Ma’lumki, o’simlik dunyosi inson sog’ligini saqlashda asosiy vositalardan biri sifatida unga xizmat qilib kelmoqda. Odamlar o’simlik mevasi, o’ti, ildizi, po’stlog’i va boshqa qismlarini yig’ib turli xastaliklarda ishlatilib kelganlar. Xalq tabobatida shifobaxsh o’simliklardan foydalanish o’zining boy tarixiga ega. Hozirgi paytda bemorlarni davolashning bir turi sifatida fitoterapiya o’z o’rnini topdi, tan olindi va rasmiy ravishda qabul qilingan.
Ayniqsa, XXI asrning boshlanishi va hozirgacha bemorlarni shifobaxsh o’simliklar bilan davolashga qiziqish ancha yuqori. Statistika bo’yicha turli davlatlarda shifokorlar tomonidan tavsiya etilayotgan dori vositalarini 20 - 60% ni dorivor o’simliklarning preparatlari tashkil etadi.

Fitoterapiya fanini umumiy va xususiy bo’limlarga bo’lib o’rganiladi.
Fitoterapiyaning umumiy bo’limida dorilarni organizmga yuborish yo’llari, dori moddalarining organizmda tarqalishi, ularning to’planishi, qanday o’zgarishlarga uchrashi va organizmdan chiqarilishi ko’rib chiqiladi.