BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING! Quyidagi rasmda qaysi firmalarning tovar belgilari keltirilganligini aniqlang.
Firmaning nomi, faoliyat sohasi va tovar belgisi o‘rtasida mutanosiblik bo‘lishi
shartmi? Ochmoqchi bo‘lgan firmangiz tovar belgisining ko‘rinishini chizing
va uni sharhlang.
Mashq Turli firmalarning tovar belgilari Tadbirkorlik insonni nafaqat bandlik va daromad bilan, balki o‘z
kelajagini yaxshiroq boshqarish, ish va shaxsiy hayotini yanada yaxlitroq
uyg‘unlashtirish, o‘z ishini mustaqil tashkil etish, o‘z qobiliyati va iste’dodini
namoyon qilish imkoniyati bilan ta’minlaydi.
Bilasizmi? tayyorlatib, to‘la ma’noda o‘z faoliyatini amalga oshirishga kirishadi. Firmaning
pul bilan bog‘liq barcha ishlari bank orqali amalga oshiriladi.
2014- yil 1- yanvardan boshlab Davlat interfaol xizmatlari yagona portali (my.
gov.uz) orqali tadbirkorlik subyektlarini onlayn tarzda ro‘yxatga olish xizmati
yo‘lga qo‘yildi.
Tadbirkorlar istaklarini inobatga olgan holda, 2014- yil 1- apreldan boshlab
bu xizmatdan foydalanuvchilarni maxsus ID.UZ tizimi bo‘yicha ro‘yxatga olish
yo‘lga qo‘yilib elektron raqamli imzo (ERI) dan majburiy foydalanishga ham
ehtiyoj qolmadi
Ushbu xizmat vositasida tadbirkorlar ro‘yxatdan o‘tish uchun davlat organlariga
borish ovoragarchiligidan xolos bo‘ldi.
Firmaning ta’sis shartnomasi – firma ta’sischilari o‘rtasida o‘zaro faoliyat
yuritish bo‘yicha tuziladigan kelishuv hujjati.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi 2011- yil 1- fevraldan
boshlab firmalar nomlarini Internet tarmog‘i orqali tarqatish tizimini joriy qildi.
2014- yil 1- mart holatiga ko‘ra, ushbu tizim orqali 158 mingta firma nomi
zaxiralashtirilgan.
Firma ochmoqchi bo‘lgan shaxs Davlat statistika qo‘mitasining rasmiy saytiga
kirib o‘zi tanlagan firma nomini zaxiralashtirishga buyurtma berishi mumkin.
•
Firma ochish uchun, avvalambor, firmaning turini va nomini tanlash
zarur.
•
Firma nizomida uning faoliyat turi, firma ochishdan maqsad, uning manzili,
ta’sischilar va nizom jamg‘armasi haqida ma’lumotlar keltiriladi.
•
Firmaning ta’sis shartnomasi ta’sischilarning o’zaro munosabatlarini
aniqlashtiradi.
•
Taniqlilik belgilari firmaning nomi va uning tovar belgisi kabilardir.