvning oqib ketish ketmasligiga va b. ga ham taʼsir koʻrsatadi; v) turli togʻ jinslaridan tarkib topgan quruqlik mintaqalari har xil issiqlik oʻtkazish xususiyatiga ega.
Yer yuzida iqlim sharoitlarining turlicha boʻlishiga asosiy sabab astronomik va tabiiy-geografik omillar hisoblanadi. Ular yer yuzidagi hodisa va ja-rayonlarga yo butunlay bogʻlanmagan yoki, asosan, endogen jarayonlar taʼsiri ostida juda sekin oʻzgaradi. Bu omillarning eng katta tafovutlari (mas, tropik va moʻʼtadil kengliklar oʻrtasida, qitʼalar va okeanlar oʻrtasida) havo oqimlarining umumsayyoraviy tizimini — atmosferaning umumiy dirkulyasiyasini yuzaga keltiradi. Bu oqimlar issiqlik va namni yer sharining bir qismidan ikkinchi qismiga koʻchiradi, atmosferaning turli vertikal qatlamlari boʻylab issiklik va nam almashinuvini vujudga keltiradi, bulutlar va yogʻinlar hosil qiladi yoki ularning hosil boʻlishiga yoʻl qoʻymaydi, atmosfera bilan faol qatlam oʻrtasidagi oʻzaro taʼsirni jiddiy oʻzgartiradi. Har bir joyda havo oqimlariga bogʻliq holda havo salqin yoki issiq boʻladi, yuqoriga koʻtariladigan yogʻinli havo oqimlari, yo boʻlmasa, te-padan pastga tushadigan quruq va iliq havo oqimlari koʻproq boʻladi. Issiqlikning dunyo okeanlarida turlicha taqsimlanishi va atmosfera dirkulyasiyasi tufayli dengiz oqimlarining paydo boʻlishi ham iqlimni shakllantirishda muhim rol oʻynaydi. Oqimlar okeanning turli qismlarida yo anomal is-siq, yoki anomal sovuq faol qatlam hosil qilib, shu orqali atmosfera dirkulyasiyasiga va bevosita dengiz ustida iqlim shakllanishiga taʼsir etadi.
Oʻrta Osiyo hududining atmosfera dirkulyasiyasida arktika, moʻʼtadil va tropik havo oqimlari ishtirok etadi. Bu yerlarda yilning sovuq fasllarida moʻʼtadil mintaqa kontinental havo massalari ustunlik qiladi va, ayniqsa, siklon faoliyati jadallik bilan rivojlanadi. Bu esa qish faslining juda oʻzgaruvchan, odatda, seryomgʻir va koʻpincha, sovuq boʻlishiga olib keladi. Yilning sovuq boʻlmaydigan davrlarida Turon pasttekisligidagi choʻlning juda qizib ketishi tufayli past bosimli havo qatlami vujudga keladi. Bu yerga kirib kelayotgan havo oqimlari yer sirtidagi issiq toʻshamaning kuchli taʼsiriga duch keladi, ularda jadal oʻzgarishlar jarayoni yuz beradi. Natijada issiq va quruq Turon kontinental tropik havo oqimi vujudga keladi. Transformatsiya (havo oqimining oʻzgarishi) taʼsirida siklonli jarayonlar shu qadar sezilmaydigan dara-jada oʻtadiki, faqat temperatura qisman oʻzgaradi va bulutlar paydo boʻladi, nisbatan barqaror issiq va quruq obhavo vujudga keladi.
Oʻrta Osiyo hududidagi iqlimning oʻziga xos xususiyati qurgʻoqchilikdir, bu esa hududning tabiiy namgarchilik maromi bilan bogʻliq. Namgarchilik maromining shakllanishida atmosfera yoginlarining ahamiyati katta. Yillik yogʻinning koʻproq qismi —30 —50 % i bahorga, 30—35 % i qishga va 15—20 % i kuzga toʻgʻri keladi. Yoz oylarida yogʻingarchilik juda kam — yillik yogʻinning 5—10 % ini, jan. hududlarda 2—3 % ini tashki l qiladi. Yogʻinlarning fasllar boʻyicha notekis taqsimlanishi sovuq mavsumlarda siklon faoliyatining jadal rivojlanishi (ayniqsa, eng ser-yogʻin oylar —mart—apr.), yozda esa termik depressiya kuchayishi bilan bogʻliq. Yogʻinlar yildan-yilga oʻzgarib turadi, ayrim yillarda esa yogʻin oʻrtacha (koʻp yillik) yogʻinlar miqsoriga nisbatan 1,5—2 marta koʻproq (mas, 2002-yil bahorda Oʻzbekiston hududida shunday hol yuz berdi), qurgʻoqchilik yillarida esa 3—4 marta kam boʻladi. Yogʻingarchilikning oʻzgaruvchanligi, ayniqsa, quruq issiq oylarda kuchayadi, ayrim yillarda yozda yogʻingarchilik butunlay boʻlmay-di, ayrim yillarda esa bir necha kun ichida bir yillik yogʻin yogʻishi mumkin (qarang Atmosfera yogʻinlari).
