133 133 132 Aytaylik, tadbirkor Yevropa davlatlari bo‘ylab, xizmat safariga otlandi.
Albatta, unga safar xarajatlari uchun xorijiy davlat valutasi — yevro kerak bo‘ladi.
Tadbirkor O‘zbekiston so‘mini yevroga almashtirish uchun Milliy bankning valuta
ayirboshlash shoxobchalaridan biriga bordi va devorga osig‘liq turgan, yuqorida
tasvirlangan jadvalga ko‘zi tushdi.
1. Agar u uch million so‘mni: a) yevroga; b) AQSH dollariga; d) ingliz funt
sterlingiga almashtirmoqchi bo‘lsa, unga qancha chet el valutasini berishadi?
2. Agar u safardan qaytib kelib, 200 yevroni so‘mga almashtirmoqchi bo‘lsa, unga
bankda qancha so‘m berishadi?
VALUTA KURSI XORIJIY DAVLATLAR VALUTALARI KURSI 2014- yil 10- mart Xorijiy valuta nomi
1 AQSH dollari
2243 2246 1 YEVRO
3085 3115 1 ingliz funt sterlingi
3753 3787 10 yapon iyenasi
217 218 Sotib olish, so‘mda
Sotish, so‘mda
VALUTA BOZORI Har bir davlat ichki bozorida savdo-sotiqni amalga oshirish uchun muomalaga
o‘z pul birligi — milliy valutasini chiqaradi. Davlat hududida milliy valutada
savdo-sotiq qilinadi. O‘zbekistonga Germaniyadan asbob-uskunalarni sotib olish
uchun yevro kerak. Germaniyaga O‘zbekistondan paxta tolasi sotib olish uchun
esa o‘zbek so‘mi kerak bo‘ladi. Demak, xalqaro bozorda savdo-sotiqni turli xil
davlatlarning valutalarida olib borishga to‘g‘ri keladi. Natijada, bir davlat valutasini
ikkinchi davlat valutasiga almashtirishga ehtiyoj tug‘iladi.
Bilasizmi? Turli davlatlar pul birliklarining dunyo bo‘yicha tan olingan belgilari bor.
Ulardan ba’zilarini keltiramiz:
₤
—
ingliz funt sterlingi;
$
—
AQSH dollari;
€
—
yevro;
¥
—
yapon iyenasi.