AC — o‘rtacha xarajat; q — mahsulot
miqdori.
ishlab chiqarish uchun sarflangan o‘rtacha xarajat (inglizcha — average cost)
qiziqtiradi va u AC harflari bilan belgilanadi. Bu miqdorni ba’zida mahsulotning tannarxi deb ham atashadi.
O‘rtacha xarajat miqdori umumiy xarajat miqdorini jami ishlab chiqarilgan
mahsulot miqdoriga bo‘lib topiladi:
Umumiy xarajat: TC = FC + VC
TC — umumiy xarajat; FC — doimiy
xarajat; VC — o‘zgaruvchan xarajat.
O‘RTACHA XARAJAT Ko‘pchilik hollarda, ishlab chiqaruvchini, tadbirkorni ma’lum vaqt davomida
ishlab chiqarish xarajatlarining umumiy miqdori emas, balki bir birlik mahsulotni
Masalan, firma bir oy davomida 5000 dona mahsulot ishlab chiqarish uchun
3500000 so‘m miqdorida umumiy xarajat qilishni rejalashtirgan bo‘lsin. Unda bir
dona mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflanadigan o‘rtacha umumiy xarajat 700
so‘mni tashkil qiladi. Bu ko‘rsatkich tadbirkorga, mazkur holatda mahsulotini 700
so‘mdan kam bo‘lmagan narxda sotgan taqdirdagina foyda olib kelishi mumkinligini
ko‘rsatib turadi. Ba’zi hollarda birlik mahsulotga sarflangan o‘rtacha xarajatni,
ko‘proq miqdorda mahsulot ishlab chiqarish hisobiga kamaytirishning imkoni
topiladi. Lekin mahsulot ishlab chiqarish hajmi ma’lum miqdordan oshgandan
so‘ng, har qancha ko‘p ishlab chiqarilmasin, o‘rtacha xarajat pasayish o‘rniga yana
orta boradi. Mahsulot ishlab chiqarish hajmining xuddi shu miqdori, firma uchun
eng ma’qul ko‘rsatkich hisoblanadi.
1. Firmaning asosiy va aylanma mablag‘larini ta’riflang.
2. Firmaning ichki va tashqi moliyalashtirish manbalarini sanang.
3. Nima sababdan amortizatsiya jamg‘armasi firmaning ichki moliyalashtirish
manbayi hisoblanadi?
4. Tashqi moliyaviy mablag‘ manbalaridan qanday vaziyatlarda foydalangan ma’qul?
5. Firma qanday qimmatli qog‘ozlarni sotib, o‘z moliyaviy mablag‘larini
ko‘paytirishi mumkin?
6. Biror resurs uchun sarflangan xarajat qanday xususiyatiga ko‘ra doimiy yoki
o‘zgaruvchan deb ataladi?
7. Novvoyxonaning o‘zgaruvchan va doimiy xarajatlarini sanang.
8. Mehnat resurslariga sarflangan mablag‘ning: a) doimiy; b) o‘zgaruvchan xarajat
bo‘lgan holatlarga misollar keltiring.
9. O‘rtacha xarajat qanday hisoblanadi?