Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/152
tarix15.10.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#155904
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   152
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014, E.Sariqov, B.Haydarov)

O‘rtacha xarajat:
AC
 = 
TC
 : 
q

AC — o‘rtacha xarajat; q — mahsulot 
miqdori.
ishlab chiqarish uchun sarflangan o‘rtacha xarajat (inglizcha — average cost) 
qiziqtiradi va u AC harflari bilan belgilanadi. Bu miqdorni ba’zida mahsulotning 
tannarxi deb ham atashadi.
O‘rtacha xarajat miqdori umumiy xarajat miqdorini jami ishlab chiqarilgan 
mahsulot miqdoriga bo‘lib topiladi:
Umumiy xarajat:
TC
 = 
FC
 + 
VC

TC — umumiy xarajat; FC — doimiy 
xarajat; VC — o‘zgaruvchan xarajat.
O‘RTACHA XARAJAT
Ko‘pchilik hollarda, ishlab chiqaruvchini, tadbirkorni ma’lum vaqt davomida 
ishlab chiqarish xarajatlarining umumiy miqdori emas, balki bir birlik mahsulotni 
Masalan, firma bir oy davomida 5000 dona mahsulot ishlab chiqarish uchun 
3500000 so‘m miqdorida umumiy xarajat qilishni rejalashtirgan bo‘lsin. Unda bir 
dona mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflanadigan o‘rtacha umumiy xarajat 700 
so‘mni tashkil qiladi. Bu ko‘rsatkich tadbirkorga, mazkur holatda mahsulotini 700 
so‘mdan kam bo‘lmagan narxda sotgan taqdirdagina foyda olib kelishi mumkinligini 
ko‘rsatib turadi. Ba’zi hollarda birlik mahsulotga sarflangan o‘rtacha xarajatni, 
ko‘proq miqdorda mahsulot ishlab chiqarish hisobiga kamaytirishning imkoni 
topiladi. Lekin mahsulot ishlab chiqarish hajmi ma’lum miqdordan oshgandan 
so‘ng, har qancha ko‘p ishlab chiqarilmasin, o‘rtacha xarajat pasayish o‘rniga yana 
orta boradi. Mahsulot ishlab chiqarish hajmining xuddi shu miqdori, firma uchun 
eng ma’qul ko‘rsatkich hisoblanadi.
1. Firmaning asosiy va aylanma mablag‘larini ta’riflang.
2. Firmaning ichki va tashqi moliyalashtirish manbalarini sanang.
3. Nima sababdan amortizatsiya jamg‘armasi firmaning ichki moliyalashtirish 
manbayi hisoblanadi?
4. Tashqi moliyaviy mablag‘ manbalaridan qanday vaziyatlarda foydalangan ma’qul?
5. Firma qanday qimmatli qog‘ozlarni sotib, o‘z moliyaviy mablag‘larini 
ko‘paytirishi mumkin?
6. Biror resurs uchun sarflangan xarajat qanday xususiyatiga ko‘ra doimiy yoki 
o‘zgaruvchan deb ataladi?
7. Novvoyxonaning o‘zgaruvchan va doimiy xarajatlarini sanang.
8. Mehnat resurslariga sarflangan mablag‘ning: a) doimiy; b) o‘zgaruvchan xarajat 
bo‘lgan holatlarga misollar keltiring.
9. O‘rtacha xarajat qanday hisoblanadi?

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin