Iqtidorli bolalar psixologiyasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari


Pеdagogika va bolalar psixologiyasi



Yüklə 31,41 Kb.
səhifə3/3
tarix20.09.2023
ölçüsü31,41 Kb.
#145900
1   2   3
Iqtidorli bolalar psixologiyasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari

Pеdagogika va bolalar psixologiyasi.
Pеdagogika-ta'lim va tarbiya qonunlari, mеtod va usullari haqidagi fan. U ta'lim va tarbiyaning maqsad va vaeifalarini, ular­ning shaxs taraqqiyoti va jamiyat hayotidagi urnini ochib bеradi. Pеda­gogika va psixologiya fanlarining insonga ta'lim va tarbiya bеrish sohasidagi hamkorligi chuqur tarixga ega. Uz davrida mashxur rus pеda­gogi KA. Ushinskiy pеdagogika barkamol shaxs tarbiyasining rеjasini ishlab chikishi uchun inson haqidagi barcha fanlarning yutuklariga taya­nishi kеrakligi, bu fanlar orasida zsa psixologiya markaziy o’rin egallashini ta'kidlagan edi. Bolaga ta'lim va tarbiya bеrishga oid va­zifalarni hal etishda pеdagogika qanday qilib ta'lim-tarbiya bеrish kеrakligini aytsa, psixologiya nima uchun aynan shynday qilish kеrak­ligini aniqlaydi. Masalan, pеdagogika maktabgacha yoshdagi bolalar ta'limi va tarbiyasida o’yin usullaridan foydalanish kеrakligini ta'kidlaydi. Psixologiya esa buning sababi ushbu yosh davrida o’yin еtakchi faoliyat zkanligini tyshuntiradi.

  1. Iqtidorlik haqida umumiy tushuncha

Iqtidor – bu inson psixikasining butun umr davomida tizimli rivojlanuvchi sifati bо‘lib, insonning boshqa odamlarga nisbatan bir yoki bir necha sohada yuqori natijalarga erishish imkoniga ega ekanligi bilan belgilanadi.
Psixologik lug‘atda “iqtidor” tushunchasi quyidagicha ta’riflanadi:

  1. iqtidor bu – faoliyatning muvaffaqiyatli amalga oshirilishini ta’minlaydigan qobiliyatlarning о‘ziga xos uyg‘unlashuvidir;

  2. iqtidor bu – insonning imkoniyatlari doirasi, faoliyatlari darajasi va о‘ziga xosligini belgilaydigan umumiy qobiliyatlar;

  3. iqtidor bu – aqliy potensial, ta’lim olish qobiliyati va bilish imkoniyatlarining bir butun individual xarakteristikasi;

  4. iqtidor bu – tabiat tomonidan in’om etilgan qobiliyatlar, qobiliyatlar tabiiy asoslarining о‘ziga xosligi va ularning namoyon bо‘lishi darajalari;

  5. iqtidor bu – iste’dodlilik, faoliyatda yuqori natijalarga erishish uchun ichki imkoniyat va sharoitlarning mavjudligi.

Ushbu tavsiflardan kelib chiqqan holda, shuni ta’kidlash mumkinki, iqtidor asosida umumiy intellektual va insonning bilish imkoniyatlarini belgilaydigan, tabiat tomonidan in’om etilgan qobiliyatlar, biror bir faoliyatda (masalan, ta’lim, ijodiy, kasbiy, ilmiy) muvaffaqiyatga erishishni ta’minlaydigan maxsus qobiliyatlar yotadi.
Umumiy qobiliyat egalari yuqori intellektual imkoniyatlarga ega bо‘lib, muammoning yoki biron-bir masalaning yechimini tezda topishi, faoliyatiga ijodiy yondashishi bilan ajralib turadi. Maxsus qobiliyat egalari esa biron-bir aniq (masalan, matematika, musiqa, rasm chizish, shaxmat о‘ynash, sport) faoliyat turiga qobiliyati bо‘lgan va mana shu faoliyat bilan shug‘ullanishni afzal kо‘radilar. Iqtidorli bolalar bu umumiy va maxsus qobiliyatlarni о‘zida mujassam etgan bolalardir. Ular boshqa bolalardan quyidagi belgilari bilan ajralib turadilar:

  • qiziquvchanligi;

  • nutqi, tafakkuri, xotirasining tez rivojlanishi;

  • erta yoshdanoq musiqa, rasm chizish, kitob о‘qish, matematikaga qiziqishi;

  • yuqori darajadagi bilish faolligi va о‘quv faoliyati;

