1-amaliy mashg’ulot Mavzu: Iqlimlashtirilgan dorivor o’simliklardan xalq tabobatida foydalanish Rozmarin va tog’ jambildan foydalanish usullari
Dars maqsadi: Talabalarning rozmarin va tog’ jambilning dorivorlik xususiyatlari to’g’risidagi bilimlarini boyitish, ulardan to’g’ri foydalanish usullarini o’rgatish, amaliy ko’nikmalarni shakllantirish.
Umumiy ma’lumot: Rozmarin (Rosmarinus officinalis) labguldoshlar (Labiatae)oilasiga mansub, ko’p yillik dorivor o’simlik bo’lib, bo’yi 1,5–2 m gacha etadigan doim yashil buta. Poyasi tik o’sib, yosh novdalari to’rt qirrali, oqish qalin, quyuq tuklar bilan qoplangan. 3-4 yillik shoxlari yogo’ochlashgan. Ildiz sistemasi baquvvat, kuchli rivojlanib, tuproq ichiga 3-4 m gacha kirib boradi. Barglari mayda, qisqa bandi bilan poyada qarama-qarshi joylashgan, etli, uzunligi 4 sm gacha, eni 2-3 mm keladi. Cho’zinchoq qalami shaklda. Gullari mayda, och pushti yoki oqish binafsha bo’lib, ikki labli. Gullari shoxchalardagi barg qo’ltig’idan o’sib chiqib, qalin popuksimon to’pgulni tashkil etadi. Mevasi kosacha barg bilan birlashgan yumaloq tuxumsimon 4 ta yongo’oqchadan iborat. Urug’i silliq, mayda, och jigarrang yoki to’q jigarrangda, yaltiroq, cho’zinchoq yongo’oqcha. Erta bahorda fevral oyidan may oyigacha gullab turadi. Kamdan kam hollarda kuzda sentabr-oktabr oylarida ikkinchi marta gullaydi.
Geografik tarqalishi. Vatani O’rtaer dengizi mamlakatlari bo’lib, G’arbiy Yevropa janubida Madeyra orollaridan Kichik Osiyogacha, Afrikada esa Aljir va Tunisdan tortib markaziy rayonlargacha keng tarqalgan. Sharqda Kichik Osiyoning Turkiya va Livan hududlarida uchraydi. Buxoro florasida bu turning uchramasligi o’rganildi.
Kimyoviy tarkibi. Rosmarinus officinalis L. tarkibida efir moylarini ko’p saqlashi bilan qimmatlidir. Efir moyininig katta miqdorini gullash davriga o’tish vaqtida hamda meva hosil davrida to’playdi. Efir moylarini gidrodistillyasiya (buѓlantirib toza, sof suv, suyuќliќ ћosil ќilish) usulida ajratib olinadi. Bir yillik novdalardan olingan efir moylari och yashil rangli, havoni tozalovchi xushbo’y hidli suyuqlik bo’lib, pinin (30 %), kamfora (7 %), kariofilen va bornelasetatdan tarkib topgan. Shuningdek barglarida alkaloidlar, kislotalar, oshlovchi moddalar, smolalar, achchiq tao’mni uchratish mumkin.
Ishlatilishi. Hozirgi kunda Rosmarinus officinalis L. o’zining shifobaxshlik xususiyati bilan tibbiyotda o’z o’rnini topgan. Rozmarindan dorivor kukun tayyorlash uchun uning yer ustki organlari tarkibidagi efir moyidan foydalaniladi. Ayniqsa, rozmarin organlaridan ajratib olib tayyorlangan rozmarin moyi juda qimmatli hisoblanadi. Bronxial astmada o’simlik qaynatmasidan har kuni isteo’mol qilish tavsiya etiladi. Qon bosimi tushirishda, yurak faoliyati o’zgarishida, hayz ko’rish jarayonini tezlatishda rozmarin bargidan tayyorlangan qaynatmadan davolovchi vosita sifatida foydalanilgan.
Xalq tabobatida bir yillik novdalaridan isteo’mol qilganda jinsiy zaiflikda quvvatni oshiruvchi, ayollarda klimaks (jinsiy bezlar faoliyatining, hayz ko’rishning to’xtay borish davri) davrida nerv faoliyatining buzilishini tartibga soluvchi, yurak sohasi ogo’riganda va oshqozon sanchiganda og’riq qoldiruvchi, oshqozon-ichak kasalliklarida oshqozon shirasi ajralishini kuchaytiruvchi va hazm qilishni yaxshilovchi vosita sifatida ta’sir ko’rsatadi. Nevralgiya (asab sistemasining biror eri kasallanishi yoki yalligo’lanishi natijasida paydo bo’ladigan og’riq), revmatizm, parotit, trombofibit kasalliklarida, yaralar bitishida surtma sifatida foydalanilsa ijobiy natija beradi. Bosh aylanishi va asab buzilishida xuddi choy kabi damlab ichish tavsiya etiladi.
Rozmarin moyi kuchli antiseptik va tetiklantiruvchi ta’sir ko’rsatib, qon aylanishi va hujayralarning tiklanishini tezlashtiradi. Shuning uchun yogo’li terida qon aylanishi buzilganda foydalaniladi. Ajoyib burishtiruvchi xususiyati bilan teridagi teshikchalarni toraytirib, terini yuzasini silliqlaydi va qora husnbuzarlardan tozalaydi. Teshikchalarni qisqartirishi bilan teri yuzasiga shira ajralishiga to’sqinlik qiladi.
Quruq va so’lg’in teri uchun ham yaxshi ta’sir ko’rsatib, qon aylanishi kuchaytiradi, teridagi shishlarni ketkazib, qayishqoqligini tiklaydi, teridagi suv balansini tartibga solib, teri rangini yaxshilaydi. Rozmarin teri yuzasini tekislab, dago’al joylarini yumshatadi va qotib qolgan bezlarni ketkazadi, teri epidermisining qayishqoqligi va nafisligini tiklaydi. Bundan tashqari teridagi ajin va burmalarni tekislab, har xil pigmentli dogo’larni ketishini osonlashtiradi.
Qo’llaniladigan qismi. O’simlikning yer ustki qismlari.