AKSIYANING NOMINAL QIYMATI VA KURSI Aksiya — qimmatli qog‘oz bo‘lib, uning ustiga bahosi — nominal qiymati yozib
qo‘yilgan bo‘ladi. Aksiyani aksiyador boshqa kishiga sotishi yoki hadya qilishi
mumkin. ЩOdatda, aksiyalar fond birjalarida sotiladi va sotib olinadi. Aksiyadan
uning egasiga kelayotgan daromad — dividendning ko‘p yoki kamligiga qarab,
aksiyaning fond birjasidagi bozor narxi
—
aksiyaning kursi o‘zgarib turadi. Masalan,
aksiyaning nominal qiymati 1000 so‘m bo‘lgani holda, aksiya 1200 so‘mga yoki
900 so‘mga sotilishi mumkin. Bunday hollarda, aksiyaning kursi oshganligi yoki
tushganligi haqida gapiriladi. Aksiya kursining o‘zgarishi, uning bozor narxi
nominal qiymatiga nisbatan foiz miqdori bilan aniqlanadi. Yuqoridagi misolda,
birinchi holatda aksiya kursi 120% ni, ikkinchi holatda esa 90% ni tashkil qilganini
ko‘rish mumkin.
1. 1- rasmda Toshkent fond birjasi tasvirlangan. U yerda nimalar bilan savdo
qilinishini bilasizmi?
2. 2- rasmdagi fond indekslari haqida televideniye orqali berilgan ma’lumotlarni
eslay olasizmi? Ularning qaysi birini bilasiz va u haqida nimalarni ayta olasiz?
3. 3- rasmda aksiyalar tasvirlangan. Ular qanday qog‘oz? Bilganlaringizni
sinfdoshlaringiz bilan o‘rtoqlashing.
4. 4- rasmdagi bank, 5- rasmdagi korxona va 6- rasmdagi poyezd tegishli bo‘lgan
yirik kompaniya tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish va boshqarishda qanday
qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin deb o‘ylaysiz?
Aksiyadorlar jamiyati — nizom jamg‘armasi aksiyalarini sotish yo‘li bilan
shakllanadigan, mas’uliyati cheklangan yirik firma.
Aksiya — firma nizom jamg‘armasiga hissa qo‘shilganini tasdiqlovchi va
egasiga firma foydasidan ma’lum daromad olish huquqini beruvchi hujjat —
qimmatbaho qog‘oz.
Ochiq turdagi aksiyadorlar jamiyati