  • masalalarning yechimini topishda maqsadga intiluvchanlik va originallik;

  • tafakkurning unumdorliligi;

Pedagogik nuqtai nazardan umumiy va maxsus qobiliyat yosh davrlarini inobatga olgan holda muhim jihatlarga bog‘liq. Erta yosh davrlar — maktabgacha va kichik maktab yoshida iqtidor umumiy hamda universal qobiliyat sifatida kо‘rilishi va rivojlanishi mumkin. Vaqt о‘tishi bilan bu “umumiy qobiliyat” о‘ziga xos xususiyatlarga ega bо‘lib ma’lum bir yо‘nalishni belgilaydi. Ayni vaqtda bu iqtidor bola tomonidan qay darajada namoyon bо‘layotganligiga e’tibor qaratish kerak bо‘ladi. Aniq namoyon bо‘lgan, ya’ni psixolog, pedagog, ota-onalar tomonidan e’tibor berilgan qobiliyat “aktual”, atrofdagilar payqamaydigan qobiliyat “potensial”qobiliyat deyiladi. Kо‘pgina mashhur olimlar, bastakorlar, rassom va yozuvchilar (masalan, yosh V.A.Motsart, F.Galton, I.Mechnikov, K.Gauss, N.Vinner, G.Leybnits, V.Gyugo) erta yoshdayoq о‘zlarining qobiliyatlarini namoyon qilganlar. Va aksincha kо‘p hollarda bolalikda hech qanday iqtidorga ega bо‘lmagan bolalar yetuklik davrda muvaffaqiyatlarga erishishlari mumkin. Bu aqliy potensialga kо‘pincha atrofdagilar e’tibor bermasliklari mumkin.
Tabiiyki, har bir holatda iqtidorni payqamaslikning sabablari turlidir. Potensial qobiliyat haqiqatdan ham ma’lum bir vaqtgacha namoyon bо‘lmagandir. Balki, ota-onalar pedagoglar va kattalar tomonidan bola qalbining nozik harakatlaridagi о‘zgarishlarga yetarlicha ahamiyat berilmagandir, intuitiv holda buni payqamagandirlar yoki bilimlari yetmagandir. Yoki aksincha, bu narsalarni tushunmaganliklari sababli boladagi buyuk potensial imkoniyatlarni sezmaganlar, va hattoki, bu ijodkorlikni, intellektual tashabbusni negativ xususiyat sifatida qabul qilganlar.
Boshqa, xususiyatlarni esa qadrliroq deb hisoblaganlar, ya’ni, hammamizga
xislatlarni fikrlar originalligi, dadillik, harakatlardagi va mulohaza yuritishdagi mustaqillikdan ustun qо‘yadigan ota-onalar, о‘qituvchilar, oliy о‘quv yurtlari professor о‘qituvchilari, rahbarlar uchraydi. Amerikalik olimlar tomonidan 400 ga yaqin taniqli odamlarning tarjimai holi о‘rganib chiqilganda ulardan 60 foizi maktab ta’limi davrida jiddiy muammolarga duch kelganliklari aniqlandi. Aktual va potensial qobiliyatlar tushunchasining mavjudligi rivojlanishni oldindan prognoz qilish muammosini muhim deb hisoblaydi.
Shaxsning qanday sifatlari va xarakter xususiyatlari, fe’l-atvoridagi va faoliyatidagi fazilatlari kattalarga kelajakda bolaning buyuk olim, rassom yoki davlat arbobi bо‘lishi mumkinligini aniqlashga yordam beradi. Bu savolga javob topish birmuncha mushkuldir. Psixologlar bolaning kelajagini “bashorat” qilish imkonini beradigan qator qonuniyatlarni belgilab berganlar, lekin asoslangan prognozlar berishga hali erishilgani yо‘q. Shu bilan birga jahon pedagogika va psixologiyasi sohasidagi tajriba shuni kо‘rsatadiki, bolaning imkoniyatlariga ishonchning pedagoglar va ota-onalarning mahoratiga yо‘g‘rilganligi mо‘jizalar sodir etishga qodir. Ba’zi hollarda hayotda insonga tabiat tomonidan berilgan qobiliyatdan ham kо‘ra u ana shu xususiyatni qanday rivojlantira olgani muhimdir.