iqlimni hosil qiluvchi ikkilamchi omillar ham boʻlib, ular quyidagilardan iborat: a) faol qatlamning al-bedosi va b. xususiyatlarini oʻzgartirib yuboradigan quruklikdagi qor va muzliklar hamda dengizlardagi muzliklar; b) faol qatlamning suv oʻtka-zuvchanligi, issiklik sigʻimi, issiqlik oʻtkazuvchanligi, albedosi, gʻadir-budirligi, bugʻlatish qobiliyatini va b. xususiyatlarini oʻzgartirib yuboradigan oʻsimliklar (ayniqsa, oʻrmon) va tuproq qoplami.
Okeanlarda iqlimning har bir elementa geografik kenglikning oʻzgarishiga, bir dengiz oqimi taʼsiridagi hududdan ikkinchi oqim taʼsiridagi hududga oʻtishiga, joyning atmosfera umumiy dirkulyasiyasiga nisbatan tutgan oʻrniga qarab asta-sekin oʻzgarib boradi. Iqlimning faqat okeanlardagina sof holda kuzatiladigan bunday asta-sekin oʻzgarishi makroiqlimiy oʻzgarishlarga sabab boʻladi. Quruklikdagi makroiqlimning asta-sekin oʻzgarishiga relyef, oʻsimlik, suv havzalari va h. k. taʼsir etadi. Yirik va oʻrtacha relyef shakllari, oʻrmonlar, dalalar, koʻllar, yirik shaharlar va b. taʼsirida bir necha km yoki bir necha oʻn km masofada iqlim elementlarining uzluksiz oʻzgarib turishi mahalliy iqlimni vujudga keltiradi. Iqlim elementlarining kichikkichik daraxtzorlar, sayhonliklar, tepaliklarning turli tomonga qaragan yon bagʻirlari, shahar koʻchalari, maydonlari va h. k. taʼsirida bir necha yuz yoki bir necha oʻn m masofada oʻzgacha boʻlishi joyning mikroiqlimiy sharoitlari deb ataladi. Yer sharida iqlimning nihoyatda turli-tuman boʻlishi iqlimiy hududlashtirishni, yaʼni mintaqa (akvatoriya)larni iqlimiy tafovutga qarab qismlarga ajratishni taqozo qiladi. Iqlimiy chegaralarni aniqlashda, koʻpincha, tabiiy chegaralardan foydalaniladi. Iqlimiy hududlashtirishning maxsus sxemalari amaliy iqlimshunoslik masalalarini hal etish bilan bogʻlangan boʻlib, meteorologik sharoitlarning oʻrganiladigan obyekt (ekinlarning rivojlanishi va hosili, transport va turli xil inshootlardan foydalanish, turli xil iqlim sharoitida inson oʻzini qanday his qilishi)ga taʼsirini tadqiq qilish natijalariga asoslangan. Masalan, paxtaning maʼlum navini yetishtirish uchun vegetatsiya davrida temperaturaning minimal yigʻindisi 4000° boʻlishi kerak boʻlsa, samarali harorat yigʻindisi haritadagi 4000° ga teng boʻlgan izochi-ziq paxta oʻstirish mumkin boʻlgan hududni chegaralab beradi. Qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarining tarqalish chegarasi, ularning mahsuldorligi koʻp jihatlardan iqlim sharoitlariga bogʻliq. Bu sharoitlarni hisobga olish qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini ixtisoslashtirish, qadimgi oʻsimliklarini joylashtirish va ularni yangi hududlarga siljitishda, agrotexnik, meli-orativ va b. tadbirlar tizimlarini ishlab chiqishda, ekinlarning yangi navlarini yaratish va boshqada juda zarur. Yer sharining turli qismlarida iqlim omillarining tabiiy-geografik ja-rayonlarga taʼsirini chuqurroq oʻrganish maqsadida rus geofizigi M. Iqlim Budiko shu joyning