Iqtidorli bolalar bilan ishlash texnologiyasini takomillashtirish boqiyeva Nozimaxon 2-kurs magistranti


TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL



Yüklə 293,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix14.06.2023
ölçüsü293,8 Kb.
#130070
1   2   3
iqtidorli-bolalar-bilan-ishlash-texnologiyasini-takomillashtirish

TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL 
Umumiy ta’lim maktablarida iqtidorli o‘quvchilarni maqsadli tayyorlash mazmuni 
quyidagi tartibda amalga oshirilishi mumkin: 
maqsadli dastur bo‘yicha yakka tartibda (individual) o‘qitish; 
chuqurlashtirilgan dastur bo‘yicha o‘qitish (fundamental fanlar, umumkasbiy fanlar); 
oliy ta’lim muassasalari, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi va litsey talablariga 
asoslangan holda maktabda iqtidorli o‘quvchilarning kasbiy, o‘quv-ijodiy va tarbiyaviy 
tayyorgarligining qo‘shimcha yo‘nalishi va ta’lim xizmatlarini joriy etish. 


34 
Iqtidorli o‘quvchini maqsadli tayyorlash dasturlarida ular egallashi zarur bo‘lgan 
quyidagi omillar nazarda tutiladi: 
fanlarni yuqori darajada o‘zlashtirish; 
kompyuter bilimdonligi hamda dasturlashtirishni chuqur bilish; 
chet tillaridan savodxonlik; 
ilmiy-ijodiy ishlarni bajarish jarayonida mustaqil fikrlash, yangi fikr-mulohazalarni 
bildira olish ko‘nikma va malakalarini egallash; 
soha bo‘yicha yangiliklarni tezkorlik bilan egallash; 
davlatning ichki va tashqi siyosatini to‘g‘ri tushunadigan va uni qo‘llab-
quvvatlaydigan, vatanparvar, barkamol inson sifatida o‘zini namoyon etish. 
Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashda ustoz-shogird an’anasiga qat’iy rioya etish 
muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jarayonga ilmiy rahbar sifatida o‘quvchilarni maqsadli 
tayyorlash dasturi bo‘yicha yetarli bilimga ega bo‘lgan o‘qituvchilar jalb etiladi. Bunday 
qobiliyatli o‘quvchilarga ilmiy rahbar etib ijodiy va uslubiy ishlash tajribasiga ega bo‘lgan 
o‘quv-uslubiy va ilmiy faoliyati bo‘yicha reytingi yuqori bo‘lgan o‘qituvchilar tanlanadi [2]. 
Iqtidorli o‘quvchilarning ilmiy rahbarlari zimmasiga quyidagi vazifalar yuklati- ladi: 
iqtidorli o‘quvchilarni maqsadli tayyorlash dasturini yaratish va uni amalga 
oshirishga rahbarlik qilish; 
iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash bo‘yicha yetakchi xorijiy davlatlardagi ilg‘or 
tajribalarni bilish va ularni o‘z faoliyatida qo‘llash;
yangi pedagogik texnologiyalarni o‘quv jarayoniga tatbiq qilish; 
kompyuter texnologiyasi va video, audiotexnikalar, elektron darsliklarni keng 
qo‘llash; 
maqsadli dasturni muvaffaqiyatli bajarayotgan iqtidorli o‘quvchilarni moddiy va 
ma’naviy rag‘batlantirish. 
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida iqtidorli bolalar bilan ishlashni tashkil etishning 
o‘ziga xos tizimi mavjud bo‘lib, unda muassasada mavjud barcha sub’ektlar ishtirok etadi. 
Jumladan, maktab direktori va uning o‘rinbosarlari, uslubiy birlashmalar, sinf murrabbiysi, 
xotin-qizlar va yoshlar tashkilotlari, ota-onalar hamda barcha o‘qituvchi-murabbiylar shular 


35 
jumlasidandir [4]. Mazkur sub’ektlarning iqtidorli bolalar bilan ishlashda o‘z vazifalari 
bo‘lib, ular yagona maqsadni amalga oshiradilar. 
Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash orqali ta’lim muassasalari o‘z oldiga qo‘ygan 
vazifalarni, ya’ni yoshlarni mustaqil fikrlash, bo‘sh vaqtlarini tashkil etish, ularning birorta 
kasb-hunar egallashi uchun poydevor yaratish, iqtidorli, ijodkor o‘quvchilarni 
rag‘batlantirish ishlarini mahalla hamkorligida amalga oshirish orqali iqtidorli o‘quvchilar 
safini kengaytirishga erishadi. 

Yüklə 293,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin