Fitoterapiyada dorivor o’simliklardan tayyorlangan va ulardan ajratib olingan biologik faol moddali preparatlar turli dori shaklida tayyorlanadi va tayyor holda chiqariladi: damlama, qaynatma, tindirma, quruq va suyuq ekstrakt. O’simlikdan ajratib olingan biologik faol moddalarni saqlagan preparatlar esa tabletka, eritma, iny’ektsiya uchun ampulida va boshqa dori shaklida chiqariladi

Fitopreparatlarni shifobaxsh ta’siri ko’p tomondan ularning dori shakliga ham bog’liqdir. SHuning uchun fitopreparatlarni tayyorlashda davlat farmakopeyasi bo’yicha dori shakllari tayyorlanadi va boshqa preparatlar singari farmakologik va tegishli davlat muassasasi ruxsati bilan klinik tekshiruvdan o’tadi. Dorilarning ta’sir qilish tezligi, kuchi va muddati ularni organizmga yuborish yo’llariga ko’p jihatdan bog’liqdir. SHu bilan birga bu yo’llarning har biri o’z xususiyati bilan ajralib turadi.

FITOTERAPIYANING QISQACHA TARIXI
Turli o’simliklar bilan davo sifatida foydalanish juda qadim zamonlardan ma’lum. Ibtidoiy davrda odamlar atrof-muxitdagi o’simliklardan faqat oziq-ovqat uchun emas balki ularning bezararligidan davo etish maqsadida turli shikastlanishlarda, xastalanishlarda qo’llaganlar. O’simliklarni bunday xususiyatlari ogizdan-ogizga o’tib, keyinchalik yozuv paydo bo’lishi bilan ular to’g’risidagi ma’lumotlar yozib qoldirilgan. Bunga misol qilib eramizdan ancha oldin qoldirilgan “Ebers” papirusi, sopolga yozilgan ta’lumotlarni keltirish mumkin.