2000-yil havoning oʻrtacha harorati iqlimiy meʼyordan 1,13° yuqori boʻlib, 1941-yil-dagidek iliq boʻlgan. Oʻzbekistonda ekstremal iliq (meʼyordan G goqori) boʻlgan - 1941, 1983, 1995, 1997 va 2000-yillarni koʻrsatish mumkin. Respubli-kada keyingi 10 yillikda yogʻin-sochin miqdori kam boʻlgan (meʼyorning 63— 67 foizi) - 1995, 1996 va 2000-yillarni koʻrsatish mumkin.
Havo haroratining oʻrtacha oylik minimal va maksi-mal qiymatlarini ikki meʼyoriy davrga (1931-60, 1961-90) nisbatan qiyosiy tahlili Oʻzbekistonda isishning davom etishini koʻrsatmoqda. Tabiiy ofatlar (mas, dul, tuman, oʻrmondagi katta yongʻinlar va b.)ning oldini olish maqsadida atmosferaga faol taʼsir koʻrsatilmoqda. Lekin bu sunʼiy taʼsirlar hudud I.iga deyarli taʼsir etmaydi.
XX asrning Oxirgi oʻn yilliklarda Orol boʻyida gidrologik maromning haddan tashqari salbiy oʻzgarishlari, Orol dengizi tangligi, bu xududdagi sharoitning rivojlanish tendensiyasi, havzadagi Amudaryo deltasining suv bilan taʼminlanishi bugʻlanishning hozirgi vaqtdagi va I. oʻzgarishidagi maromini, uning chegarasida tabiat landshaftlari ekologik holatini batafsil oʻrganish lozimligini taqozo qiladi.
Kuzatilgan isish barcha togʻ muzliklar maydonining qisqarishiga sabab boʻlmoqda. Aerofotokuzatuv maʼlumotlariga qaraganda Pomir-Olay muzliklari 1957—80 yillar davrida 19% suvni yoʻqotdi. Keyingi yillarda qam togʻ muzliklarining qisqarish jarayonlari davom etmoqda. Bu esa oʻz navbatida togʻdagi daryo oqimlarining qisqari-shiga va hududni yanada aridlanishi (quruklanishi) ga olib keladi.
Iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq holda yuz bergan ob-havo va tabiiy ofatlar oxirgi 10 yil ichida 410 mingdan ko‘proq kishining hayotini olib ketgan. Bu haqda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish iqlim o‘zgarishi va bu o‘zgarishlarga moslashuvga bag‘ishlangan sammitda ma'lum qildi.
Bunday falokatlardan birinchi navbatda nochor davlatlar aholisi aziyat chekkan. BMT bosh kotibining Jahon meteorologiya tashkiloti ma'lumotlariga tayanib ma'lum qilishicha, oxirgi 50 yil ichida iqlim, ob-havo sharoiti bilan bog‘liq 11 mingga yaqin tabiiy ofat yuz bergan. Ulardan ko‘rilgan umumiy zarar 3,6 trln dollarni tashkil qilgan.