yillik radiatsiya balansi va quruklik indeksidan foydalanishni, iqlimiy hududlashtirishga genetik yondashish usulini tavsiya etadi. Bu usul bilan Yer shari iqlimiy jihatdan turlicha boʻlgan xududlarga aj-ratiladi. Rus iqlimshunosi B. P. Ali-sovning hozirgi kunda keng foydalaniladigan va juda mukammal iqlimiy hududlashtirish sxemasi genetik yondashish usuliga asoslangan. Bu sxemaga turli geografik kengliklarda yer yuzasi bilan atmosferaning issiqlik va namlik almashinuvi taʼsirida vujudga keluvchi havo massalarining geografik turlari asos qilib olingan. B. P. Alisov Yer sharini iqlim hosil boʻlish jarayoni bir-biridan keskin farq qiladigan 7 ta iqlim mintaqasiga ajratgan. Uzluksiz va tez-tez oʻzgarib turadigan obhavoga nisbatan iqlim turgʻunlik xususiyatiga ega va u oʻn hamda yuz yillar mobaynida juda kam oʻzgaradi.
Keyingi 1000-yil ichida 20-asr eng iliq davr hisoblanadi. Jumladan, 90-yillar eng iliq oʻn yillik sanalib, havoning oʻrtacha harorati global miq-yosda 0,3°—0,6° yuqori boʻlgan. Iqlim oʻzgari-shini baholashda yaqin 30 yillik (1961—90) dagi oʻrtacha meʼyor qabul qilingan. Oʻzbekistonda tayanch gidrometeorologiya stansiyalari (Urganch, Tomdi, Qorakoʻl, Qarshi, Sherobod, Samarkand, Jizzax, Toshkent va Fargʻona)ning koʻp yillik kuzatuv maʼlu-motlariga qaraganda, oʻrtacha yillik havo harorati koʻtarilib bormoqda. 2000-yil havoning oʻrtacha harorati iqlimiy meʼyordan 1,13° yuqori boʻlib, 1941-yil-dagidek iliq boʻlgan. Oʻzbekistonda ekstremal iliq (meʼyordan G goqori) boʻlgan — 1941, 1983, 1995, 1997 va 2000-yillarni koʻrsatish mumkin. Respubli-kada keyingi 10 yillikda yogʻin-sochin miqdori kam boʻlgan (meʼyorning 63— 67 foizi) — 1995, 1996 va 2000-yillarni koʻrsatish mumkin. Havo haroratining oʻrtacha oylik minimal va maksi-mal qiymatlarini ikki meʼyoriy davrga (1931-60, 1961-90) nisbatan qiyosiy tahlili Oʻzbekistonda isishning davom etishini koʻrsatmoqda. Tabiiy ofatlar (mas, dul, tuman, oʻrmondagi katta yongʻinlar va b.)ning oldini olish maqsadida atmosferaga faol taʼsir koʻrsatilmoqda. Lekin bu sunʼiy taʼsirlar hudud iqlimiga deyarli taʼsir etmaydi.
Oxirgi oʻn yilliklarda Orol boʻyida gidrologik maromning haddan tashqari salbiy oʻzgarishlari, Orol dengizi tangligi, bu xududdagi sharoitning rivojlanish tendensiyasi, hav-zadagi Amudaryo deltasining suv bilan taʼminlanishi bugʻlanishning hozirgi vaqtdagi va iqlim oʻzgarishidagi maromini, uning chegarasida tabiat landshaftlari ekologik holatini batafsil oʻrganish lozimligini taqozo qiladi. Ku-zatilgan isish barcha togʻ muzliklar maydonining qisqarishiga sabab boʻlmoqda. Aerofotokuzatuv maʼlumotlariga qaraganda Pomir-Olay muzliklari 1957—80 yillar davrida 19 % suvni yoʻqotdi. Keyingi yillarda qam togʻ muzliklarining qisqarish jarayonlari davom etmoqda. Bu esa oʻz navbatida togʻdagi daryo oqimlarining qisqari-shiga va hududni yanada aridlanishi (quruklanishi) ga olib keladi.



Yüklə 23,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin