Buni yodda tuting! 9. Aksiyadorlar jamiyatining sinishidan kim ko‘proq zarar ko‘radi: oddiy aksiya
egasimi yoki imtiyozli aksiya egasimi?
“Ziyo” aksiyadorlar jamiyati Nizom jamg‘armasi
– 40000000 so‘m.
Aksiyalarining turi
– oddiy.
Aksiyalarning nominal qiymati
– 1000 so‘m.
Aksiyalarinig soni
– 40000 dona.
Aksiyadorlari:
– Dilorom Haydarova
– 10 % aksiya egasi;
– Dilshod Haydarov
– 20 % aksiya egasi;
– Botir Haydarov
– 35 % aksiya egasi;
– boshqalar (20 kishi)
– 35 % aksiya egasi.
Bir yillik sof foyda
– 25000000 so‘m.
“Ziyo” aksiyadorlar jamiyati aksiyadorlari yillik sof foydani taqsimlash
masalasini muhokama qilishmoqda. Diloromning fikricha, foydaning
hammasini dividend sifatida taqsimlash kerak. Dilshod ham shu fikrda.
Botirning fikricha, foydaning yarmini ishlab chiqarishni kengaytirishga
yo‘naltirib, yarmini esa aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlash kerak.
1. Sizningcha, kimning fikri ko‘proq muhim deb o‘ylaysiz? Nega?
2. Foydaning hammasi taqsimlansa, jamiyat asosiy aksiyadorlarining har biri
qanchadan dividend oladi?
3. Har bir aksiya qanchadan dividend ko‘rinishdagi daromadni olib keladi?
4. Bu korxona aksiyalarining bozor narxi haqida nima deya olasiz?
AKSIYANING TURLARI Aksiyador sotib olgan aksiyalari soniga qarab, aksiyadorlar jamiyatini
boshqarishda ovoz berish yo‘li bilan qatnashishi mumkin. U qancha aksiya
sotib olgan bo‘lsa, aksiyadorlar jamiyati umumiy majlisida shuncha ovozga ega
bo‘lib, u yoki bu qarorni qabul qilishda, jamiyat rahbarlarini saylashda o‘z ovozi
bilan ta’sir etishi mumkin. Shu sabab, aksiyadorda aksiya qancha ko‘p bo‘lsa,
u korxonani boshqarish masalalariga shuncha ko‘proq ta’sir o‘tkaza oladi. Agar
aksiyador aksiyalarning yarmidan ko‘pini, ya’ni aksiyalar nazorat paketini qo‘lga
kiritsa, u korxonaning yakka xo‘jayiniga aylanadi. Chunki, aksiyadorlar umumiy
majlisida har qanday qarorning qabul qilinishida uning fikri — ovozi hal qiluvchi
bo‘lib qoladi.
Aksiyalar ikki xil — oddiy va imtiyozli bo‘ladi. Oddiy aksiyalar ulardan
keladigan daromad — dividendni kafolatlamaydi. Imtiyozli aksiyalar esa ulardan
keladigan har yilgi dividendni aksiya narxining ma’lum foizi miqdorida kafolatlaydi.
Imtiyozli aksiya egasi aksiyadorlar jamiyatini boshqarishda qatnasha olmaydi,
chunki u aksiyadorlar umumiy majlisida ovozga ega bo‘lmaydi. Aksiyadorlar
jamiyati faoliyati bilan bog‘liq muhim masalalarni umumiy majlisda saylanadigan
direktorlar kengashi hal qiladi. Jamiyatni boshqarish esa yollangan menejerlar tomonidan amalga oshiriladi.