Ulg‘aygan sari bolalarda aqliy salohiyatini о‘sib borishini kuzatish mumkin. Xayotining birinchi 10 yilligida bolalar aqliy faoliyatining eng qiyin davri, kо‘plab yangiliklarni о‘zlashtirish, his-hayajonga tо‘la davr bо‘ladi. Bundan tashqari bolalar yoshligi tufayli nerv sistemasi sezgir bо‘ladi. Hatto oddiy hisoblagan holatlarimiz ham ularning tez qabul qilishiga jiddiy ta’sir kо‘rsatishi mumkin. Bolalarni iqtidori turli yoshlarda namoyon bо‘ladi. Agar bolaning konkret rivojlanish vaqti о‘tkazib yuborilsa, bu kelajakda uning iqtidorini rivojiga tо‘sqinlik qiladi.
Bola iqtidorini sezgan ota-ona va о‘qituvchilar, bunday bolani e’tiborsiz qoldirmasliklari kerak, chunki kelajakda u о‘zini qandaydir iqtidorini kо‘rsatishi mumkin.
О‘z tengdoshlaridan ilgarilab ketgan о‘quvchilar qiyinchilik kо‘rmaydi, degan xayol notо‘g‘ri, bunday bolalarni uyda va maktabda kо‘p qiyinchiliklar kutadi. Kо‘pincha bolalar ularni aqliy faollashuvi ota– onalarning qо‘rquvi va bezovtalanishiga sabab bо‘ladi, asosiysi bolalarga buni bildirmaslik kerak. Boshqa oilalarda bolalariga berilgan iqtidor ularni yaxshi kelajagini ta’minlaydi. Bolalarni rag‘batlantirishadi va ular bilan g‘ururlanishadi. Bunday bolalarda о‘ziga yuqori baho qо‘yish va mensimaslik holati yuzaga kelishi mumkin. Iqtidorli bolalarni о‘qitishda ehtiyot bо‘lish zarur. Ular atrofdagilarni qо‘llashi va tanqidiga juda sezgir bо‘lishadi. Oila sharoitida ham iqtidorli bolalarni «g‘alatiroq» hisoblashlari mumkin.
Shunday qilib iqtidorli bolalar aqliy salohiyatining boshlang‘ich davridayoq muammolarga duch kelishadi. Ularni nafaqat uyda, balki maktabda ham tushunmasliklari mumkin. Maktabda ularni boshqa bolalar bilan birga о‘qitilishi, achinarlisi ular bilgan, ularga endi qizig‘i yо‘q mavzularni о‘qitilishi zeriktiradi. 1-sinfdan ular о‘qish, yozish va hisobni biladilar, boshqa о‘quvchilar alifbe va hisob – kitobni о‘rgangunga qadar iqtidorli bolalar bekorchi bо‘lib qoladilar. Albatta xammasi pedagog mahoratiga bog‘lik, lekin qanchalik pedagog alohida yondashuv bilan butun sinfga dars о‘tmasin, u kuchli о‘quvchilargagina diqqat – e’tiborini qaratishi qiyin. Aqlli va faol о‘quvchi о‘qituvchining diqqatini berilgan vazifalarni tez va oson bajarishi bilan qaratib, о‘qituvchi va tengdoshlariga og‘irligi tushishi mumkin. Bunday о‘quvchilardan kamroq dars sо‘ralishi kuzatiladi, faolligi kerak emasligini kо‘rgan о‘quvchi boshka predmetlarga chalg‘ishi bilan о‘qituvchining mamnuniyatsizligini keltirib chiqaradi. Bora – bora о‘qishni sevuvchi faol bola maktabda о‘zini ortiqcha sezadi va maktab unga kerakmasdek bо‘lib qoladi. Muammoning sababi, iqtidorli bola bilimga chanqoqligi tufayli kо‘proq ma’lumot olishni va kо‘proq dars о‘zlashtirishni hohlaydi, о‘rta ta’lim maktabi dasturi esa u hohlagan bilimni berishga qodir emas. Uzluksiz ta’lim kadrlarni tayyorlash tizimining asosi va kadrlar tayoyrlash milliy modelining tarkibiy kismlaridan biri deb, ta’kidlanadi kadrlar tayyorlash milliy dasturida. Uzluksiz ta’lim tizimi o‘kuv-tarbiya jarayonining hamma boskichlarini kamrab oladi hamda har tomonlama yetuk barkamol avlodni yetishtirish uchun shart-sharoitlar yaratadi. Shu sababli mamlakatimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirishning asosiy tamoyillari (prinsiplari) belgilanadi. Bular ta’limning ustuvorligi, ta’limning demokratlashuvi, ta’limning insonparvarlashuvi, ta’limning ijtimoiylashuvi, ta’limning milliy yo‘nalganligi, ta’lim va tarbiyaning uzviy boglikligi, iktidorli yoshlarni aniklash, yukori darajada bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish kabilar. Jamiyat talab kilayotgan uzluksiz ta’limga tegishli bu konun-koidalar o‘kitish, bilim berish, ya’ni ta’lim jarayoniga ham samarali ta’sir ko‘rsatadi. Pedagogikada ta’limning ilmiy-nazariy, uslubiy asoslari aloxida, ya’ni didaktika kismida o‘rganiladi. Bu jarayonda ta’lim prinsiplariga ham aloxida to‘xtaladi.
Ta’lim (o‘kitish) jarayoni murakkab hamda ko‘p kirralidir. Unda o‘kituvchi va o‘kuvchilar faol ishtirok etadilar. Bu jarayonning muvaffakiyatli va samarali natijasi ta’lim jarayonining konun-koidalari, ya’ni ta’limga ko‘yilgan didaktik talablarga kay darajada amal kilishlariga boglik.
O‘kitish bilish faoliyatining ajralmas kismi sifatida, insonning tevarak-atrofdagi dunyoni bilishning umumiy konunlari asosida sodir bo‘ladi. Shu sababli shaxsni o‘kitish, tarbiyalash, barkamol avlod kilib yetishtirish jarayonida bir butunlikda amalga oshirish zarur. O‘kituvchi kachonki ta’lim tamoyillaridan xabardor bo‘lgandagina uni samarali boshkarish, o‘kitishning samarali usullarini to'g'ri tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuning uchun ham o‘kitish tamoyillari ta’lim jarayonining eng muxim masalalarini nazariy va amaliy jixatdan to‘gri xal kilishning asosiy negizi hisoblanadi.
Ta’lim tamoyillari o‘kuv yurtlari oldida turgan ulkan vazifalar asosida belgilanadi. Ular o‘zaro bir-biri bilan mustaxkam boglik xolda bir sistemani tashkil etadi, har bir darsda didaktik tamoyillarning bir nechasi ishtirok etishi mumkin. Ular ta’lim oldida turgan asosiy maksadlarni xal etishga o‘z hissasini ko‘shadi. Ta’lim tizimi islox kilinayotgan xozirgi jarayonda o‘kuvchi-talabalarga mustaxkam bilim berish, ularni erkin, mustakil fikrlay oladigan insonlar kilib tarbiyalashda, ta’lim tamoyillarining moxiyatini chukur anglash va xayotga tadbik etish muxim muammolardan biridir.
O‘kuv yurtlarida beriladigan bilim ilmiy harakterga ega bo‘lishi fan-texnikaning so‘nggi yutuk va kashfiyotlarini o‘zida ifoda etishi lozim. Shunday ekan, o‘kituvchi ilm-fandagi yangiliklardan xabardor bo‘lishi lozim, o‘kuv fanlari ham ilm-fan asosida yaratiladi. O‘kitishning ilmiylik tamoyillari ta’lim jarayonida o‘kuvchi-talabalarni xozirgi zamon fan-texnika tarakkiyoti darajasidagi ilmiy bilimlar bilan kurollantirish, ayniksa talaba yoshlarni ilmiy-tadkikot usullari bilan tanishtirib borishga karatilgan.
Ilmiylik ta’limning mazmuniga ham, usullariga ham alokadordir. Shunday ekan, bilim, ilm-fan bilan o‘kuv predmeti o‘rtasida hamkorlik o‘zaro bogliklik bo‘lishiga erishish lozim. Ta’limning hamma boskichlarida ilmiy izoxlardan foydalanmok lozim.
Nazariy bilimlarning amaliyot bilan, turmush tajribalari bilan boglab olib borish ta’limning yetakchi koidalaridan hisoblanadi. Ta’lim-tarbiya soxasidagi yutuklar, eng avvalo nazariya bilan amaliyotning o‘zaro boglikligiga asoslanadi. Shundagina o‘kuvchi-talaba o‘rganayotgan o‘kuv materiallarining tub moxiyatini tushunib yetadi va amaliyotda ulardan foydalana oladi. Buning uchun o‘kituvchi ta’lim jarayonida o‘kuvchilarning faol ishtirok etishlariga erishmok lozim. Faol ishtirok esa bilimlarni ongli, tushunib o‘zlashtiriishga olib keladi.
Ta’limdagi onglilik va faollik, o‘kuvchidagi ko‘tarinki kayfiyat, ko‘prok bilishga intilish, mustakil fikrlash va xulosalar chikarishga undaydi. Bilimlarni ongli va faol o‘zlashtirish o‘kitish jarayonining psixologik tomonlarida o‘z ifodasini topadi.
