Iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularda ijtimoiy-iqtisodiy sohalar b



Yüklə 15,65 Kb.
tarix09.01.2023
ölçüsü15,65 Kb.
#78786
doklad


Iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash va maqsadli tayyorlashning asosiy - maqsadi Respublikamizning ilmiy va ijodiy salohiyatini rivojlantiruvchi intellektual yoshlarni tayyorlash va bu borada yuksak iste’dod sohiblariga bilimnnng tegishli sohalari va fanning aniq yо‘nalishlari bо‘yicha о‘z tabiiy qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish, о‘zlaridagi noyob iste’dodni rо‘yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratishdir. 
Iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularda ijtimoiy-iqtisodiy sohalar bо‘yicha ijodiy va mustaqil fikrlashni shakllantirish, texnik va texnologik masalalarni hal qilishda ijodiy yondashish kо‘nikmalarini mujassamlashtirish lozim. Buning uchun talaba yoshlarning ongiga mustaqil ta’lim olish zaruratini singdirish talab etiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.10.2020 yildagi PF-6079-sonli farmoniga asosan «Raqamli O‘zbekiston – 2030» strategiyasini hayotga tatbiq etish, raqamli texnologiyalarning hayotimizdagi o‘rni va rolini, ularning yurtimiz bo‘ylab qamrovini jadal sur’atda oshirish to‘g‘risida shuningdek, 2020-2022 yillarda uni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlanishi unga ko’ra Strategiya ikki dasturni: hududlarni raqamlashtirish va tarmoqlarni raqamlashtirishni nazarda tutib, raqamli infratuzilma, elektron hukumat, raqamli texnologiyalar milliy bozori, axborot texnologiyalari sohasida ta’lim va malaka oshirishni rivojlantirish kabi ustuvor yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan. 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan maqsad va vazifalarni, xususan mamlakatda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy «drayver» sifatida belgilanilishi, 2026 yil oxiriga qadar uning hajmini kamida 2,5 baravar oshirish, bunda dasturiy mahsulotlar industriyasi hajmini 5 baravarga oshirish shuningdek milliy iqtisodiyot, sanoat va umuman jamiyatda raqamli transformatsiyani amalga oshirish bo’yicha vazifalari belgilanishi loyihani yanada dolzarbligini ko‘rsatib turibdi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning strategik maqsadlarini inobatga olgan holda, iqtidorli talabalar bilan ishlash jarayonlariga raqamli transformatsiyani joriy qilish hamda xalqaro standartlarga mos ravishda amalga oshirish uchun rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarning amaldagi tajribalarini chuqur o‘rgangan holda “DGS”(Digitial Gifted Students) platformasining yagona tizimini joriy etsak, OTM larning reytingi ko’tarilishi keyinchalik TOP 1000 talikka kirishi va bir qator muammolarni yechimini bartaraf qilishga xizmat qiladi.
Shuni takidlab o’tish joizki, hozirgi kunda O’zbekistondagi OTM larda iqtidorli talabalar bilan ishlash sifatli tashkil etib kelinmoqda. Bu jarayonni yanada yuksaltirish, sifatini yana ham oshirish, bu tizimga yangicha texnologiyalar orqali yondashish hamda bu tizimga raqamli transformatsiyani qo’llashga extiyoj tug’dirmoqda.
(Maqsadi)
Biz bu platforma orqali nafaqat iqtidorlilarni jamlash balki tobora ko'proq iste'dodli talabalarni qaysi sohada yuqori qobilyatga ega ekanliklarini aniqlab o’sha sohada o’z ustida tinimsiz ishlashga yordam berish. Platformaning maqsadi iqtidorli talabalar to’g’risidagi ma’lumotlarni bir tizimda umumlashtirish va ularni kerakli yo’lishda harakatlantirish.
Yüklə 15,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin