TASHQI SAVDOGA TO‘SIQLAR Umuman olganda, jahon bozorlari ham davlatlardagi ichki bozorlar kabi hamma
uchun ochiq raqobat bozori bo‘lishi lozim. Undagi tovar va xizmatlarning narxi
esa jahon bo‘yicha talab va taklifning o‘zaro nisbatidan kelib chiqib belgilanishi
kerak. Lekin afsuski, amalda jahon bozorlarida ahvol boshqacha. Ba’zi davlatlar
o‘z ichki bozorlarini, o‘z ishlab chiqaruvchilarini chet el firmalari bilan bo‘ladigan
raqobatdan himoya qilish maqsadida tashqi savdo-sotiqqa to‘siqlar, cheklashlarni
joriy etadi. Bunday savdo to‘siqlariga quyidagilar kiradi:
1. Tariflar (bojxona boji) — mamlakat chegarasini kesib o‘tayotganda olib
kirilayotgan tovar yoki xizmat uchun to‘lash lozim bo‘lgan soliq to‘lovi. Bojxona
boji import tovarlari narxining oshishiga olib keladi. Davlat tariflar yordamida
mahalliy ishlab chiqaruvchilarni himoya qiladi. Shuningdek, davlat bojxona bojidan
budjetini to‘ldirish uchun ham foydalanadi.
2. Kvota — mamlakat ichki bozoriga chetdan keltirilayotgan yoki undan olib
chiqib ketilayotgan tovar va xizmatlar hajmiga davlat tomonidan o‘rnatilgan yuqori
chegara. Agar kvota muayyan tovar importiga qo‘yilgan bo‘lsa, mamlakatga mazkur
tovardan undan ko‘p olib kirish mumkin emas.
3. Tashqi savdo litsenziyasi va boshqa to‘siqlar — mamlakatga maxsus ruxsat —
litsenziyasiz yoki umuman olib kirish va olib chiqib ketish taqiqlanadigan tovar va
xizmatlar ro‘yxatini joriy etish kabi to‘siqlar. Masalan, Buyuk Britaniyaga ko‘mirni
4. Yuqorida keltirilgan munosabatlar xalqaro o‘zaro manfaatli iqtisodiy
munosabatlarga misol bo‘la oladimi? Javobingizni asoslang.
5. Yuqoridagi rasmlar asosida O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi
iqtisodiy munosabatlar haqida matn tayyorlang.
eksport qilish mumkin emas.
Chet el valutalarini erkin almashtirishni cheklash
ham chet el firmalarining ichki bozorga kirib kelishini cheklaydi.
Davlat milliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, imtiyozli
qarz va soliq imtiyozlari berib, mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning
chetdan keltirilgan mahsulotlardan arzon bo‘lishini ta’minlashi mumkin. Davlat
tomonidan o‘rnatiladigan bunday cheklashlar va chora-tadbirlar
proteksionizm deb
ataladi. Bunday siyosat, iqtisodiyotning tanazzuldan so‘ng tiklanayotgan paytlarda,
vaqtinchalik majburiy chora sifatida qo‘llanishi mumkin. Lekin keyingi paytlarda,
tashqi savdoga bir davlat qo‘ygan to‘siqqa javoban boshqa davlatlar ham qarshi
choralarni qo‘llash hollari tez-tez uchrab turibdi. Masalan, 2008- yili AQSH
po‘lat ishlab chiqaruvchi mahalliy kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida,
po‘lat importi bojini 8% dan 30% ga oshirdi. Bunga javoban, Rossiya AQSHdan
parranda go‘shti importini taqiqladi.
Tashqi savdoni erkinlashtirish deganda unga
qo‘yilgan cheklovlarni yengillashtirib borib, umuman olib tashlash tushuniladi.
Ayni paytda, respublikamiz tashqi savdoni erkinlashtirish yo‘lidan bormoqda.