BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING! Firma hafta davomida 2000 dona mahsuloti ning 25% ini 1000 so‘mdan,
45% ini 1200 so‘mdan, qolganini esa 900 so‘mdan sotdi. Fir maning bu haftadagi
daromadi qanchani tashkil qildi? Firma har bir tovarini o‘rta cha necha so‘mdan
sot gan? Firma bu haftada 560000 so‘m foyda olgan bo‘lsa, uning bir haf talik
umumiy xarajat lari necha so‘mni tash kil qilgan? Firmaning bir dona tovar uchun
sarflangan o‘rtacha sarf-xarajati necha so‘mni tashkil qilgan?
Mashq Investitsiya qilish (sarmoyalash) — mablag‘ni ishlab chi qarishni
rivojlantirishga sarflash.
7- MAVZU IQTISODIY FAOLIYAT TAHLILI FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR Poyabzal sexi 2007- yilda 20 mln so‘m foyda olgan edi. U 2010- yilda 23 mln
so‘m, 2013- yilda esa 30 mln so‘m foyda oldi.
Narxlar 2007- yilga nisbatan 2010- yilda 18 % ga, 2013- yilda esa 30 % ga
qimmatlashgan.
1. 2010- yilda 23 mln so‘m pulga tadbirkor 2007- yilda 20 mln so‘m pulga
olganchalik tovar va xizmatlar sotib ola oladimi? Nega bunday?
2. 2013- yilda 30 mln so‘m pulga 2007- yilda 20 mln so‘m pulga olganchalik
tovar va xizmatlar sotib ola oladimi? 2010- yilda 23 mln so‘mga olganchalik
tovar va xizmatlarni-chi?
3. Shularni e’tiborga olgan holda, 2010- yilda firma foydasi haqiqatan ham
ko‘paygan deb ayta olamizmi? 2013- yilda-chi?
FIRMA FOYDASINING REAL MIQDORI Firmaning tovarni sotishdan olgan kirimini hisoblashda sotilgan tovar miqdori
tovar sotilayotgan paytdagi bozor narxiga ko‘paytiriladi. Firmaning yillik daromadi
esa uning mana shunday kirimlarining yig‘indisidan iboratdir. Firmaning joriy
yildagi daromadini uning oldingi yillardagi daromadlari bilan solishtirmoqchi
bo‘lsak, biz qanday yo‘l tutishimiz kerak bo‘ladi? Inflatsiya natijasida tovarning
narxi o‘zgargan. Bu esa o‘z navbatida ishlab chiqarilgan tovar miqdori o‘zgarmagan
taqdirda ham firma daromadining o‘zgarishiga olib keladi. Natijada firma
foydasining ham o‘zgarishiga olib keladi. Shuning uchun ham real daromad va
real foyda tushunchalarini kiritishimizga to‘g‘ri keladi. Firmaning joriy narxlardagi
daromadi yoki foydasi firmaning nominal daromadi yoki nominal foydasi deb ataladi.
Firma daromadi yoki foydasining narxlar o‘zgarishini inobatga olgandagi qiymatlari
firmaning, mos ravishda, real daromadi yoki real foydasi bo‘ladi. Narxlarning
o‘zgarishi darajasini aniqlovchi ko‘rsatkich — bu narxlarning o‘zgarish indeksidir.