Mac, paxtaning maʼlum navini yetishtirish uchun vegetatsiya davrida temperaturaning minimal yigʻindisi 4000° boʻlishi kerak boʻlsa, samarali harorat yigʻindisi haritadagi 4000° ga teng boʻlgan izochi-ziq paxta oʻstirish mumkin boʻlgan hududni chegaralab beradi. Qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarining tarqalish chegarasi, ularning mahsuldorligi koʻp jihatlardan I. sharoitlariga bogʻliq.
Bu sharoitlarni hisobga olish qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini ixtisoslashtirish, qadimgi oʻsimliklarini joylashtirish va ularni yangi hududlarga siljitishda, agrotexnik, meli-orativ va b. tadbirlar tizimlarini ishlab chiqishda, ekinlarning yangi navlarini yaratish va boshqada juda zarur. Yer sharining turli qismlarida I. omillarining tabiiy-geografik ja-rayonlarga taʼsirini chuqurroq oʻrganish maqsadida rus geofizigi M. I. Budiko shu joyning yillik radiatsiya balansi va quruklik indeksidan foydalanishni, iqlimiy hududlashtirishga genetik yondashish usulini tavsiya etadi. Bu usul bilan Yer shari iqlimiy jihatdan turlicha boʻlgan xududlarga aj-ratiladi.
. Rus iqlimshunosi B. P. Ali-sovning hozirgi kunda keng foydalaniladigan va juda mukammal iqlimiy hududlashtirish sxemasi genetik yondashish usuliga asoslangan. Bu sxemaga turli geografik kengliklarda yer yuzasi bilan atmosferaning issiqlik va namlik almashinuvi taʼsirida vujudga keluvchi havo massalarining geografik turlari asos qilib olingan.
B. P. Alisov Yer sharini I. hosil boʻlish jarayoni bir-biridan keskin farq qiladigan 7 ta I. mintaqasiga ajratgan. Uzluksiz va tez-tez oʻzgarib turadigan obhavoga nisbatan I. turgʻunlik xususiyatiga ega va u oʻn hamda yuz yillar mobaynida juda kam oʻzgaradi.
Keyingi 1000-yil ichida 20-asr eng iliq davr hisoblanadi. Jumladan, 90-yillar eng iliq oʻn yillik sanalib, havoning oʻrtacha harorati global miqyosda 0,3°—0,6° yuqori boʻlgan. I. oʻzgari-shini baholashda 30 yillik (1961—90) dagi oʻrtacha meʼyor qabul qilingan. Oʻzbekistonda tayanch gidrometeorologiya stansiyalari (Urganch, Tomdi, Qorakoʻl, Qarshi, Sherobod, Samarkand, Jizzax, Toshkent va Fargʻona)ning koʻp yillik kuzatuv maʼlu-motlariga qaraganda, oʻrtacha yillik havo harorati koʻtarilib bormoqda.