O‘kitishda nazariy bilimlar kanchalik kat’iy bayon etilsa, o‘kuvchi talabaning fikr yuritishi ham shunchalik anik va ravshan bo‘ladi va o‘kuv materiallarini ongli o‘zlashtirish darajasi ham oshadi. Ta’lim tizimi islox kilinayotgan xozirgi jarayonda yoshlarning mustakil fikr yuritishi, mustakil suratda bilim olishga intilishi talab kilinadi. Buning natijasida bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni ijodiy tus oladi. Bunday sharoitda o‘kituvchi o‘kuvchining mashgulotlarga munosabati va bu jarayonda o‘zini kanday tutishga e’tibor bermogi lozim. Yoshlardagi o‘kish istagi ta’lim jarayonining zaruriy va mantikiy kismidir. Shunday ekan, ta’limning samaradorli o‘kituvchining o‘kuvchilarni o‘kishga izchil va muntazam kiziktirib borishiga boglikdir. Buning uchun o‘kituvchi, ularni o‘kishga ijodiy munosabatda bo‘lishga, mustakillikka, ishchanlikka odatlantirishi lozim.
Ta’lim jarayoni, uning mazmuni, unda ko‘tarilgan xayotiy masalalar yoshlar tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli ta’lim, shaxs shakllanishining asosiy manbaidir.
O‘kitib, tarbiya berish deganda bizda ta’lim va tarbiyaning bir-biridan ajralmasligini tushunamiz. Shunday ekan, maktab obro‘si, o‘kituvchi obro‘si, avvalo darsda shakllanadi. Til va adabiyot darsimi, matematika darsimi har doim ularning tarbiyaviy imkoniyatlarini ko‘rabilish, tarbiya usullaridan foydalanish lozim.
Xulosa
Iqtidorli bolalarga alohida yondashilmasa oxir-oqibat о‘rta maktab talabiga javob beradigan bо‘lib qoladi. Natijada uning mustaqil fikrlashi, bilimga chanqoqligi va real imkoniyatlari e’tibordan chetda, talabsiz qoladi.Odatda, iqtidorli bolalardan, boshqa bolalarga nisbatan kо‘proq talab qilinadi. Bunday bolalarda shu davrda tengdoshlari bilan qiyinchiliklar tug‘ilishi, boshlang‘ich maktabni tugatayotganda boshqa bolalar ularni о‘zlaridan uzoqlashtirib, hatto xafa qiladigan laqablar ham qо‘yishadi, bunday vaziyatda iqtidorli bolalar jamoadan ajralib qolmaslik uchun ulardan ortiqroq bilishi va harakatchanligini kо‘rsatmaydi.О‘rta ta’lim maktabida о‘qishga halaqit qiladigan iqtidorli bolalarni asosiy kо‘rsatgichlaridan biri ular uchun berilgan oddiy vazifalarni bajarmasligi va о‘qishga qiziqish yо‘qligidir. Bunday bolalar о‘zlari bemalol о‘zlashtiradigan mashg‘ulotlarni kimdir boshqarishini hohlamaydilar, hatto boshqarilsa xafa ham bо‘ladilar.
Iqtidorli bolalarni о‘qitishni birgina yо‘li iqtidorli sinflar yoki maktablarni tashkil qilinishidadir. Shundagina iqtidorli bolalar maktabni tezroq tamomlab, tezroq о‘zlari hohlagan oliygohlariga kirishlari mumkin. Bu ularga oldilariga qо‘ygan maqsadlariga tezroq erishishlariga sabab bо‘ladi. Iqtidorli bolalar о‘z oldilariga qо‘ygan maqsadlarga erishishi, Vatanimiz kelajagi va ravnaqi uchun salmoqli hissa bо‘ladi.
Xulosa qilib aytganda, bola tarbiyasi kattalarni tarbiya muammolariga e’tiboriga emas, balki bolalarga berayotgan e’tiboriga bog‘liqdir.


ADABIYOTLAR:


1. Karimov I.A. Barkamol avlod- O‘zbekiston tarakkiyotining poydevori.T.1998.
2. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘grisi”dagi Konuni. T. 1998.
3. Goziyev E. Psixolgiya. O‘kuv ko‘llanma. T. 1994.
4. Pedagogika. O‘kuv ko‘llanma. T. 1996.
5. Pedagogika. Kurs leksii. M. 1984.
www.pedagog.uz
www.ziyonet.uz
Yüklə 31,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin