23
23
22
FIRMANING TANIQLILIK BELGILARI
Firmaning nomi, tamg‘asi yoki tovar belgisi uning
taniqlilik belgilari hisoblanadi.
Ularni tanlashda firmaning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish lozim. Firmaning
tamg‘asi yoki tovar belgisi uning mahsulotlari boshqa firma mahsulotlaridan ajralib
turishi uchun xizmat qiladi. Firmaning tovar belgisi iste’molchilar uchun ham
qulaylik yaratadi. Ular peshtaxtalardan, reklama va e’lonlardan u yoki bu firmaning
mahsulotlarini tovar belgilariga qarab tezda ajratib olishadi. Shuningdek, firma o‘z
nomi, tovar belgisini ham belgilangan tartibda tegishli tashkilotlarda ro‘yxatdan
o‘tkazishi lozim. Chunki, boshqa mavjud firmalarning nomini qo‘yish, tovar
belgilaridan foydalanish dunyo bo‘yicha taqiqlangan.
1. Mashhur 10 ta firmaning tovar belgilarini chizib, ular haqida ma’lumot
to‘plang.
2. Biron-bir qarindoshingiz ochgan firmaning nomi, nizomi, ta’sis shartnomasi
va tovar belgilari bilan tanishib chiqing. Ularning firma faoliyatidagi ahamiyatini
so‘rab-surishtiring va u haqida kichik referat yozing.
Topshiriq
1. Firma ochish tartibini tushuntirib bering.
2. Firmaga nizom nima uchun kerak va nizomda nimalar aks ettiriladi?
3. Firma nizomida ko‘rsatilmagan faoliyat turlari bilan shug‘ullanishi mumkinmi?
4. Firmaning ta’sis shartnomasi qanday hollarda tuziladi va u nimalarni o‘z ichiga
oladi?
5. Firmaning ta’sis shartnomasi nima uchun tuziladi?
6. Firma qayerda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi?
7. Firmaga tovar belgisi nima uchun kerak?
8. Nima sababdan firmalarga bir-birining taniqlilik belgilaridan foydalanishga ruxsat
berilmaydi?
Dostları ilə paylaş: